1. O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik. O’zbekistondagi muzeylari


Download 27.09 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1406020
Bog'liq
Muzeylar


Reja:
1.O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik.
2. O’zbekistondagi muzeylari.
3. Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalari

Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, mamlakatimizda


mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11- iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.
Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Muzey- qo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir.
“Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, - deyiladi vazirlik axborotida.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda uchta yirik - Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi.
Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzeylari fondida xalq tarixi bilan bog‘liq 2,4 milliondan ziyod nodir eskponatlar saqlanmoqda.
So’nggi yillarda o'zbek tiliga bo'lgan e‘tibor tobora kuchayib bormoqda, bu esa o'zbek tilida sohalarga oid atamalar ya‘ni terminlar bilan ishlashga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Terminning ma‘nosi, mohiyati, uning nomidan kelib chiqadi. Demak, Terminus lotincha – chegara, chek bundan ko’rinib turibdiki termin chekli, chegaralangan yani, termin muayyan sohaga oid, aniqrog’i-bir ma‘noli so’zdir. Ma‘lumki, har qanday so’z tug’ilishida bir ma‘noli bo’ladi, lekin kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida u ko’p ma‘noli so’zga aylanib boradi. Lingvistik terminologiyaga bag’ishlangan ilmiy ishlarda har qanday termin so’zdir, lekin har qanday so’z termin bo’lolmaydi, degan fikr ilgari suriladi. Termin cheklanganligi, ya‘ni bir ma‘noni ifodalaganligi tufayli maxsus kontekstda hamma vaqt o’z ma‘nosini saqlaydi. U emotsionallik va ekspressivlik xususiyatlariga ega emas. Ohang yordamida terminning ma‘nosi o’zgarmaydi. Demak termin ma‘lum bir sohaga oid so’zlar majmui. Ma‘lum bir sohaga oid bo’lgan termin. Ayni shu sohada faqat birgina ma‘noga ega bo’lishi mumkin. Demak, termin ma‘lum bir sohada aniq bir ma‘noga ega bo’lgan so’zdir O.P. Frolova esa ―terminologiyaga shunday ta‘rif beradi: ―Ma‘lumki fanning atamalar tizimi sifatida tushunchalar tizimiga muvofiq bo’ladi, har qanday tushunchalar tizimiga aniq bir atamalar tizimi bog’liq bo’ladi. Fan rivojlanishi bilan atamalar tizimi ham rivojlanib boradi. Termin ma‘lum bir sohaga oid so’z bo’lish bilan birqatorda shu so’z tilning boyligi hamdir va bu holat tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika til leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarini boshdan kechiradi. Hozirgi kunda, O’zbekistonda sanoat, qishloq xo’jaligi, fan, texnika, madaniyat va sport kabi sohalarining rivojlanishi o’zbek tilida terminologik lug’at salmog’ini kundan kunga oshirmoqda. Ayni paytda o’zbek tilida fan va texnikaning deyarli barcha sohalariga oid termin va terminologik sistemalar vujudga keldi. Ular, asosan, tarjima va original asarlar yaratish jarayonida vujudga kelmoqda. Ular o’zlari ifodalagan tushuncha bilan birga qabul qilinadi, lekin o’zlashtirgan tilda lug’aviy ma‘noga ega bo’lmaydi. Fransuz tili boshqa tillar kabi o’z leksik boyligiga ega. So’z boyligining ma‘lum bir qismini atamalar tashkil qiladi. Terminlar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni ochiq ifoda etuvchi so’zlar bo’lsada, lekin u so’zlarning qo’llanishi shu soha kishilarigagina ma‘lum va tushunarlidir. Buni qilichbozlik sport turi misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin. Terminlarni o’zbek tiliga tarjima qilishda ularni e‘tibor bilan o‘rdanish muhim ahamiyatga egadir. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi Terminlarni yasash usullari Terminlar yasashning eng ko’p tarqalgan usuli — mavjud so’zlarga yangi ma‘no berish (ularni boshqacha tushunish). Masalan, ko’prik, kirish, o’tish, chiqish kabi so’zlar gimnastikada ana shunday terminlardan hisoblanadi. Ko’pincha terminlar so’zlarning, masalan, past-baland (bruslar), balandlab uzoqqa (sakrash) singari o’zaro (birlashishidan ham yasaladi. Osilish, tayanish, tebranish, o’tirish va shu kabi ayrim so’zlar termin sifatida qo’llaniladi. Statik holatlarni bildiradigan terminlar, masalan, tayanish, bilaklarga tayanish, qo’ltiqlarga tayanish; kuraklarda - turish, kallada turish, qo’llarda turish kabilarda tayanch sharti hisobga olinadi, osilish, burchakli osilish, bukilib osilish, egilib osilish gavda holati (uning bo’g’inlarini bir-biriga nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi. Tebranish mashqlarining terminlari muayyan harakatlantiruvchi faoliyat xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan: bilaklarga tayanib turib oldinga siltanib ko’tarish, qaddini rostlab siltanib ko’tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda ko’tarilish va hokazo. Sakrash va sakrab turish terminlari sport gimnastikasida gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan: oyoqlarni yig’ib sakrash, oyoqlarni kerib sakrash, to’ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar holatiga qarab belgilanadi: yopiq sakrash, ochiq sakrash, odimlab sakrash, sapchish, tayanib dumbaloq oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir aylanib sakrash va hokazolar. Shu o’rinda qilichbozlik sportida foydalaniladigan qurollar turlarining kelib chiqish tarixi va bu atamalarni o’zbek tiliga qanday tarjima qilish borasida mulohazalar tug’iladi. Ushbu sport turida 3 xil qurol bor: sablya, rapira va shpaga. Qilichbozlikdagi qurollarning har biri turlicha o’z tarixiga ega. Qadim-qadimda janglarda yaqin masofalarda to’qnashuv taqdiri hal qilingan bo’lsa, insoniyat turli qurollarni ixtiro qilgach, uzoq masofadan jang qilgan tomon g’alabasi shubhasiz bo’lib qoldi. Bu hol Yevropada o’rta asrlarda mushket miltiqlarining ixtirosi bilan bog’liq. Mushket miltiqlar ixtirosi og’ir bo’lgan qilichlardan voz kechilishiga sabab bo’ldi. Ularning o’rnini turli funksiyalarni bajaruvchi qilichlar egallay boshladi. Rus tilida -sablya deb ataluvchi qurolni ko’pchilik tarjimon tilshunoslar -shamshi deb tarjima qilishgan bo’lsalar, -rapira va -shpaga qurollarini tarjima qilishmagan. Xo’sh, nega -shpaga tarjima qilinmoqda-ku, -rapira va -shpaga‖ni o’zbek tiliga o’girishmagan? Hatto ayrim holatlarda aytib o’tganimizdek, -rapirani -qilich deb tarjima qilishdi. Qilich bilan shamshirning farqi nima? Bunga turli tarixiy manbaalar har xil ta‘rif berishgan. Shaxsan men o’z izlanishlarim natijasida shunday xulosaga keldimki, bu so’zlarning faqri yo’q. Shunchaki o’zbek leksemasiga -qilich turkiy, -shamshir‖ forsiy tildan kelgan. Ularning jang vaqtida bajaradigan vazifasi bir xil. Lekin qilichbozlikdagi qurollar bundan mustasno. Muhokama va natijalar Shamshir garchi arab-fors tilidan kirib kelgan bo’lsa ham, qilichga qaraganda farqli. Ularning tuzilishi yoysimon bo’ladi va vazifasi raqibning tanasini (qo’pol qilib aytganda) so’yish, tilish. Qilich esa to’g’ri chiziqda bo’ladi uning vazifasi raqibning tanasiga sanchilish. Shunday ham deylik, unda nega Amir Temur davrida mashg’ur bo’lgan qurol -Bag’dod qilichi deyiladi, -Bag’dod shamshiri emas? Axir ta‘riflanishicha, -Bag’dod qilichlari‖egiluvchanlik xususiyatiga ega-ku! Yana qilich turlarining original atalishi va tarixiga qaytsak. Ta‘riflanganidek, sablya quroli raqibning tanasini tilish, so’yish uchun ishlatiladi. Qadimda bu qaroldan asosan otliq qo’shin foydalangan. Shpaga esa sanchish xususiyatiga ega. Bu qurolda sablyadagidek yon tomonlari uchli bo’lmaydi. Faqat uchi o’tkir bo’ladi xolos. Jang vaqtida raqib tanasiga chuqur zarba berib sanchish asosiy maqsad. Qilichbozlik sportida shpaga yordamida raqibning bosh miyasidan tashqari istalgan nuqtasiga zarba bersa ochko beriladi. Bu qurol yordamida asosan duellarda ko’p qo’llanilgan. Rapira esa qilichbozlikdagi klassik yo’nalishdir. Unda jang qilish ancha murakkab. Sababi unda faqatgina raqibning gavda qismiga zarba bersagina ochko yoziladi. Bu qilich tuzilishini solishtirsak, shpaga bilan deyarli farq qilmasligiga guvoh bo’lamiz. Qilichbozlik sportida rasmiy til uslubi fransuz tilidir. Musobaqalarning rasmiy protokollari ham, jang vaqtida qo’llaniladigan atamalar, gaplar ham fransuz tilida amalga oshiriladi. Sablya quroli fransuz tilida -sabre, shpaga quroli -epee va rapira foil deb ataladi. Ingliz jurnalistlari bu atamalarni o’z tillariga tarjima qilishmagan, talaffuzlariga moslashtirib olishgan xolos. Ruslar esa o’z izlanishlari natijasida tarjima qilishgan. Bizning tilshunos olimlarimiz ham, bu atamalarni o’zbek tiliga tarjima qilishga urinib ko’rishdi. Lekin vujudga kelayotgan qo’pol xatolar bu izlanishlarning samarasiz yakunlanishiga olib kelmoqda. Fikrimcha, bu atamalardan rus tilidagidek foydalanganimiz ma‘qul. Buning sabablari bisyor: Bu atamalar sportchilar va murabbiylar tilida baribir rus tilidagidek iste‘molda bo’lib qolaveradi. Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va umuman murabbiylar shtabi o’z shogirdlariga qilich turlarining ruscha varianti bilan saboq beradi. Ularning o’zbek tilidagi muqobil variantini topganimiz bilan bu sportchilar va umuman qilichbozlik sporti muxlislarining tilida sablya, shpaga va rapira bo’lib qolaveradi. Fransuzcha sport atamalar to’planib tadqiq etilganda, sport atamalar bilan ularning nutqdagi shakllarining dastavval sportga oid sohalarda yuzaga kelganligi, keyinchalik esa boshqa sohalarga (televidiniya, radio, gazeta va jurnallar) o’tib kengayganligi, ba‘zi leksik birlik shaklidagi sport atamalarning umumiy zahiradan adabiy tilga sizib o’tganligi ham kuzatiladi. Ko’pchilik tillarning atamashunoslik leksikasida ayni hodisa ro’y berib turadi.
Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi.
Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
1. Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
2. Hususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Hususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birirta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov.
E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3. Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
a) Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
b) Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o’tkazish, ularni “o’zbekchalashtirish”ga imkoniyat yaratildi.
Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni “milliylashtirish”ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ha nihoyatda ko’paydi. Jo’yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo’lishi qiyin bo’lgan takliflar ham o’rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig’I sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o’quv xonasi, sirk-tomosaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog’oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko’rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaroq va hokazo.
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingach, o’rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o’rtaga tashlandi.
Ulug’ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion “Chig’atoy gurungi” tashkilotining dasturini bayon etib, o’zbek tilidan yot so’zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo’lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar.
Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g’oyasi yotadi. Masalaning qo’yilishi ana shu tarzda bo’lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so’zlar bu g’oyaga mos kelmaydi. O’z-o’zidan savol paydo bo’ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so’zlar umumturkiy bo’lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo’ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bildi nima?
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o’zgarishlar jarayoniga o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo’ldi. Millatsevatlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo’lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo’llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so’zlar shaklida qo’llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.
Tilimizda qo’llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, control, komandirovka, komandirovochnaya leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari so’zlar o’rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, voliyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ ma’lumotnoma, talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so’zlar osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko’pmi oldindan ham qo’llanilib kelinayotgan edi.
Ko’pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg’unligi murakkab masala ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo’lgan paytlarda biz hech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda, ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so’zlarni, garchi ularning tilimizda(oldin qaysi tildan qabul qilingan bo’lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo’lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikkka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so’zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ’ibot, g’oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo’llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.
Endi oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o’tgan vaqt orasida birinchi guruh so’zlar asosan ikkinchi guruh so’zlariga o’z o’rnini bo’shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu so’zlarning har biri vaqt g’alviridan o’tdi. Ayrimlari hozir ham parallellik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantic-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo’lmagani uchun ham shunday bo’ldi.
Bunday parallel qo’llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet – sifatlash, derivatsiya – so’z yasalishi, affiks – qo’shimcha, abbreviatura – qisqartma so’z, anaphora – misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar – joy nmlari, atribut – aniqlovchi, affrikatlar – qorishiq undoshlar, stil – uslub, stilistika – uslubshunoslik kabi o’nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo’llanilib kelinayotganligidadir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsya etilayotgan so’zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo’llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog’liq. Boshqacha aytganda, ularni ko’rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko’maklashadi.
Atamalar qo’llashda me’yorni saqlab turish boshqa so’zlar, masalan, ko’p ma’noli yoki sinonim so’zlar me’yorini turg’un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o’z muammolari bor. Masalan, shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so’zi o’rnida mol so’zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayirboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo’lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo’lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiya, tovar keltirdim deganda farqlanmasdanmi yoki promtovari, prodtovari so’zlariga asoslanibmi, har ikkalasi ham tushunilaveradi. Tovar so’zidan tovaroved so’zini yasay olamizu, mol so’zidan ana shu ma’nodagi molshunos so’zini yasay olmaymiz. Yasagan taqdirimizda ham u mol so’zining asosiy ma’nosiga – hayvon ma’nosiga tortib ketadi va hayvonni yaxshi biladigan, hayvon bilan shug’ullanadigan kishi ma’nolarini anglatadi. O’zbek tilida esa bunday ma’nolarni ifodalashga zarurat bo’lmagan. Aytaylik, insonshunos, hatto hazil tariqasida ershunos deyish ham mumkin, ammo hayvonshunosh deb bo’lmaydi. Shunday ekan, tilimizda tovaroved yoki tovarshunos so’zidan foydalanib turishga to’g’ri keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Akobirov S. Til va terminologiya. - Toshkent, 1968.
2. Abdaraxdonov F. Terminologiya muammolari O‘zbek tili terminologiyasi va uning taraqqiyot perspektivalari. - Toshkent, 1986.
3.Husanov N.A., Dilmurodova N.A. “O‘zbek tili”

-naesmi.uz


-meros.org
-www.uza.uz
-darakchi.uz
-www.uzvisit.com
Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling