Markaziy osiyoda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanihida samarqand arxeologiya tadqiqotlar institutining o‘rni mundarija kirish I bob. Arxeologiya fanining rivojlanishi va samarqand arxeologiya tadqiqotlar institutining vujudga


Download 49.49 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi49.49 Kb.
#1521744
  1   2
Bog'liq
arxealogiya


MARKAZIY OSIYODA ARXEOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANIHIDA SAMARQAND ARXEOLOGIYA TADQIQOTLAR INSTITUTINING O‘RNI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………
I BOB. ARXEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI VA SAMARQAND ARXEOLOGIYA TADQIQOTLAR INSTITUTINING VUJUDGA KELISHI…………………………………………………………….….…….

    1. O‘zbekistonga arxeologiya fanining tashkil topishi va uning rivojlanishida Yahyo G‘ulomovning o‘rni……………………………………...…………

    2. Milliy kadrlarning shakllanishi va Samarqand arxeologiya va ilmiy tadqiqotlar institutining ochilishi …….………….……………………………………..

II BOB. SAMARQAND ARXEOLOGIYA TADQIQOTLAR INSTITUTINING ILMIY FAOLIYATI……………………………….........
2.1 1970-1990-yillarda institutda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ………………
2.2 Mustaqillik yillaridagi arxeologik tadqiqotlar natijalari……………………
XULOSA………………………………………………………………….........
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR…………..……..

1.1 O‘zbekistonga arxeologiya fanining tashkil topishi va uning rivojlanishida Yahyo G‘ulomovning o‘rni.
Arxeologiya-(Qadimshunoslik)— qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati o‘tmishini fandir. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yaroglar, zeb-ziynatlar, uy-joylar, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda o‘tmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli arxeologiya tarix fanining bir tarmog‘i hisoblanadi.
“Arxeologiya” so‘zini miloddan avvalgi IV asrda Platon (Aflotun) “Qadimgi voqealar” ma’nosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi dastlabki arxeologik qazishma ishlari XVIII asr boshlaridan boshlangan. XIX asr esa yirik arxeologik kashfiyotlar davri bo‘lib, Arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi. XIX asr arxeologiyasi asosan 4 qismga bo‘lib o‘rganilar edi:
1. Yunoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarini o‘rganuvchi mumtoz arxeologiya.
2. Ibtidoiy arxeologiya.
3. O‘rta asrlar moddiy-madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi umumiy arxeologiya.
4. Sharq arxeologiyasi.
XX asr boshlariga kelib ular birlashib keng mazmunli hozirgi zamon arxeologiyasi shakllandi.
Ma’lumki XIX-XX asr olimlari ajdodlarimizning ijtimoiy hayot tarzlarini aks ettiruvchi taraqqiyot tarixini imkon qadar mukammalroq tushunish va tushuntirish maqsadida bir-biridan farq qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga ajratganlar. Shulardan bir guruh olimlar kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunistik jamiyatga bo‘lib o‘rganishni taklif etgan edilar. Biroq bu Marksistik ta’limotning kommunistik jamiyat qurish to‘g‘risidagi nuqtai nazari faqat hayoldan boshqa narsa emasligi so‘nggi yillarda to‘la isbotlandi. Boshqa guruh olimlar insoniyat tarixini 6 ta formatsiyaga bo‘lishni to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Ular ibtidoiy tuzum bilan quldorlik formatsiyasi orasiga Osiyocha ishlab chiqarish usulini ham kiritish lozim deydilar. Uchinchi guruh olimlar esa insoniyatni bosib o‘tgan tarixiy jarayonini uchga:
1. Sinf paydo bo‘lgunga qadargi jamiyat.
2. Sinfiy jamiyat.
3. Sinfsiz kommunistik jamiyatga bo‘lib o‘rganishni taklif qildilar. (Alekssev, Pershits 1990)
Yuqoridagi barcha qarashlarda ham ibtidoiy jamoa tuzumi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni birinchisi bo‘lib, u insoniyat tarixining eng katta davrini o‘z ichiga olganligi e’tirof etiladi. Darhaqiqat XX asrdagi jahon arxeologik olimlarining izlanishlari insoniyat tarixini juda qadimiyligini, ya’ni 3 mln yillik tarixga ega ekanligini daliliy ashyolarga suyangan holda ko‘rsatdilar. Bunga misol qilib Angliyalik olim Luis Liki tomonidan arxeologiya faniga “Olduvey madaniyati” nomi bilan kiritilgan janubiy Afrikadagi Efiopiya mamlakatini Vest-Gona qarorgohidagi 2,8 mln yil bilan belgilangan arxeologik topilmalarni va O‘. I. Islomovning Selung‘ur g‘oridan topilgan 1 mln yillik tarixga ega bo‘lgan ajdodlarimiz madaniyatini ko‘rsatish mumkin. Arxeolog G.N. Matyushinning hisob-kitobiga ko‘ra insoniyat tarixini boshlang‘ich davridan to hozirgi kunga qadar bosib o‘tgan yo‘lini sinfsiz va sinfiy jamiyatga ajratilsa, ana shunday katta davrni asosiy qismimi 99,75 % ini sinfsiz jamiyat tashkil etishini guvohi bo‘lamiz. Agar biz o‘z ona Vatanimiz hududida yashagan ajdodlarimizni bosib o‘tgan 1 mln ga teng bo‘lgan uzoq tarixiy yo‘llarini yaxshiroq tasavvur qilish maqsadida shu tarixiy jarayonni 400 bo‘lakka bo‘lib o‘rgansak, shundan 399 bo‘lagi ibtidoiy tuzumga, faqat 1 bo‘lagi qolgan ijtimoiy-iqtisodiy sivilizatsiyalarni o‘z ichiga olganini ko‘ramiz. Bu har xil ko‘rinishdagi sinfiy jamiyatlarning hammasi 2,5 ming yillik tarixga ega xolos. Shunga qaramay o‘rta maktablarning xatto Oliy O‘quv dargohlarining dasturlarida sinfiy jamiyatning barcha bosqichlarini o‘rgatishga katta e’tibor berilib, yetarli dajada ajratilgani holda, yuqorida ko‘rsatilganidek juda katta davrni o‘z ichiga olgan ibtidoiy tuzumni o‘rgatilishiga juda oz vaqt ajratilgan. Bunday holat bilan 1950-yillargacha murosa qilish mumkin edi. Chunki nafaqat bizni O‘zbekistonimizda balki butun Markaziy Osiyoda ibtidoiy tuzum tarixini yoritish uchun arxeologik materiallar juda kam darajada edi. Bunga sabab ana shu arxeologik materiallarni yuzaga chiqaruvchi milliy kadrlarning yo‘qligi va arxeologiya fanining hali tashkil topmaganligi edi. Shuning uchun ham o‘sha davrlarda ibtidoiy jamoa tuzumini mukammal yoritish va uni avlodlarga o‘qitish to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. Buning ustiga, barcha fanlar kabi arxeologiya fanining ham jilovi Markazning qo‘lida edi.
Bu fanning kechikib yuzaga kelishiga qaramay insoniyatning eng qadimgi tarixi haqidagi faraz qilishlar, taxminlar ancha ilgari paydo bo‘lgan. Masalan miloddan avvalgi I asrda yashagan Lukretsiy Kar o‘zining “Tabiat buyumlari” (“О природе вешей”) poemasida odamzod asta-sekinlik bilan o‘z boshidan tosh, bronza va temir asrini kechirib, taraqqiy etgan degan fikrni bergan. (Martinov 1982) Arxeologiya so‘zining o‘zi esa ancha qadimiy bo‘lib, uni birinchi bor miloddan avvalgi IV asrda qadimgi yunon filosofi Platon tilga olgan. Lekin shunga qaramay arxeologiya fani o‘zining tarixiy yo‘nalishiga kech ega bo‘lganligi tufayli u boshqa fanlarga nisbatan yosh fan hisoblanadi. “Arxeologiya so‘ziga har qaysi davrda turlicha ma’no berilgan. Masalan Platon umuman hamma narsani agar ular qadimiy bo‘lsa, arxeologiyaga tegishli deb tushungan. Uyg‘onish davriga kelib, Yunon va Rim antik tarixiy san’at arxeologik material sifatida namoyish etilgan.
Ma’lumki tarixiy fan insoniyat o‘tmishini, insoniyat jamiyatining taraqqiyotini va uni taraqqiy etish qonuniyatlarini o‘rganadi. Arxeologiya fani ham xuddi shu maqsadlarni amalga oshiradi. Shuning uchun ham arxeologiya tarixning bir qismi hisoblanadi. (Avgustin 1989) Bizningcha aslida tarixiy fan arxeologiya fanining bir qismi yoki bir bo‘lagi deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi. Chunki har ikkalasi ham insoniyat tarixini (agar bizning hududimiz misolida ko‘radigan bo‘lsak) 99,75 % ini arxeologiya fani, faqat 0,25 % ini tarixiy fan yoritadi, xolos. “Arxeologiya” so‘zi asli yunon tilidagi ikki so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, “arhayos”- qadimgi, “logos”- fan yoki so‘z ma’nosini anglatadi. Demak Arxeologiya “Qadimgi zamon to‘g‘risidagi fan” deb tarjima qilinadi.
Tarix fanining asosini 2 xil ko‘rinishdagi manba tashkil etadi: Birinchisi yozma manbalar bo‘lsa, ikkinchisi moddiy, ashyoviy manbalardir. Tarixni qadimgi davri uchun yozma manbalarning yo‘qligi arxeologiyani tarixdan alohida ajralib chiqishiga sabab bo‘lgan. Demak arxeologiya fani asosan insoniyat tarixini eng qadimgi davridan boshlab, to yozuv paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni ya’ni sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan davrni yanada aniqrog‘i ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni birinchisi bo‘lgan ibtidoiy tuzum tarixini moddiy ashyolarga suyangan holda aks ettirsa, tarixiy fan, sinfiy jamiyat paydo bo‘lgandan so‘nggi davrlar tarixini yozma manbalarga asoslanib yoritadi. Demak, hech ikkilanmay tarix fani arxeologiya fanining davomi desak xató qilmagan bo‘lamiz.
Arxeologiya ko‘p qirrali fan bo‘lib, inson tarixi boshidan to ijtimoiy ongni paydo bo‘lguniga qadar bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganadiki, bunday vazifani boshqa hech bir fan uddalay olmaydi. Arxeologlar o‘zlari moddiy ashyolarga suyangan holda insoniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan juda yirik muammolarni hal qilish masalalarini o‘z oldilariga qo‘yadilar. Bu borada ular o‘zlariga yaqin va yaqin bo‘lmagan fanlardan ham keng foydalanadilar. Arxeologiya fanining o‘zi ham bir necha tarmoqlarga ega: Numizmatika- tangalar haqidagi fan; Epigrafika- toshlardagi yozuvlarni o‘rganuvchi fan; Sfragistika-muxrlarni o‘rganuvchi fan; Qadimgi davrdan to bizgacha yozma manbalar juda oz miqdorda yetib kelgan bo‘lsa, moddiy manbalarning asosiy katta qismi yer qarida ko‘plab saqlanib kelmoqda.Arxeologlarimizning juda katta xizmatlari birinchidan ana shu moddiy manbalarni yer ostidan topishlari bo‘lsa, ikkinchidan eng muhimi topilgan moddiy ashyolarni analiz qilib, ulardan tarixiy manba sifatida foydalanish mumkin ekanligini isbot qilib berishlari shart ekanligidir. Shuni alohida ta’kidlash joizki moddiy manbalarni analiz qilish uslubi yozma manbalarni analiz qilish uslubidan butunlay farq qiladi. Demak topilgan arxeologik topilmalarni analiz qilish uslubini yaratilishi va bu uslubni ilmiy jihatdan isbotlab berilishi arxeologiyani tarixiy fan darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Ma’lumki arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan buyumlar har xil bo‘lib: mehnat qurollari, jangovor qurolar, har xil bezaklar, idish-tavoqlar, tangalar, muxrlar, uy-joy qoldiqlari, ustaxonalar, buyumlarga yozilgan yozuvlar kabilarni tashkil qiladi. Bularni hammasi yer ostidan qazib olinganligi uchun Arxeologiyani qiyofali qilib “Belkurak bilan qurollangan tarix” deb ham atashadi. Arxeologik topilmalar asosan qabrlardan yoki qarorgohlardan qazib olinadi. Qabrlardan topilgan topilmalar asosan o‘sha davrdagi odamlarda e’tiqodni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Aniqrog‘i narigi dunyoga ishonishni kuchayib borishi bilan bog‘liq. Bunga dalil qilib Sopolli tepa yodgorligini ko‘rsatishimiz mumkin. (Asqarov 1973) Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan har bir narsaning aksariyati madaniy qatlamlardan topiladi. Ajdodlarimiz qayerda yashagan bo‘lsalar, o‘sha yerda madaniy qatlam paydo bo‘ladi. Madaniy qatlamlarning qalin yoki yupqa bo‘lishi u yoki bu yerda odamlarni uzoq muddat davomida yoki oz muddat yashagani natijasiga bog‘liq bo‘ladi. Madaniy qatlamlarning bir necha sm dan 30-35 m gacha bo‘lganligi arxeologlar tomonidan aniqlangan. Madaniy qatlam inson faoliyatini aks ettiruvchi tarixiy jarayon desak xato qilmaymiz. Odamlarning dafn qilingan joylarini arxeologlar 2 turga bo‘ladilar. Agar odam maxsus kavlangan chuqurga ko‘milgan bo‘lsa-yu uni usti tuproq bilan do‘ng qilib ko‘tarilgan bo‘lsa qabr (могила), ularning yig‘indisini qabriston (могильнык) deyishadi. Bordi-yu odam jasadi maxsus kavlangan chuqurga ko‘milganmi yoki chuqursiz ko‘milganmi bundan qat’iy nazar jasad usti tuproq bilan baland qilib ko‘tarilgan bo‘lsa, buni go‘rtepa (ko‘rgan) deb atashadi. Bularni yig‘indisini esa go‘rtepalar guruhi deb nomlashadi. Qadimgi manzilgoh qoldiqlarini esa bir necha turlarga bo‘lishadi. Agar manzilgoh tuproq devor yoki yog‘och qoziqlarni zich qoqib qilingan devorlar bilan o‘ralgan bo‘lsa, uni qadimgi shahar o‘rni (городище) deyilgan.
Sinfiy jamiyatni vujudga kelishi bilan bunday mudofaa devorlari baland va mustahkam bo‘la boshlaydi. Agar gorodishelar bilan xronologik jihatdan bir davrga to‘g‘ri kelsa-yu mudofaa devorlari bo‘lmasa, qadimgi qishloq o‘rni selishe deyilgan. Ovchilik va termachilik bilan hayot kechirib yashagan ibtidoiy odamlarni turar joylarini qarorgoh (стоянка) deyiladi. Mehnat qurollarini yasaydigan joylarni ham arxeologlar qarorgoh deyishadi. Qarorgohlarda ibtidoiy odamlar uzoq yoki qisqa muddat yashaganlaridan qat’iy nazar qarorgoh deyilavergan. Demak, bu qarorgoh terminida aniqlik yo‘q. Shuning uchun ham keyingi vaqtlarda arxeologlar qarorgoh termini o‘rniga ko‘pincha manzilgoh (поселение) deb atay boshladilar. Bu manzilgohlardan topilgan arxeologik topilmalar esa arxeologik manbalar hisoblanib, ular ajdodlarimizni o‘tmish hayotlari haqida bizga informatsiyalar beradi. Bu informatsiyalarning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmasligi u yoki bu manbalarni qay darajada saqlanganligiga va qaysi usul bilan o‘rganilishiga bog‘liq. Umuman olganda nafaqat bizni O‘zbekistonimizda balki butun dunyodagi qadimiy ajdodlarning tarixini yoritishda arxeologiya fanining roli juda beqiyosdir. Sababi arxeologik topilmalar o‘sha ajdodlarimizni bevosita hayotlarini aks ettiradi. Ularning mehnat qurollari u yoki bu davrni taraqqiyot darajasini belgilab beradi. Masalan, mustye mehnat qurollari bilan yuqori paleolit davrining mehnat qurollarini solishtirsak, ularning o‘rtasidagi katta farqni ko‘ramiz. Bu farq tabiiy ravishda taraqqiyotni rivojlanish darajasini yuksalganini ko‘rsatish bilan birga ajdodlarimizni hayotlaridagi nisbatan o‘zgarishlarni ham ko‘rsatadi. Eng muhimi arxeologik manbalar ajdodlarimiz tarixini qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha ko‘rsatadi. Yozma manbalarda esa doimo ham arxeologik manbalardagidek bo‘lmaydi. Biz bu bilan yozma manbalarni kamsitmoqchi emasmiz. Bunday fikrdan juda uzoqmiz. Aksincha, yozma manbalar biz uchun juda muhim va qimmatlidir. Ammo shuni eslatib o‘tmoqchimizki, ana shu yozma manbalarni ahamiyati bu yozma manbalarni yozib qoldirganlarning rostgo‘yligiga, ilmiy qamrovining qay darajada ekanligiga bog‘liq. Ko‘pincha yozma manbalarni arxeologik manbalar to‘ldirib, mukammallashtirib boradi. Bu o‘rinda akademik A. N. Ribakovni Kiyev Rusining IX-XII asrlar tarixini yozma manbalar bo‘lishiga qaramay arxeologik manbalar bilangina to‘la-to‘kis yoritilganligi haqidagi fikrini ko‘rsatishimiz mumkin: “Kiyev Rusining tarixi haqida rus tilida yozilgan mukammal solnomalar mavjud, yuridik kodekslar bor, xatto badiiy asarlar yozilgan. Bunday yozma manbalar yig‘indisining mavjudligi, arxeologiyani aralashtirmay Kiyec Rusi hayoti haqida mukammal xulosa chiqarish mumkindek qilib ko‘rsatardi. Ammo Kiyev Rusini uzoq muddat davomida faqat yozma manbalar asosida o‘rganish rus tarixchilarini oxir oqibatda tarxiy jarayonni tub mohiyatini tushunib yetmasliklariga olib keldi. Davlatni va slavyanlarni yuzaga kelishi noaniq bo‘lib qoldi. Rus shaharlarining qiyofasi buzib ko‘rsatildi. Rus tarixchilarining eng jiddiy baxtsizliklari Kiyev Rusigacha bo‘lgan ko‘p asrlik bo‘shliqni to‘ldira olmaganliklari bo‘ldi. Arxeologiya bu bo‘shliqni to‘ldirdi va bu muammolarni hal qilib, uni xronologik ramkasini qariyb ming yilga jildirdi” (Ribakov 1076).
Taniqli arxeolog olim V. M. Masson o‘zining “Qadimgi jamiyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi” nomli ilmiy monografiyasida arxeologik manbalar haqida shunday deydi: “Arxeologik ashyolar- shunday aniq moddiy asoslardan iboratki, ular bevosita o‘tmishdagi jamiyatlar bilan aloqada bo‘lganlar, shuning uchun ham bu ashyolar aynan o‘sha jamiyat to‘g‘risida ma’lumot beradilar” (Masson 1976). Xuddi shu ilmiy kitobda V. M. Masson, Y. N. Zaharukni quidagi fikrini keltiradi: “Arxeologik manbalar ko‘p hollarda yozma manbalarga nisbatan to‘laroq va aniqroqdirlar. Chunki ular qadimgi jamiyatni shunday muhim tomonini aks ettiradilarki u ham bo‘lsa, o‘sha qadim zamon odamlarining moddiy ishlab chiqarish faoliyatlaridir”. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qadimgi ajdodlarimiz tarixini to‘la-to‘kis aks ettirishda arxeologiyaning o‘rni beqiyosdir. Ammo shunga qaramay bu fan boshqa fanlarga nisbatan nafaqat Markaziy Osiyoda balki butun dunyoda nisbatan kech yuzaga keldi. Aniqrog‘i bu fanning yuzaga kela boshlashi XVIII asrga to‘g‘ri keladi. Milodiy 79-yilda Vezuviy vulqonining otilishi natijasida Pompey va Gerkulanum shaharlaridagi odamlarning fojeali o‘limiga sabab bo‘lgan voqea izlarini aniqlash maqsadida jahonda birinchi marotaba XVIII asr boshlarida arxeologik izlanishlar olib borildi. Natijada birinchi b‘lib Pompey shahri xarobalarida o‘tkazilgan qazish ishlaridan so‘ng odamlarni 1600 yil avvalgi hayot tarzi haqidagi tasavvurlar qayta tiklandi. Ana shundan boshlab, olimlar qadim zamonlarda kundalik hayotlarida ajdodlarimiz tomonidan ishlatilgan buyumlarni o‘rganishning ahamiyati kattaligini tushuna boshladilar. XIX asrga kelib dunyo bo‘ylab yirik arxeologik qazishma ishlari olib borila boshlaydi. Natijada arxeologiya fan sifatida taraqqiy etib, uning maxsus usullari va nazariyalari yuzaga keladi. Pompeyda o‘tkazilgan qazish ishlaridan so‘ng, Ossuriya poytaxti Nineviyada Leyyard tomonidan o‘tkazilgan qazish ishlari ajoyib natijalar bergan. Arxeologiya jahon madaniyatiga 20000 dan ortiq “Ashshurbanipala” kutubxonasiga oid Mixxat tekstlarini sovg‘a qilgan. Shundan so‘ng birinchi marotaba sistemali ravishda Misrda arxeologik qazish ishlari olib borilib, arxeologiyaning imkoniyatlari katta ekanligi ko‘rsatildi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib juda katta miqdordagi arxeologik materiallarni daniyalik arxeolog Xristian Tomsen qiyosiy o‘rganib, insoniyat tarixini 3 davrga bo‘lish to‘g‘risidagi fikrni ilmiy jihatdan isbotlab bergan. U o‘zining “Северные древности” (1831) va “Каталог музея в Копенгагене” (1836) asarlarida yozuv paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davr tarixini tosh, bronza va temir kabi davrlarga bo‘linishini ko‘rsatib bergan. Bu bilan X. Tomsen inson tarixini arxeologik davrlashtirishga o‘zining mustahkam poydevorini o‘rnatgan edi. Yana bir daniyalik arxeolog olim P. Vorso esa X. Tomsenning arxeologik davrlasshtirishiga slogan asosini taraqqiy ettirishga muvaffaq bo‘ldi. U neolit va bronza davriga oid bo‘lgan qabrlarni o‘rganb ulardan topilgan topilmalarni nisbiy xronologiyasini to‘laroq ko‘rsatishga erishdi. P. Vorso o‘zining nisbiy xronologiya haqidagi fikrlarini “Новые подразделения каменного и бронзового века” kitobida batafsil bayon qildi. Tomsen va Vorsolarning xronologik sxemalarini fransuz olimi G. Mortilye mukammallashtirdi. U qadimgi tosh qurollarini bir xil emasligiga ya’ni biri dag‘al bo‘lsa, ikkinchisi ixcham, uchinchisi o‘ta nozik ekanligiga e’tibor berib, ularni bir-biridan xronologik jihatidan farq qilishini aniqladi. Ana shunday fikr asosida paleolitni o‘zini ham bir necha davrlarga bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday bo‘linishlar u yoki bu yodgorlikning nomi bilan atala boshlandi. Umuman olganda XIX asr arxeologlari bir davrni ikkinchi davr bilan almashuvini va muhimi ular o‘rtasidagi tafovutlarni to‘g‘ri ko‘rsatib bera oldilar. Tomsen, Vorso, Mortilyelar o‘zlarini yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy ishlari bilan butun jahon arxeologiyasining taraqqiyotiga o‘zlarining yuksak hissalarini qo‘shdilar. (Martinov 1982) XIX asrning ikkinchi yarmidagi butun dunyoni hayratga solgan voqea O‘rta yer dengizining havzasida Genrix Shliman tomonidan qadimgi madaniyatga oid yodgorlikni ochilishi bo‘lsa, arxeologiya sohasidagi ikkinchi yirik voqea ingliz arxeologi Artur Evans tomonidan Krit orolida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqot ishlari bo‘ldi. Uning olib brogan ilmiy izlanishlari natijasida O‘rta yer dengizining sharqiy qismidagi eng qadimgi tarixiy ma’lumotlar aniqlandi. A. Evans podshoh saroylarini va bir necha ming yillar davomida yaratilgan shahar va uning ustaxonalari hamda ibodatxonalari haqidagi ma’lumotlarni aniqladi. Rossiyada ham XIX asrning 30-yillaridan boshlab siistemali ravishda keng miqyosda arxeologik qazish ishlari olib borila boshlandi. Ammo bizning sevikli O‘zbekistonimiz hududida bunday ishlar ancha kech boshlandi. Bunga asosiy sabab avvalgi Chor hukumati so‘ng esa “Qizil Imperiya” tomonidan qariyb bir yarim asrga yaqin davr ichida Rossiya mustamlakachilarini B. Axmedovning so’zi bilan aytganda O‘zbekistonimiz xalqlarini bearmon talab va taxqirlab kelishlari bo‘ldi. (Axmedov 1994)
Allohga beadad shukurlar bo‘lsinkim, birinchi prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: “O‘zbek xalqining muqaddas orzusi ushaldi. O‘zbekiston tinch, parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu xalqimizning ko‘p asrlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. … Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga zarhal harflar bilan yozib qo‘yildi.” (Karimov 1996) XIX asrda bizning hududimizda ham yuqoridagi kabi shov-shuvlarga xos bo‘lgan arxeologik qazishlar bo‘lmagan bo‘lsa ham Qozon, Tiflis shaharlarida tashkil qilingani kabi Toshkentda ham arxeologik to‘garaklar va jamiyatlar tashkil qilindi.
O‘zbek arxeologlarining fan olamida fanning otasi darajasiga ko‘tarilgan zabardast olim, katta tashkilotchi, o‘z xalqining fidoiysi, arxeolog Yahyo G‘ulomovning arxeologiya sohasidagi olib borgan izlanishlari, say-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Y. G‘ulomovning xomiyligida o‘zbek milliy kadrlaridan arxeolog olimlar yetishib chiqdilar.
Keling avvalo Yahyo G‘ulomovich G‘ulomovning mashaqqatga boy va sermahsul bo‘lgan ijodi va shogirdlar uchun ibrat bo‘la oladigan hayot yo li haqida to‘xtalsak. Y. G‘ulomov 1908-yilning 1-may sanasida Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur dahasining Oqmachit mahallasida madrasa mudarrisi oilasida tavallud topgan. Otasi G‘ulomxon qadim Shoshdagi mashhur Xo‘ja Ahror madrasasida mudarrislik qilgan. Onasi Soraxon esa mahalladagi maktabda qizlarga harf o‘rgatib, saboq berar edi. Aynan shu oilaviy muhit olimning kelajakda dunyo ilmiga o‘zining ulkan xissasini qo‘shishiga zamin yaratdi. Otasidan juda erta ajralib, onasi qo‘lida tarbiyalanib, voyaga yetadi. Bolalar maktab internatida boshlang‘ich ta’limning 6-sinfini tugatgandan keyin, 1921-1926-yillar mobaynida Xalq ta’limi yo‘nalishidagi erkaklar institutida o‘qidi. Bu yerni bitirgandan keyin Toshkent shahridagi boshlang‘ich maktabda dars berdi. 1930-yillarda esa o‘sha vaqtdagi O‘zbekistonning birinchi poytaxti bo‘lmish Samarqandda tashkil etilgan O‘zbekiston pedagogika akademiysining ijtimoiy-iqtisod bo‘limini tamomlagan Y. Gulomov ilmiy faoliyatini 1933-yildan boshlagan. 1933-1940-yillarda Qadimgi yodgorliklar va san’atni saqlash qo‘mitasi (Uzkomstaris) ning ilmiy hodimi va ilmiy kotibi lavozimlarida ishladi. Aynan shu davrlardan boshlab Y. G‘ulomov arxeologik razvetkalarda va arxeologik qazishmalarda ishtirok etadi hamda arxeologiya bilan yaqindan tanishadi. O‘sha davrning eng yirik tarixchilari, sharqshunoslari va arxeologlari bilan birga ekspeditsiyalarda bo‘lib, ularning tajriballarini o‘rganadi. 1933-yilda u M. E. Masson boshchiligidagi Termiz ekspeditsiyasida, 1936-1938-yillarda esa S. P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspeditsiyasida bevosita ishtirok etadi. 1940-yildan boshlab Ittifoq FA O‘zbekiston filialining bo‘lim boshlig‘I bo‘ldi. 1943-yildan boshlab esa, yangi tashkil etilgan O‘zFA Tarix va arxeologiya institutining qadimgi va o‘rta asrlar tarixi bo‘limi mudiri etib tayinlanadi. Y. G‘ulomov 1943-yilda “Xiv ava uning yodgorliklari” mavzusida nomzodlik va 1950-yilda esa “Xorazmning qadimgi davrlaridan bugungi kungacha sug‘orilish tarixi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilib, tarix fanlari doktori va 1955-yilda esa Professor unvonini oladi. U 1956-yilda O‘zFA muhbir a’zosi, 1966-yilda esa O‘zFA akademigi etib saylanadi. Y. G‘ulomov haqiqiy olim sifatida faqat ilmiy izlanishlar olib borib, biron-bir lavozimga o‘tirishni orzu qilmadi, shynga qaramay 1956-yilda O‘zFA Tarix va arxeologiya institutining direktozi lavozimiga loyiq topilib, ushbu lavozimga saylandi va 1959-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat olib bordi. Y. G‘ulomov 1958-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” va 20002-yili esa (vafotidan so‘ng) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Y. G‘ulomov iqtidorli inson sifatida, o‘zining yurtining tarixi o‘rganishga jon-dilidan intilgani tufayli, talabalik yillaridanoq uni o‘rganishni boshladi. Shuning uchun u, Davlat pedagogika akademiyasining talabasi bo‘lib yurgan paytlaridanoq yirik, taniqli olimlarning ma’ruzalarini maroq bilan tingladi. Bu davrdagi Yahyo G‘ulomovning ustozlari taniqli tarixchilar, sharqshunoslar va ma’rifatchilar bo‘lmish Bulat Soliyev, Musa Saidjonov, Abdurauf Fitratlar edi.
Ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, XX asrning birinchi yarmi davomida marhum Yahyo G‘ulomovdan boshqa birorta milliy kadrdan arxeologiya sohasida mutaxassis bo‘lmagani tufayli nafaqat O‘zbekistonimiz, balki butun Markaziy Osiyo hududida qadimgi ajdodlarimiz tarixi bilan faqat rus olimlarigina shug‘ullanganlar. Y. G‘. G‘ulomovning arxeologiya faniga qiziqishida va uni egallashida juda ko‘p narsalarni o‘rgatgan yan bir ustozi taniqli arxeolog V. Vyatkin katta rol o‘ynagan. “V. Vyatkin Y.G‘ulomovni tarixshunos ham arxeolog qilib tarbiyalash yo‘lini tutar ekan, u avvalo uni sharq qo‘lyozma asarlarini arxeologiya fanining o‘sha davr uchun asosiy adabiyotini sinchiklab o‘rganishga, qazish ishlari usullari bilan tanishtirishga undar edi” (Aliyev, Xakimov, Xakimjonov 1998) “1929-yili men hali talaba edim- deb xotirlardi o‘sha damlarni Y. G‘ulomov- institutning professorlari B. Soliyev, V. Vyatkin hamda A. Fitrat o‘zaro maslahatlashib, institutda “O‘rta Osiyo tarixi va adabiyoti” kabineti ochib, shunga meni assisent qilib tayinlashdi. Kabinetga juda ko‘p qo‘lyozmalar to‘pladik. Bu ishda ham V.Vyatkinning hizmatlari katta edi. U meni boshlab ko‘p joylarga olib bordi. Ko‘p kitob muhlislari bilan tanishtirdi. Ular kabinetga tez-tez kelib, uzoq o‘tiradigan bo‘lib qolishdi. V.Vyatkin arxeologiyaga oid adabiyotni “Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi” ning qarorlarini, Rusiya arxeologiya jamiyatining ilmiy asarlarini erinmasdan mening kabinetimga ko‘tarib kelar, ayrim maqolalarni o‘qib, konspekt olishni buyurar va so‘ngra imtihon tariqasida so‘zlab berasan der edi. V.Vyatkin yana kitoblarni olib ketib, boshqalarini keltirar, men olib borib beray desam hech ko‘nmas “kerakli toshning og‘irligi yo‘q” deb o‘zi olib ketar edi. Domla bu asarlarni sistemasiz bo‘lsa ham zo‘rlab o‘qitdi. Keyinroq esa o‘zim axtarib o‘qiydigan bo‘ldim. Kutubxonalardan topa olmagan narsalarimni domladan so‘rasam, “ana xolos! “Qozoqi otni yemga o‘rgatsang, to‘rvani tagini ham qo‘shib kemiradi” degan ekanlar borakallo” deb xonani boshiga ko‘tarib kulardi va men so‘ragan adabiyotlarni topishga yordam berardi. Mening faqat tarixshunos bo‘lmoqchiligimni yaxshi payqagan V.Vyatkin shu uzoq va yakkama yakka suhbatlarda ko‘proq tarixiy binolar, shaharlar va xarobalarining xuddi arxiv singari bir xazina ekanligi, qadimgi shaharlarning topografik tuzulishi tarixda hunarmand ishchilarning mohirligi singari mavzularda so‘zlab, meni qiziqtira boshladi. Kabinetdagi suhbatlar, muzey, Afrosiyob va turli tarixiy joylarga qayta-qayta birga borishimiz natijasida V.Vyatkin meni o‘z yo‘liga solib yubordi. Biroq bu mendagi bu burilish ancha kechikib bo‘ldi, chunki 1931-yilda men V.Vyatkindan ajrab Toshkentga ketdim va uni qayta ko‘rmadim” (yuqoridagi adabiyotdan 10-11-betlar).
Yuqoridagilardan xulosa shuki, Y.G‘ulomovning keyinchalik yirik arxeolog mutaxassis bo‘lib ketishida V.Vyatkin ma’lum darajada rol o‘ynagan. Y.G‘ulomov ko‘hna tarixni yoritishda arxeologik qazilmalarning muhimligini bilgani sababli arxeolog olimlarning betinim, behalovat ishlarida faol qatnashib, turli arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok eta boshlaydi. 1933-yildayoq Y.G‘ulomov Surxondaryoda E.M.Masson boshchilik qilgan ekspeditsiyada qatnashadi.
1934-yilda esa A.Y.Yakubovskiy rahbarlik qilgan ekspeditsiyasida qatnashadi. Bu ekspeditsiya qatnashchilari Samarqand va Buxoro viloyatlarida arxeologik qidiruv ishlarini olib borib, Qiziltepa va Xatirchi nohiyalari hududida so‘nggi antik va o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklar — Qiziltepa va Shahri vayron , Abu Muslim tepa, Xazora, Boboxusiarti, Dabusiya shahri xarobalarini va ilk o‘rta asrlarda butun Buxoro vohasi atrofini o‘rab o‘tgan mudofaa inshooti bo‘lgan Kampirdevor qoldiqlarini qayd etadilar. Bu ekspeditsiyalarda Y.G‘ulomov dala sharoitida qidiruv ishlarini tashkil etish, ilk bor qayd etilgan yodgorliklar ustida dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha ancha salmoqli tajribalar orttiradi.
Tarix va arxeologiya fanlarining yirik mutaxassislari bilan muloqotda bo‘lib, ularning boy tajribalaridan bahra olgan Y.G‘ulomov endi o‘z bilimlarini amalda tadbiq etishga bel bog‘laydi. Endi u mustaqil ekspitsiyalar uyushtirishda o‘zida katta intilish ham his etadi. Y.G‘ulomov o‘zining mustaqil ekspeditsiyalarini ilk bor 1936-yilda qadimgi Xorazm yerlarida arxeolog do‘sti T.Mirg‘iyosov bilan birgalikda boshlaydi. 1937-yilning kuzida Y.G‘ulomov S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm ekspeditsiyasiga O‘zSSR Fanlar Komitetidan jalb etiladi. Bu arxeologik ekspeditsiya ishtirokchilari Qizilqumda arxeologik izlanishlarni olib borib, barxanli qumlikarda iborat bo‘lgan bu qadimgi o‘lkada son-sanoqsiz ulkan qal’alarning xarobalarini, sug‘orish tarmoqlarining qoldiqlarini tekshiishga kirishib ketadi. (ko‘rsatilgan adabiyotdan 15-bet). Shunday qilib XX asr birinchi yarmining oxirlariga kelib, nafaqat O‘zbekistonimizda, balki butun O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan yerli xalqlarning milliy vakilidan har tomonlama kamolotga yetgan mutaxassis arxeolog olim Y.G‘ulomov arxeologiya maydoniga kirib keldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘zbek millatining faxri, g‘ururi bo‘lgan Y.G‘ulomovning arxeologia faniga kirib kelishi va uni shu fan sohasidagi ilmiy kashfiyotlari hamda ularni ahamiyatining o‘zi alohida juda katta mavzudir. Bunday katta mavzuni ushbu kichik izlanishda to‘la-to‘kis bayon qilish mushkulligi aniq albatta. Ammo O‘zbekistonimiz arxeologiya fanini tashkil topishi uning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, bu fanni fan sifatida tashkil topishini uning shakllanish jarayonlarini, shu fanning O‘zbekistondagi otasi bo‘lgan Y.G‘ulomovsiz tasavvur ham qilib bo‘lmasligini alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylaymiz.


Download 49.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling