1. Notiq nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar. Mantiqiy pauza
Download 29.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqifodali o\'qish yakuniy
13-variant. 1. Notiq nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar. 2. Mantiqiy pauza. 3. Bobur. G’azal. Yod ayting. 4. S. Barnoyev. O’zbekiston posbonlari. 1. Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish sanʼatini egallashni davrning oʻzi talab qilib turibdi. Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yoʻqotishda notiqlikning samarasi bebahodir. Keling, bu safargi mavzumiz notiqning oldiga qoʻyiladigan vazifalar haqida boʻlsin. Maʼlumki, notiqlik sanʼati miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllangan. Aristotel, Demosfen, Sitseron kabi ijodkor notiqlarning nomi jahonga mashhur boʻlgan. Ular ritorika yaʼni notiqlik sanʼatini yuksak choʻqqilarga olib chiqqishgan. Aristotel nutqda aniqlik boʻlmasa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmasligini, notiqlik sanʼatining asosiy yutugʻi ham uning aniq va tushunarli boʻlishidadir deya izohlagan. Notiq tayyorlayotgan nutqini har tomonlama oʻrganib chiqqandan soʻnggina keng ommaga tatbiq etmogʻi lozim. Bu talablar hozirgacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotgan emas. Aristotelning ushbu fikrlari hozirgi notiqlik maktabida nazariya sifatida qabul qilingan. Sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan Sitseron nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda, uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi. Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, “har qanday notiqning asosiy maqsadi — tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat”. Shuning uchun ham yuqorida taʼkidlaganimizdek, Sitseron emotsional taʼsir koʻrsatishga koʻproq diqqatini qaratgan. Hozirgi davrga kelib ham ushbu sohani oʻrganilishida muhim qadamlar qoʻyilmoqda. Deyl Karnegi, Erik Toms, Entoni Robbins kabilarni misol qilishimiz mumkin. Deyl Karnegining notiqlik toʻgʻrisidagi fikrlarida oʻziga boʻlgan ishonch yuqori baholaniladi. Sitseron ham oʻzining “Notiqlik sanʼati” kitobida “Oʻziga boʻlgan ishonchning mavjudligi ulkan boylikdir” deya eʼtiroflagan [4]. Notiq tinglovchilar huzurida oʻzini dadil sezishi uchun, goʻyo bu bosqichlarni allaqachon bosib oʻtganday his qilib, erkin tutsa oʻziga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlanadi. Tinglovchi ham hech shak-shubhasiz notiqning gaplariga shubha bildirmay, diqqat bilan tinglaydi. Xulosa oʻrnida, biz ham notiqlik boʻyicha oʻz qarashlarimizni keltirib oʻtishni joiz, deb bildik. Avvalambor, nutq soʻzlovchi tayyorlayotgan nutq materialiga diqqatli boʻlishi kerak. Kirish, asosiy qism va xulosani toʻgʻri joylashtira olishi lozim. Tinglovchilarni zeriktirib qoʻymaslik uchun turli xil hikoya yoki latifalardan unumli foydalanib, jest(qoʻl harakati)larni ishga solsa foydadan holi boʻlmaydi nazarimizda. Aniqlik va loʻndalik esa notiqning asosiy va kundalik quroli boʻlmogʻi kerak. 2. Pauza (gr. pausus-tugash, to‘xtash so‘zidan) — nutq davomida tin olish, bir nafas to‘xtab o‘tish. Badiiy asarlarni o‘qish jarayonida pauzaning o‘rni muhim. Pauzaning ko‘rinishi uch xil: Grammatik pauza. Mantiqiy pauza. Psixologik pauza. Badiiy asarlar tarkibida mavjud tinish belgilariga asoslanib qilingan to‘xtalish grammatik pauza deyiladi. Odatda so‘roq, undov, nuqta, vergulga qilingan to‘xtalish grammatik pauza asosini tashkil qiladi. Shoshilib kelganda allaqayerdan, Qaygadir yo‘l boshlab ketadi mani. Esiga tushganga o‘xshaydi birdan Chorasiz umrimning tugab qolgani. Nimadir izlayman Yo‘q bisotimdan, Yana boramanmi Xudoga yig‘lab? Onajon! Onajon!!! Nahot, ortimda - Chirigan xazonlar qolar shivirlab?! So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn maʼnosini aniq va to‘liq ifodalashga xizmat qiluvchi pauza mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza so‘zlar orasiga vertikal chiziq tortish bilan belgilanadi: Qoshi yosinmu deyin, // ko‘zi qarosinmu deyin, Ko‘nglima har birining // dard-u balosinmu deyin?! Yoki: Endi Sizga // gap navbati, // o‘rtoq so‘roq, Ana chiqdi // so‘roq belgi // misli o‘roq. Psixologik pauza — muallifning, asar qahramonining matnda yashiringan ruhiy holatini ifodalagan kuchli his-hayajon. Ruhiy pauza badiiy o‘qish jarayonida asar ifodasining jonli, jozibali, taʼsirchan chiqishini taʼminlaydi. Bobur g’azallari. K’aro zulfing firok’inda K’aro zulfing firok’inda parishon ro’zg’orim bor, Yuzungni ishtiyok’ida ne sabru ne k’arorim bor. Labing bag’rimni k’on k’ildi, ko’zimdin k’on ravon k’ildi, Nechun holim yomon k’ildi, men andin bir so’rorim bor. Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa, Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor. Agar muslihmen ar musfid, va gar oshik’men ar obid, Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor. Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’k’ zarra bu k’uldin, Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor Topmadim Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim, Ko’nglumdun o’zga maxrami asror topmadim. Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim, Ko’nglum kibi ko’ngulni girifdor topmadim. Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim. Nochor furk’ati bilan ho’y etmisham, netay. Chun vasliga o’zimni sazovor topmadim. Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul, Nechaki borib eshigiga, bor topmadim. Bobur, o’zingni o’rgatakor, yorsizki, men Istab jahonni, muncha k’ilib, yor topmadim Download 29.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling