5-Mavzu: Mintaqalar aholisi Reja


Download 0.7 Mb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1258534
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu


5-Mavzu: Mintaqalar aholisi
Reja:

  1. Aholining hududiy joylashuvi. Mamlakat aholisining hududiy tarkibi va mintaqalarning ijtimoiy-demografik xususiyatlari.

  2. Mehnat resurslari va ularning rivojlanish xususiyatlari

  3. Mehnat resurslari va ularning rivojlanish xususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar: Aholining hududiy joylashuvi, aholisining hududiy tarkibi, ijtimoiy-demografik xususiyatlari, migratsiya, emigratsiya, imigratsiya, tabiiy o’sish, mehnat resursi


1.Aholining hududiy joylashuvi. Mamlakat aholisining hududiy tarkibi va mintaqalarning ijtimoiy-demografik xususiyatlari.
Aholining hududiy joylashuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar, tabiiyiqlimiy xususiyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi.
Aholining hudud jihatdan bugungi tarkibi aholi manzilgohlarini rejalashtirish sxemalari va bosh rejalari shuningdek, hududlarning ijtimoiydemografik xususiyatlariga bog’liq holda amalga oshmoqda.
Har bir o’lka, hudud, viloyat yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi avvalo, shu joyda yashovchi aholining mehnat faoliyatiga bog’liq. Mahalliy aholining mehnat madaniyati, jamoa ishlaridagi ijtimoiy faolligi, bilim va malakalari, oilaviy tarkibi, yoshi va jinsi shu o’lkada iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanshida katta rol o’ynaydi. Demografik omilning o’zgarib borishi global muammo bo’lib, u ko’p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi.
Sayyoramiz aholisining soni 7576951385 kishidan oshdi. Ko’payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga qaramay, uning o’sish jarayoni davom etmoqda va 2050-yilga borib, 12 milliard kishiga yetishi mo’ljallanmoqda.
MDHning Belorussiya, Ukraina va Qozog’iston kabi mamlakatlaridan farqli o’laroq, O’zbekistonda aholi soni oshib bormoqda. Bu yerda tug’ilish, tabiiy ko’payishning nisbatan yuqori koeffitsentlari va o’limning past koeffitsenti saqlanib qolmoqda. An’anaviy ko’p farzandli oiladan o’rtacha farzandli oilaga o’ziga xos yo’l bilan demografik o’tish ro’y bermoqda.
O’zbekiston Respublikasi aholisi 1926 yilda – 4,6 mln. kishini, 1939 yilda – 6,3 mln. kishini, 1959 yilda – 8,1 mln. kishini, 1970 yilda – 11,8 mln. kishini, 1979 yilda – 15,4 mln. kishini, 1989 yilda esa 19,8 mln. kishini tashkil etgan. Mazkur yillarda respublika aholisining joylashuvi bo’yicha tarkibida ham sezilarli o’zgarishlar kuzatilgan, ya’ni 1926 yilda shahar aholisining jami aholi sonidagi ulushi – 21,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1939 yilda – 23,4 foizni, 1959 yilda – 33,6 foizni, 1970 yilda – 36,6 foizni, 1989 yilda – 40,7 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib esa – 50,6 foizni tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 yanvar holatiga 3265,7 ming kishini tashkil etdi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling