1. Orqa miyaning tashqi tarafdan tuzilishi qanday? Orqa miyaning kundalang kesimida nimalarni kuramiz?


Download 134.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2020
Hajmi134.3 Kb.
#136513
Bog'liq
1 anat Abdullayev


1

-mavzu 


 

1.  Orqa miyaning tashqi tarafdan tuzilishi qanday? 

2.  Orqa miyaning kundalang kesimida nimalarni kuramiz? 

3.  Orqa miyani urovchi pardalar? 

4.  Orqa miya topografiyasi va vazifasi? 

 

Javoblar : 



1.  Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanali ichida joylashgan bo’lib, yuqori uchi 

uzunchoq miyaga  davom etsa, pastki qismi uchlik holda II bel umurtqasi 

sohasida yakunlanadi (conus medullaris). Shu sababdan, orqa miya 

suyuqligini chiqarish yoki anesteziya III va IV bel umurtqalarining qirrali o 

‘simtalari orasida bajariladi. Orqa miyaning pastki uchidan filum terminate 

deb nomlanadigan nerv tolalari ajralib,  II dumg‘aza umurtqasigacha tushib 

birikadi.  Orqa miya ikki sohada kengaygan bo’ladi. 

 

 



2.  Orqa miyaning  kundalang kesimida o’rtada joylashgan kulrang modda 

substantia grisea va uni o’rab turgan oq modda substanti alba ko’rinadi. 

O’rta kismidan esa markaziy kanal  canalis centralis utadi. Bu kanal bosh 

miyaning IV korinchasi bilan uzaro  tutashgan buladi, pastki uchi esa 

kengaygan xolda ventriculus terminalis bilan yakunlanadi.  Kundalang 

kesimda kulrang modda "H" shaklini eslatadi. Xa bir kesimda  oldingi 

shoxlar cornu anterius, orka shoxlar corn posterius kurinadi. Bu shoxlar  

nerv xujayralarining tuplamida xosil buladi 

 

 

3.  Orqa miyani o‘rovchi pardalar- meninges uch turga bo’linib, tashqi 



tomondagi qattiq parda dura mater;  o‘rtadagi to‘r parda arochnoidea va 

ichki parda yumshoq  parda - pia mater deyiladi. Orqa miyani o‘raydigan 

pardalar, yuqori qismda bosh miyaning xuddi shunday  pardalariga davom 

etadi Orqa miya qattiq pardasi umurtqa pog‘onasidagi kanal devori bilan 

orqa miya orasida joylashadi. Kanal devori bilan qattiq parda orasida 

epidural bo‘shliq – cavitas epiduralis joylashib, bu sohada yog‘ to‘qimalari 

vavenoz chigallar uchraydi. Qattiq pardaning ichkarisida to‘r parda 

joylashgan bo‘lib, bu pardalar orasida subdural bo‘shliq - spatiumsubdurale 

boMadi. To‘r parda orqa miyaning egat va tirqishlari ustidan yo‘naladi. Bu 

egatlaming ichiga kirib, orqa miyani hartarafdan o ‘raydigan pardaga 

yumshoq parda deb ataladi. To‘r va yumshoq pardalar orasida subaroxnoidal  

b o ‘shliq - cavitas subarochnoidalis joylashadi. Bu bo‘shliq miya suyuqligi - 

liquor cerebrospinalis bilan   tolib turadi. Orqa miya atrofidan bu bo‘shliq 

bosh miya  atrofidagi xuddi shunday bo‘shliqqa davom etadi. 0 ‘z  

navbatida, orqa miya atrofidagi subaroxnoidal bo‘shliqda   frontal tekislikda 

joylashgan 19-23 ta tishsimon boylam -  lig. denticulatum joylashadi. 



To‘rsimon parda ostida   joy la sh g an bu boylamlar subaroxnoidal b o 

‘shliqni   oldingi va orqa boMimlarga boMadi va orqa miyaning   harakatini 

cheklab turadi. 

 

 



 

 

4.  Orqa miya kulrang moddasining orqa shoxlarida esa oraliq neyronlar 



joylashadi. Orqa miyaning b a’zi segmentlarida (С VIII, Th I - Th X II , L I - 

L I I I , Sc II - Sc IV ) yon shoxlar - cornu lateralis ham uchraydi. Bu yon 

shoxlar tarkibida vegetativ nerv tizimining hujayralari joylashadi. Oldingi 

shoxda joylashgan hujayra o ‘simtalari oldingi ildiz - radix anterior 

tarmoqlarini hosil qiladi. Orqa ildiz - radix posterior tarmoqlari esa orqa 

miya tugunining nerv o ‘simtalaridan tashkil topadi. Oldingi va orqa 

ildizlardagi nerv tolalari o‘zaro qo‘shilib, umurtqalararo teshik sohasida orqa 

miya nervlarini hosil qiladi. Orqa miyaning morfo-funksional birligiga 

segment deyiladi.  Segment - bu bir juft orqa miya nerviga to‘g‘ri keladigan 

orqa miya bo ‘lagidir. Segment tarkibidaoq va kulrang moddalar bo‘lib, har 

bir segmentdan bir juft orqa miya nervi hosil bo’ladi. 

 

 



215b guruh talabasi Abdullayev Sardor 

Download 134.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling