1 nafar Bo‘lim boshlig‘i: Mustafoyev Akmal Isaqulovich


Download 38.06 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1106887
Bog'liq
А.Мустафоев
tanqidiy tafakkur, Axborot xavfsizligi, Axborot xavfsizligi, Лекция 4, 3-иуе, asdad, 16604, Doc1, taqriz egamqulova, U, KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin), KOMPYUTER TARMOQLARI (lotin)

J ismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,
nazorat va monitoring bo‘limi

Bo‘limdagi xodimlar soni – 1 nafar

Bo‘lim boshlig‘i: Mustafoyev Akmal Isaqulovich
(2022-yil 23-iyuldan)
Katta o‘qituvchi
Amalga oshirilgan ishlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarini, shuningdek, Direktor buyruqlari va topshiriqlarini fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borilmoqda. Ishlab chiqarish yig‘ilishlari va filial Kengashlarida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar taqdim etilmoqda.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarning ijrosini nazoratini tashkil qilish ishlari uzluksiz ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2022 yil 6 iyuldagi “2022 — 2026 yillarda o‘zbekiston respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori 7-ilova 58, 59, 60 va 61-bandlarining ijrosi ta’minlandi. Shu qarorning 55, 56 va 57-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 noyabrdagi 15-son yig‘ilish bayonnomasiga binoan, bajarilish muddatini 2023 yil 31 dekabr kuniga qadar uzaytirildi. 7a-ilovadagi 61 va 62-bandlarning bajarilishi nazoratga olingan.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida barcha turdagi murojaatlarni ro‘yhatdan o‘tkazilishi, Direktor rezolyusiyasi bilan o‘z muddatida ijro qilinishi va yuqori tashkilotga hamda murojaat muallifiga javob xatlarini jo‘natilishini to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar – ta murojaat qabul qilingan. Ulardan – tasi shu-shu joylardan kelgan. Filialga tushgan murojaatlardan barchasi bajarilgan bo‘lib, tegishli ko‘rinishda rasmiylashtirilgan.

  4. Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini suiste’mol qilish xamda ta’magirlik illatlarini oldini olish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovlar o‘tkazilgan. So‘rovnoma natijalari tegishli ko‘rinishda tahlil qilingan. Kuzgi semestr yakunida yana olinishi rejalashtirilgan bo‘lib. natijalari haqida Kengash yig‘ilishida hisobot beriladi.

  5. Filialda tanlov asosida guruhlar tanlab olinib talabalar davomatini nazorat qilish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘quv-uslubiy bo‘lim va dekanat tomonidan olingan davomatlar bilan taqqoslanib, monitoringini yuritilmoqda.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nazorat va monitoring Bosh boshqarmasiga belgilangan muddatlarda va shakllarda hisobotlarni Direktor imzosi bilan taqdim etilmoqda.

  7. Viloyat hokimligi tomonidan tashkillashtirilayotgan “Viloyat hokimining ommaviy sayyor qabuli”ga filial rahbariyati vakili sifatida qatnashib kelayapman.

Muammo va kamchiliklar:

  1. Direktor buyruqlari va topshiriqlarini fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi elektron tizim yaratilmaganligi sababli monitoringini yuritishda muammolar yuzaga kelmoqda.

Takliflar:

  1. Direktor buyruqlari fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishini to‘liq ta’minlash va monitoringini olib borishdagi muammolarni kamaytirish maqsadida mf.ijro.gov tizimiga kiritilishini ta’minlash

  2. Professor-o‘qituvchilarga ustama xaqlar to‘lash uchun xar o‘quv yilida ularning o‘quv-metodik, tarbiyaviy, ilmiy, faoliyatlari oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi, shaxsiy fazilatlari o‘rganib chiqishni joriy etish

Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling