1 oktyabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni Hurmatli o’qituvchi va murabbiylar!
Download 61 Kb.
|
1 oktyabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: 1-oktyabr o`qituvchi va murabbiylar kuni
1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni Hurmatli o’qituvchi va murabbiylar! O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Sizni umumxalq bayrami – o’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin ko’ngildan muborakbod etadi! Mustahkam sog’liq, tinchlik-xotirjamlik, sabr-toqat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yosh avlodni tarbiyalash va Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan serqirra faoliyatingizda Sizga doimo omad yor bo`lsin! O`zbekiston Milliy matbuot markazida Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan 1 oktyabr` - qituvchilar va murabbiylar kuniga bag`ishlab "qituvchi shaxsi va uning jamiyat taraqqiyotidagi o`rni" mavzuida anjuman bo`lib o`tdi. Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari R.Ahliddinov boshqargan anjumanda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta`lim sohasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o`z samarasini berayotgani alohida ta`kidlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim tizimida ro`y berayotgan ulkan o`zgarishlar o`qituvchi va murabbiylarning faol ishtiroki bilan chambarchas bog`liqdir. To`qqiz yildirki, mamlakatimizda Yurtboshimiz taklifi va tavsiyasiga ko`ra 1 oktyabr` - qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida katta tantana bilan keng nishonlanmoqda. 2004-2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilinishi o`qituvchilikdek sharafli kasb mavqeini yanada yuqori bosqichga ko`tarish, pedagoglarni qo`llab-quvvatlash va mehnatini rag`batlashtirishda muhim omil bo`lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda qariyb besh yuz ming nafar o`qituvchi mehnat qilmoqda. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida e`tibor qaratilayotir. qituvchilar kasbiy mahorati hamda tarbiyaviy ishlari darajasini yuksaltirish uchun shu yilning o`zida 14,5 milliard so`m mablag` sarflandi. Har yili kasb bayrami arafasida yurtimizning yuzlab fidoyi va jonkuyar o`qituvchilari Prezidentimiz Farmoniga binoan Vatanimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlanadi. Muntazam o`tkazib kelinayotgan "Yilning eng yaxshi o`qituvchisi", "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" respublika ko`rik-tanlovlari pedagoglik kasbining nufuzini yanada oshirish, ilg`or pedagogik tajribani ommalashtirishga xizmat qilmoqda Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada ortgani, ustozlarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom har qanday e’tirofga loyiqdir. Oddiygina qiyos bilan aytganda, Yevropada o‘quvchi tomonidan ustozga go‘yo burchini bajarishi lozim bo‘lgan ishchidek qaraladi. O‘rtadagi mehr-muhabbat, bizdan farqli o‘laroq, faqat mashg‘ulotlar doirasidagina bo‘ladi, xolos. Mana, o‘n yildirki, yurtimizda 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni — umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Xo‘sh, ustozlarning kasb bayramlari boshqa mamlakatlarda qachon va qay tarzda tantana qilinadi? Aytish joizki, bu bayram o‘zga yurtlarda turli sana va ko‘rinishlarda nishonlanadi. Hatto shunday davlatlar ham borki, u yerda o‘qituvchilarning kasb bayramlari umuman nishonlanmaydi. Yoki ustozlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilab qo‘yilgan xalqaro bilimlar kunidagina tabriklab o‘tiladi, xolos. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida... Qozog‘istonda — o‘qituvchilarning kasb bayrami hamon oktyabrning birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Shu kuni o‘quvchilar ustozlarini gul va shirinliklar bilan qutlaydilar. Xuddi shunday — Gruziya, Armaniston, Ukraina va Moldaviyada ham oktyabrning ilk yakshanbasi murabbiylar kuni hisoblanadi. Rossiyada — o‘qituvchilar bayrami mamlakat Prezidentining 1994 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq 5 oktyabrda nishonlanishi belgilab qo‘yilgan. Rus murabbiylari kasb bayramlarini o‘qish vaqti tugagach, davlat tomonidan uyushtiriladigan xayriya kontsertlarida nishonlashadi. Ozarboyjonda — 20 sentyabr ustozlar kuni sifatida bayram qilinadi. Ushbu sanada faxriy o‘qituvchilar maktabga chaqirilib, o‘quvchilar bilan suhbat uyushtiriladi. Ularga esdalik sovg‘alari topshiriladi. Dunyoning boshqa mamlakatlarida… Xitoyda — o‘qituvchilar kuni 1989 yildan buyon 10 sentyabrda nishonlanadi. XXR Oliy kengashi madaniy inqilob paytida yo‘qotilgan intellektual mehnat kuchlarini o‘quv dargohlariga qaytarish maqsadida ushbu qarorni qabul qilgan. Yaponiyada — o‘qituvchi va tarbiyachilar kuni 1951 yilga qadar diniy bayram —“Ulug‘ ustoz” marosimi bilan bir kunda nishonlanardi. Bu sana yilning bahor fasliga, ko‘pincha aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi (eski diniy taqvim bo‘yicha). Biroq parlament keyinchalik maktab tarbiyachilarining mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida 4 mayni ustozlar kuni etib belgiladi. Shu kuni barcha maktablarda o‘ziga xos tantana tashkil qilinib, o‘qituvchilar shogirdlari tomonidan yasalgan antiqa buyumlar bilan taqdirlanadilar. Hindistonda — murabbiylar kunini nishonlash rasman belgilab qo‘yilmagan. Diniy nuqtai nazardan ustozlar kunini yozning ilk kunidan boshlab uch kun davomida nishonlashadi. Bu an’ana ushbu davlat bilan qo‘shni bo‘lgan hind tilli elatlarda ham bor. Kelib chiqishi eramizdan avvalgi davrlarda yashagan Imperator Ashoka davriga borib taqaluvchi ushbu marosim podshohning ustozi tavallud topgan kunda nishonlanishi urfga aylangan. Biroq vaqt o‘tishi bilan bayram mazmuni va sanasi o‘zgarib, ustozni e’zozlash kuni ko‘rinishini olgan. Turkiyada — o‘qituvchilar bayrami Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 6 martda nishonlanishi to‘g‘risida qaror chiqarilgan. Shu kuni barcha turk maktablari tarbiyachilari o‘z kasb bayramlarini o‘quvchilarining kuy-qo‘shiqlari va gullaridan iborat tabriklari bilan nishonlaydilar. Qolgan joylarda... Ayni vaqtda sayyoramizning 4 mlrd. aholisi o‘qish va yozishni biladi. Dunyo ahlining o‘qimishlilik ko‘rsatkichi yildan-yilga oshib bormoqda. Biroq hamon savodsizlik dunyo miqyosidagi muammolardan biri bo‘lib qolayapti. Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim borasida erishgan bir qancha yutuqlariga qaramay, dunyo bo‘yicha 860 mln.dan ortiq kattalar boshlang‘ich ta’limdan bahramand bo‘lishmagan, 100 mln.dan ortiq bolalar maktabga bormaydi. Shularni hisobga olib, 8 sentyabr — BMT tomonidan xalqaro bilimlar kuni deb e’lon qilingan. Indoneziya, Braziliya, Urugvay, Kuba, Chili va Afrikaning ko‘pgina mamlakatlarida ushbu sana bilimlar kuni sifatida nishonlanadi. O‘qituvchilarning kasb bayrami ham xalqaro bilimlar kunining tarkibiy qismiga aylangan. YuNISYeFning ma’lumotlariga qaraganda, har yili dunyoning turli burchaklarida 2 mingga yaqin o‘qituvchi jangarilar qurboniga aylanadi, 260 mln.dan ortiq maktab murabbiylari qashshoq. Dunyo o‘qituvchilarining uchdan ikki qismiga esa o‘quv qurollari yetishmaydi. (www.unicef.org/statistics/studyfield2006). Shu jihatdan olib qaralganda, yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tiborning yildan-yilga ortib borayotgani, 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturiga muvofiq ta’lim muassasalarida muallimu o‘quvchilarga keng sharoitlar yaratib berilayotgani, ustozlar mehnatiga qo‘shimcha ustama haqlar to‘lanayotgani — aytishga arzigulik ishlar sirasiga kiradi. Shu bois ham, hali harf tanimaydigan yosh bolaning savodini chiqarib, uning hayotda o‘z o‘rnini topishiga sababchi bo‘lishdek mashaqqatli kasb egalari o‘z sohalari bilan har qancha faxrlansalar, arziydi. Darvoqe, e’tibor bergan bo‘lsangiz, sanab o‘tilgan mamlakatlarda, yurtimizdagidan farqli o‘laroq, o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami ko‘rinishida, dam olish kuni sifatida nishonlanmaydi. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar, mehribon murabbiylar, jonkuyar o‘qituvchilar! Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan navqiron avlodga chuqur va puxta ta’lim-tarbiya berish, ularni jamiyatimizning tayanchi va suyanchiga aylantirishga oid keng ko’lamli islohotlar jarayonida o’qituvchi va murabbiylar kasbini e’zozlash, mashaqqatli va sharafli mehnatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, samarali faoliyat olib borishi uchun jahon andozalari darajasidagi sharoit va imkoniyatlarni yaratish tizimi o’zining yuksak samaralarini bermoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda har yili 1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu kunlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ushbu umumxalq bayrami munosabati bilan ko’plab tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Ularda ta’lim sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan birga bugungi kunning o’qituvchisi zimmasidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama etilib, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga oid ilg’or tajribalar tahlil qilinmoqda. Bayram arafasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatayotgan bir guruh o’qituvchilar Mustaqillik maydonini ziyorat qilib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo’ydilar. Istiqlol yillarida ta’lim tizimining barcha bo’g‘inlarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayoni bilan tanishish maqsadida oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o’rta ta’lim dargohlari, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari, madaniyat va san’at koshonalari, bolalar musiqa va san’at maktablarida bo’ldilar. Yaqindagina 2200 yillik yubileyi nishonlangan poytaxtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, qad rostlagan zamonaviy inshootlar bilan tanishdilar. 29 sentyabr kuni poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida O’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda ko’p yillardan buyon ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan o’qituvchi va murabbiylar, ilg’or pedagoglar, o’qituvchilikdek sharafli va mas’uliyatli kasbni tanlagan yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, ta’lim tizimining rahbarlari, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o’qib eshittirdi. Prezidentimizning 2009 yil 28 sentyabrdagi farmoniga binoan Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi ruhida har tomonlama sog’lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o’rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko’p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh o’qituvchi va murabbiylar Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning dastlabki kunlaridanoq o’g‘il-qizlar kamoloti va istiqboli yo’lida g’amxo’rlik ko’rsatish, malakali kadrlar tayyorlashning muhim vositasi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh etish yo’nalishida olib borilayotgan ezgu ishlar o’zining yuksak samaralarini bermoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning hayotga keng joriy etilishi, bu borada amalga oshirilgan ezgu chora-tadbirlar o’zining ko’lami, mazmun-mohiyati bilan hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning ma’naviy yuksalishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash jarayonida ta’lim sifati va mazmunini oshirish, jahon andozalari darajasidagi o’quv dargohlarini bunyod etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv jihozlari, kompyuter va laboratoriya texnikasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali mexanizmini yaratish, o’qituvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ilg’or, izlanuvchan, tashabbuskor va fidoyi o’qituvchilarning ish tajribasini targ’ib etish va ommalashtirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazidadir. «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida chekka hududlardagi maktablar uchun teng va munosib ta’lim sharoitini yaratish, ulardagi ta’lim tizimini tobora takomillashtirish, o’qituvchilarning samarali mehnat qilishi, kasb malakasi va mahoratini oshirish, o’zaro ish tajribasini almashish uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. – O’qituvchidek sharafli va zahmatli kasb egalarining mehnati istiqlol yillarida e’zoz va ehtirom topdi, – deydi O’zbekiston Qahramoni, Toshkent shahridagi 273-maktab direktori Mavluda Ismatova. – Shiddat bilan o’zgarib borayotgan tezkor va murakkab davr yoshlarga puxta bilim berish bilan birga, ular ongu shuurini, ma’naviyatini millatimiz uchun yot va begona g’oyalar ta’siridan asrab-avaylashni, o’quvchilarni chin ma’nodagi o’z yurtining fidoyi insonlari etib tarbiyalashni taqozo etmoqda. Bu yo’nalishdagi g’amxo’rliklar bizni yosh avlod tarbiyasidek murakkab va ayni paytda sharafli yumushga yanada mas’uliyat bilan yondoshishga, yanada faol bo’lishga, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlarning qadriga yetishga undaydi. Tadbirda “2009 yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” respublika ko’rik-tanlovi g’oliblariga esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbirda so’zga chiqqan Toshkent shahridagi 154-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Nasiba Ochilova, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O’zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari Sirojiddin Sayyid ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat tizimini tubdan isloh etish yo’nalishida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning pirovard maqsadi kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarni Vatanimizga, buyuk ajdodlarimizga munosib farzand etib tarbiyalashdek ezgu maqsadga yo’naltirilganini ta’kidladilar. Navqiron avlod kamoloti, o’qituvchilikdek ezgu kasb sohiblarini qo’llab-quvvatlash borasida ko’rsatayotgan g’amxo’rlik va e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar. Tantanali yig’ilishda san’at ustalari va ijrochi yoshlarning bayram konserti namoyish etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi I.Sobirov, Qonunchilik palatasi Spikeri D.Toshmuhamedova, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev, Toshkent shahar hokimi A.To’xtayev ishtirok etd Mavzu: 1-oktyabr o`qituvchi va murabbiylar kuni Download 61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling