1. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni toping. A qulayroq, oqish b nimpushti, yaxshigina


Download 38.16 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi38.16 Kb.
#1004938
Bog'liq
majburiy ot va sifat


1. Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni toping .
A) qulayroq, oqish B) nimpushti, yaxshigina
C) eng kuchli, bag’oyat go’zal D) kattaroq, qizilroq
2. Nisbiy sifat ishtirok etgan gapni toping.
A) Yaxshi o’quvchi yaxshi o’qiydi. B) Odobli bolalar kattalarni hurmat qiladilar.
C) Yozgi ishlarni barvaqt tugalladik. D) Men o’zimga ko’kish galstuk sotib oldim.
3. Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ?
A) tub va yasamaligiga ko’ra
B) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra
C) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra
D) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra
4.Juft sifatlar qanday yasaladi?
A) qarama-qarshi so’zlardan B) ma’nodosh so’zlardan
C) o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan D) A, B, C
5.-iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) chiniq, yo’liq B) chiziq, yo’riq
C) to’liq, yopiq D) qichqiriq, chiziq
6.Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan?
A) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas. B) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p.
C) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi.
D) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir.
7. Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang.
A) bo’ydor, xushbo’y B) serob, kamchil C) badbo’y, sovuq D) nimtatir, chuchmal
8.Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud?
A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda.
B) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. C) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik.
D) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi.
9.Qaysi qatorda asliy sifatlarning ozaytirma shakli berilgan?
A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi.
B) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi.
C) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim.
D) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq.
10.Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang balosi yuqar. Ushbu gapdagi otlashgan sifatlar gapda qanday sintaktik vazifani bajaryapti?
A) ega va ega B) to’ldiruvchi va kesim C) ega va to’ldiruvchi D) hol va kesim
11.Ozaytirma va orttirma sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday sifatlar hisoblanadi?
A) sodda, tub sifatlar B) qo’shma, yasama sifatlar
C) ozaytirma sifatlar sodda tub, orttirma sifatlar sodda yasama
D) ozaytirma sifatlar qo’shma, orttirma sifatlar yasama
12.Otlashgan sifatlar qanday qo’shimchalarni qabul qilmaydi?
A) kelishik qo’shimchalarini B) egalik qo’shimchalarini
C) so’z yasovchi qo’shimchalarni D) barcha qo’shimchalarni qabul qila oladi.
13.Sinonim sifatlar berilgan qatorni toping.
A) iltimos, o’tinch, tavallo B) odat, rasm, urf
C) suluv, barno, kuhlik D) kattalik, buyuklik, ulug’lik
14.Ushbu gapdagi sifatlarning ma’no turini toping. U eski bino ro’parasida ma’yus o’tirardi.
A) xususiyat bildiruvchi B) holat bildiruvchi
C) vaqt va o’rin bildiruvchi D) shakl-hajm bildiruvchi
15.O’lmasning onasi uyda o’tiradi, do’ppi tikadi. Ushbu gapda ot so’z turkumiga oid nechta so’z bor? A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta
16.Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) aniq va mavhum otlar B) shaxs nomlari va joy nomlari
C) sodda va qo’shma otlar D) to’g’ri javob berilmagan
17.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping.
A) -goh , -xona , -loq B) -chi , -dosh , -kash C) -gich , -k , -zor D) -lik , -ch , -inch
18.Otlarning erkalash shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang
A) -cha, -choq B) –chak, -ch C) –lar, -im D) –gina, -jon
19.Mavhum otlar berilgan qatorni toping
A) ostona, hujayra B) yulduz, qirov C) suvdon, sadaf D) ovunch, xayol
20.Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlarni belgilang.
A) tinch, xurramlik, ahillik, yupanch B) ezmalik, g’allachilik, terim, serobgarchilik
C) gulchi, mahalladosh, o’simlikshunos, vazir D)tomoshagoh, qumloq, darsxona, bug’doyzor
21.Otlarga qo’shilgan –gina yuklamasini –gina erkalash, achinish qo’shimchasidan qanday farqlash mumkin?
A) -gina yuklamasi hamisha so’zning oxirida keladi;egalik, ko’plik qo’shimchalari undan oldin keladi
B) -gina yuklamasi egalik , ko’plik qo’shimchalaridan keyin keladi.
C) -gina yuklamasi asosan chiziqcha bilan ajratib yoziladi, -gina erkalash, achinish qo’shimchasi esa qo’shib yoziladi
D) -gina yuklamasi urg’u oladi, -gina erkalash, achinish qo’shimchasi esa urg’u olmaydi
22. Qaysi gapdagi -cha qo’shimchasi kesatish ma’nosida ishlatilmoqda ?
A) Bog’da jajji qizcha gullarga suv quyar edi.
B) Bu kishi xam shoircha, she’r yozib turadilar
C) Sojida Saidaning kichik singilchasi, u ham bog’chaga qatnaydi.
D) Men uychamiz tomini berkitdim.
23. Ismlar tarkibiga qaysi so’zlar kiradi ?
A) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish
B) ot, sifat, son, fe’l
C) ot, sifat, son, olmosh, taqlid so’z, sifatdosh, harakat nomi
D) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid so’z, sifatdosh, harakat nomi
24.Payt (zamon) anglatuvchi otlar berilgan qatorni toping
A) temir , mis, oltin, kumush
B) kunduz , hafta , xufton
C) kecha , bugun , ertaga
D) keyin , avval, so’ng
25. Faoliyat – jarayon nomini bildiruvchi otlarni aniqlang .
A) keldi, so’zladi, gupurdi
B) termoq, yasamoq, gullamoq
C) tanlov, chopiq, loygarchilik
D) yoqilg’i, elpig’ich, to’plam
Download 38.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling