Markaziy osiyoda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanihida samarqand arxeologiya tadqiqotlar institutining o‘rni mundarija kirish I bob. Arxeologiya fanining rivojlanishi va samarqand arxeologiya tadqiqotlar institutining vujudga
Milliy kadrlarning shakllanishi va Samarqand arxeologiya va ilmiy tadqiqotlar institutining ochilishi
Download 49.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqarxealogiya
1.2 Milliy kadrlarning shakllanishi va Samarqand arxeologiya va ilmiy tadqiqotlar institutining ochilishi
Y.G‘ulomov 1950-yillarda yuqori malakali arxeolog olim darajasiga yetib, O‘zbekiston hududidagi tarixiy yodgorliklarning ko‘pligini va ularning ajdodlarimiz qadimiy tarixini yoritishdagi rolini anglab, bu muammolarni faqat o‘zimizda milliy kadrlardan mutaxassis arxeologlarni yetishtirish orqali hal qilish mumkin degan qarorga keldi. Ana shunday masalalarni hal qilish maqsadida 1958-yilda bir guruh aspirantlarni: O‘.Islomov, A.Asqarov, M.Qosimov, S.Raximov kabilarni Y.G‘ulomovning shaxsan o‘zlari Leningrad, hozirgi Sank-Peterburg shahridagi ANSSSR ning Leningrad bo‘limi arxeologiya institutining taniqli olimlari A.P.Okladnikov, P.I.Boriskovskiy, M.P.Gryaznovlar qo‘liga topshirib, shu o‘zbek yigitlaridan O‘zbekiston uchun mutaxassis arxeologlar tayyorlab berishlarini ulardan iltimos qiladilar. Shuni aytish kerakki, bu aspirantlar tarix fakultetini bitirishgan bo‘lib, arxeologiya fanidan deyarli hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaganlar. Buning ustiga rus tilini yaxshi bilmas edilar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, rus olimlari Y.G‘ulomovga: “Bu yigitlaringiz arxeologiyadan ancha yiroq ekablar, rus tilini yaxshi bilmas ekanlar, aspirantura muddati faqat uch yil, bunday qisqa muddat ichida bulardan ko‘zlangan mutaxassis yetishtirib bo‘lmaydi”- deganlarida, bunga javoban Y.G‘ulomov: “uch yil emas besh yil, kerak bo‘lsa undan ham ko‘proq muddat beramiz. Chunki O‘zbekiston malakali arxeologlarga muhtoj”- degan ekanlar. Y.G‘ulomovning shogirdlariga nisbatan jonkuyarligi haqida tarix fanlari doktori professor X.Ziyoyev shunday bir bo‘lgan voqeani eslaydi. Bu voqea 1957-yilda bo‘lib, o‘sha yili Sank-Peterburgga A.Asqarov va O‘.Islomovlar jo‘nab ketishlari lozim edi.shunda Y.G‘ulomovning o‘zi ularni kuzatib borishga qaror qiladi. Shunda ayrim olimlar domlaga salomatligi nochorligini eslatib, “Sizga nima zarur,ular bilan poezdda borib yurasizmi”, deb e’tiroz bildirishganlaridan ustozning jahllari chiqib: “Jonni achitmasang, yoshlarni mashaqqatli va murakkab arxeologiya mutaxassisligiga jalb qilish qilish. Asqarov va Islomovlar iste’dodli, bu haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Lekin hali rus tilini ravon bilmasliklari orqasidan aspiranturaga kira olmasliklari mumkin. To‘g‘ri, bir necha kun tobim qochadi. Ammo ular dovondan oshgan kunqiyinchiliklarim bir zumda rohatga aylanadi”- degan ekanlar. (ko‘rsatilgan adabiyotdan 46-bet) Yuqoridagilardan xulosa shuki, rahmatli domla juda to‘g‘ri fikr yuritganlar. Agar Y.G‘ulomov o‘zlari ana shu beshta kadrga bosh-qosh bo‘lib Sank-Peterburgg aborib yuqoridagi olimlar bilan muloqotda bo‘lmaganlarida ana shu beshta bo‘lajak olimlardan bittasi ham maqsadga erishmagan bo‘lar edilar. Yirik arxeolog olim Y.G‘ulomovning mutaxassis arxeolog kadrlarni tayyorlashdagi o‘ta jonkuyarliklari va tinimsiz say-harakatlarining boisi, u kishining qonlaridagi milliy g‘ururning kuchliligi va o‘z vatanlarini qadimiy tarixiga bo‘lgan muhabbatlarining cheksizligi bo‘lsa kerak deb o‘ylaymiz. Y.G‘ulomov ana shu beshta kadrni aspiranturaga joylash bilan cheklanib qolmay, tez-tez telefon orqali, xatto Sank-Peterburgga borib, ularning hollaridan xabar olib turdilar. O‘zbekistondan borgan bu beshta olimlar aspiranturada o‘qishlariga qaramay Neva daryosining qirg‘og‘iga joylashgan universitet talabalari bilan birga arxeologiya fanidan ma’ruza tinglar edilar. Chunki bu aspirantlarning aksariyati O‘zbekistonda arxeologiya kursi bo‘yicha to‘liq ma’ruza tinglamagan edilar. Ko‘pchilik domlalar qatori Universitetda F.A ga qarashli Leningrad bo‘limini arxeologiya institutining taniqli olimi P. I. Borisovskiy ham tosh asri bo‘yicha ma’ruza o‘qir edi. Odatdagidek aspirantlar holidan xabar olgani Toshkentdan Leningradga kelgan Y. G‘ulomov besh aspirantning har biri haqida zo‘r qiziqish bilan P. I. Borisovskiydan so‘radi. Shunda P. I. Borisovskiy hammalari haqida ma’lumot berib, ulardan o‘zining mamnun ekanligini, ularning har biri kelajakda zamon talablariga javob bera oladigan arxeologlar bo‘lib yetishajagi haqida o‘z ishonchini bildirib, faqat A.Asqarovning til bilmasligi (ya’ni rus tilini bilmasligini nazarda tutgan) sababli uni Leningradda qolishi maqsadga muvofiq emasligini aytib, A.Asqarovni Toshkentga qaytarib olib ketishini tavsiya qilgan. O‘sha ondagi A.Asqarovning holatini tasavvur qilish qiyin, albatta. Ammo buni sezgan Y.G‘ulomov Pavel Iosifovich Boriskovskiyga javob qilib: “Siz adashdingiz Pavel Iosifovich! Bu beshta aspirantlar ichida mening eng ishonganim Ahmadali. To‘g‘ri u rus tilini boshqalarga nisbatan yomon biladi, ammo Ahmadali ularga qaraganda ancha tirishqoq. Men unga ishonaman”- degan gaplar bilan A.Asqarovning ko‘nglini ko‘tarib, uni Leningradda o‘qishini davom ettirishi uchun qoldirib kelgan. Haqiqatdan ham A.Asqarov ustoz Y. G‘ulomovning fikrlarining to‘g‘riligini isbotlab, domlani gaplaridan ruhlanib, ana shu beshta aspirantlar ichida birinchi bo‘lib, 1962-yilda o‘z dissertatsiyasini yoqlab, tarix fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ega bo‘ldi. Shu o‘rinda Y.G‘ulomovning birinchi shogirdlaridan Abdulahad Muhammadjonovning domlani shogird tanlashdaggi prinsplari haqidagi fikrlarini bayon qilishimizni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: “Y.G‘ulomov shogird tanlashda otasining mansabi yoki bo‘lajak shogirdning tashqi ko‘rinishiga va uning “xizmatiga” qarab emas, balki bilimi, qiziqishi va intilishiga qarab ish tutar edilar” (A. P. Muhammadjonovning esdaliklaridan). A. Asqarovdan so‘ng birin-ketin ana shu 1962-yildanboshlab O‘. Islomov, M. Qosimov, S. Rahimovlarni hammasi nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlab keldilar va Y. G‘ulomov boshchiligidakeng arxeologik ishlarni boshlab yubordilar. Domla bu bilan ham qoniqmay ilmiy ishlarga chanqoq yigitlardan yana bir guruhini oradan hech qancha vaqt o‘tkazmay Leningradga yubordilar. T. Mirsoatov, R. Sulaymonov, M.Isxoqov, N. Toshkenboyev, T. Ernazarova edilar. 1970-yilga kelib bu kadrlarning hammasi arxeologiya fanining har qaysii davridan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishdilar. Nihoyat O‘zbekistonda akademik Y. G‘ulomov boshchiligida har tomonlama kamolotga yetgan milliy kadrlardan iborat yosh olimlarning mutaxassis arxeologlardan iborat kuchli guruhi vujudga keldi. Bu guruh a’zolarining har biri Y. G‘ulomov tomonidan tashkil qilingan Mohandaryo ekspeditsiyasining turli davrlariga oid yodgorliklarni o‘rganadigan otryadlarga mustaqil ravishda rahbarlik qila boshladilar. Natijada bu otryadlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarni aks ettiruvchi juda ko‘plab ilmiy maqollalar, qator-qator ilmiy monografiyalar chop etila boshlandi. Ana shu tariqa Y. G‘ulomovning tinimsiz mehnatlari tufayli O‘zbekistonda arxeologiya fani vujudga kela boshladi. Aniqrog‘i butun O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Y. G‘ulomov boshchiligidagi uzoq tarixiimizni yoritadigan arxeologiya maktabi vujudga keldi. Bunday holat o‘z navbatida 1970-yilning 1-oktabrida hukumat qarori bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida alohida Arxeologiya institutining ochilishiga olib keldi. Domlaning qalblaridagi orzu-umidlari amalga oshganday bo‘ldi. Ammo Arxeologiya Instituti domla kutganlaridek (shogirdlari Islomov va Mirsoatovlarni bergan ma’lumotlariga ko’ra) Toshkentda ochilmay Samarqand shahrida ochildi. Bunday holat domlani biroz bo‘lsa-da ranjitishga sabab bo‘lib, u kishi Samarqandda ochilgan arxeologiya institutiga direktor bo‘lib kelishga rozilik bermadilar. Shu o‘rinda domlani juda kamdan kam odamlarda uchraydigan xususiyatlari haqida ikki og‘iz bayon qilishni istar edik. Y. G‘ulomov shogirdlari aksariyatining aytishlaricha domla haddan tashqari to‘g‘ri so‘z, haqiqat uchun kurashuvchi, adolatsizlikka toqat qila olmaydigan o‘ta rostgo‘y inson bo‘lgan ekanlar. Qalblarida nima bo‘lsa, shuni ochiq oydin kimga bo‘lishidan qat’iy nazar amaliga, obro‘-e’tiboriga qaramay to‘g‘risini aytar eaknlar. Domladan shogirdlari nima uchun Samarqandga arxeologiya institutining direktori bo‘lib borishiga rozilik bermaganlarini so‘rashganda u kishi: “Birinchidan arxeologiya institutining Samarqandda ochilishi juda noto‘g‘ri, sababi arxeologiya institutining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyatlari shundan iboratki: u har xil fanlar bilan o‘zaro yaqindan munosabatda bo‘lgandagina taraqqiy eta oladi. Bu fan u yoki bu yodgorlikni aniq yoshini aniqlashda o‘sha yodgorlikdan topilgan topilmaning tarkibini analiz qilinishi shart ekanligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bunday vazifani arxeologiya fani fizika, kimyo kabi fanlarning yordamisiz bajara olmaydi. Qadimgi o‘simliklarni, hayvon suyaklari qoldiqlarini, odam suyaklarini o‘rganishda esa poleobotanklar, poleozoologlar, antropologlar o‘zaro ilmiy muloqotda bo‘lishlari kerak. Shuning uchun ham barcha mamlakatlarda arxeologiya instituti F.A tarkibida ko‘p fanlar qatori markazda joylashgan. Arxeologiya institutining markazdan yiroqda ochilishining noto‘g‘ri ekanligini isbotlovchi shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirishim mumkin. Ikkinchidan yuqoridagi rahbarlarimiz arxeologiya institutining Samarqandda ochilishiga sabab qilib, Samarqandda “Shohizinda”, “Bibihonim”, “Ulug‘bek” kabi yodgorliklarning ko‘pligini ro‘kach qilmoqdalar. Axir bular XV-XVI asr arxitektura yodgorliklari-ku! Arxeologik yodgorliklar bir necha yuz ming yillik davrni o‘z ichiga oladi-ku! Nahot shuni tushunmasalar”- deb kuyunib javob bergan ekanlar. Umri O‘zFA hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan nohaqsizliklarning guvohi bo‘lgan tarix fanlari doktori, professor Xamid Ziyoyevning yozganlaridek: “Hech kim birovning umri bilan yashamaydi. Lekin nohaq so‘z yomon, siquv yomon. Bunday paytlarda odam qorniga emas, qadriga yig‘laydi. Y.G‘ulomov o‘z xizmatlarini peshlamas edilar, biroq ko‘z o‘ngida yuz berayotgan bedodlik va loqaydlikka chidab turolmas edi. Ehtiyotkor odamlardan farqli o‘laroq, yuragidagini dangal aytar, o‘zi qarshi bo‘layotgan kimsaning na mansabi va na egallagan mavqeyi u kishini cho‘chitmas edi. Haqligiga ishonsa bas. Shu ishonchdan kuch olib, olishishini qo‘ymas edi. Shu “qusuri” umrining oxirida unga pand berdi. Uni xatto siyosiy ko‘rlikda ayblashgacha yetishdi. U bu “baho”ni tarixiy yodgorliklarni asrab qolishga bo‘lgan murosasizkurashi uchun oldi. Qolaversa Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentlarda olib borilgan arxeologik izlanishlarning faol ishtirokchisi, ham rahbari o‘zgacha fikrlay olarmidi axir”. (Aliyev, Xakimov, Xakimjonov 1998) Haqiqatdan ham O‘zbekistondagi arxeologiya fanining asoschisi, o‘z elining haqiqiy jonkuyari Yahyo G‘ulomovga nisbatan totalitar tuzumning rahbarlari adolatsizlik qilgan edilar. 1968-yilda domlaning 60-yilik yubileyi o‘tishi kerak edi, ammo o‘tkazilmadi. Yana shunga o‘xshash kamsitishlar bo‘lgan edi. Shunga qaramay domla doimobir xilda, ya’ni o‘z prinsplarida turaverdilar. Ammo “haqiqat egiladi, lekin sinmaydi” deganlaridek respublikamizning mustaqillikka erishuvi tufayli haqiqat tantana qildi. Oradan ko‘p yillar, aniqrog‘i 30 yil o‘tgach o‘zbek xalqining zabardast olimi Y. G‘ulomov mustaqil O‘zbekistonimizda o‘rnini va haqiqiy qadrini topdi. 1998-yilning 1-mayida domlaning 90-yillik yubileylariga bag‘ishlangan O‘zR FA Prezidiumi, O‘zR FA Tarix, Arxeologiya institutlari, O‘zR Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining Iqtidodiyot va Pedagogika Univrsitetlari tomonidan Toshkent shahrida O‘zRFA Tilshunoslik institutining majlislar zalida ilmiy anjuman juda katta tantana bilan o‘tkazildi. Ilmiy anjumanga republikamizning barcha viloyatlaridan yirik olimlar, akademiklar, fan arboblari, domlaning barcha do‘stlari, shogirdlari tashrif buyurdilar. Y. G‘ulomovning 90-yilliklariga bag‘ishlangan bu katta ilmiy anjumanni O‘zRFA ning vitse-prezidenti A. R. Muhammadjonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ilmiy anjumanda “Yahyo G‘ulomov ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari” haqida domlaning birinchi shogirdi A. R. Muhammadjonov, “Yahyo G‘ulomov- birinchi o‘zbek arxeolog olimi” mavzusida O‘zRFA muhbir a’zosi O‘. Islomov, “Yahyo G‘ulomov- tarixchi, sharqshunos olim” mavzusida X. Z. Ziyoyev, “Yahyo G‘ulomov- mohir pedagog” mavzusida dotsent M. I. Isxoqovalar ma’ruza qildilar. Bu ma’ruzalar ilmiy anjuman qatnashchilari tomonidan zo‘r qiziqish va qarsaklar bilan kutib olindi. Chunki bu ma’ruzalarda Yahyo G‘ulomovning o‘z xalqi uchun qilgan xizmatlari, ilmiy faoliyatlari, u kishining vatanparvarliklari, arxeologik kadrlarni tayyorlashdagi fidoiylikllari, arxeologiya fanining O‘zbekistonda taraqqiy ettirish yo‘lidagi jonbozliklari haqidagi haqiqat gaplar aytilgan edi. Bu ma’ruzalardan so‘ng, yana ko‘plab kishilar so‘zga chiqib, Y. G‘ulomov haqida ko‘plab samimiy dil so‘zlarini izxor etdilar. Ammo bular ichida yurtimizning oqsoqoli, yirik davlat arbobi, o‘tkir notiq Nuriddin Akramovich Muhiddinovning hurmatli domlamiz Yahyo G‘ulomov haqidagi so‘zlari nafaqat hammaning e’tiborini jalb etdi, balki hayratga soldi. U kishining aytishlaricha Yahyo G‘ulomovga ta’na toshlari otilgan yillari xizmat yuzasidan N. A. Muhiddinov Suriya davlatida yurgan ekanlar. O‘sha yerda turib, domlaga nisbatan nohaqlik yo‘lini tutganliklarini eshitib, o‘sha davr rahbarlariga Suriyadan telefon qilib: “Bir odam ko‘hna tarix obidalarini farosatsizlarcha vayron qiluvchikardan saqlash uchun e’ttiboringizni jalb qilgani va ajdodlarimiz tarixini himoya qilishga da’vat etgani uchun, o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan Yahyo G‘ulomovga nisbatan shuncha adolatsizlik qilishga uyalmaysizlarmi?”- degan ekanlar. Nuriddin Akramovichning bu so‘zlari ilmiy anjuman qatnashchilari tomonidan zo‘r quvonch va gulduros qarsaklar ostida kutib olindi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki Y. G‘ulomov yuqorida eslatib o‘tganimizdek, garchi arxeologiya institutiga kelmaganlari bilan o‘z shogirdlaridan ajralib qolmadilar. Hamisha ular bilan birga bo‘lib, o‘z maslahatlarini berib turganlar. Shogirdlarining har biri respublikamiz bo‘ylab ekspeditsiyalarga chiqish oldidan o‘z ustozlaridan maslahat so‘rab, u kishidan oq-fotiha olib, so‘ng respublikamizning turli viloyatlariga arxeologik ishlarni olib borish uchun jo nab ketar edilar. Juda ko‘pchilik shogirdlarining tasdiqlashlariga ko‘ra hurmatli ustoz Y. G‘ulomov ana shunday oq-fotiha berayotganlarida sevinchlaridan to‘lqinlanib ketar ekanlar. Ilmiy ishimizning ushbu bobida, O‘zbekistonda arxeologiya fanining tashkil topishi va rivojlanishi haqida so‘z yuritar ekanmiz, shu fan tashkil topishining asosiy sababchisi deb faqat Y. G‘ulomovni tan olmog‘imiz kerak. Bu fanning shakllanishida, taraqqiy etishida, har tomonlama rivojlanishida esa hurmatli ustoz Y. G‘ulomov boshchiligidagi shogirdlar A. R. Muhammadjonov, A. Asqarov, O‘. Islomov, T. Mirsoatov, R. X. Sulaynonov, M. R. Qosimov kabilar baholi qudrad o‘z hissalarini qo‘shganlar. Shuni zo‘r quvonch bilan ta’kidlash kerakki1998-yilning 18-iyulida O‘zbekistondagi barcha arxeologlar, tarixchilar, olimlar, umuman Y. G‘ulomovni tanigan va bilganlar, ayniqsa u kishining do‘stlari hayotida juda katta quvonchli voqea bo‘ldi. Shu kuni O‘zbekiston televideniyasi tomonidan o‘zbek xalqining yurtboshisi, muhtaram birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov nutq so‘zlab, Y. G‘ulomov haqida juda yoqimli so‘zlarni aytdilar: “Men Yahyo G‘ulomovni yaxshi tanir edim. U kishi o‘z xalqining fidoiysi edilar. O‘zbekistonning tarixini yoritishdagi hizmatlari juda katta edi. Eng muhimi Yahyo G‘ulomov haqiqatparvar inson bo‘lib, bu yo‘lda hech narsadan tortinmas edilar. Kerak b‘lsa rahbarlarni ham ayamas edilar. Sizlar ham Yahyo G‘ulomovdek haqiqat uchun kurashuvchi bo‘linglar”. Yurtboshimizning bunday so‘zlari Y. G‘ulomovninsh shogirdlariga kuch va g‘ayrat beradi, ularga ajdodlarimizning juda uzoq yillik tarixini mukammal qilib yaratishda ilhom baxsh etadi deb o‘ylaymiz. Endilikda respublikamizda keng ko‘lamli arxeologik tadqiqot ishlarini olib boorish uchun hamma shart-sharoitlar mavjuddir. Samarqand arxeologiya ilmiy tadqiqotlar institutining ochilganiga ham mana qariyb 50 yildan oshdi.1995-yilning kuzida shu institutning ochilganiga chorak asr bo‘lishi munosabati bilan Samarqandda, institutning katta zalida respublika arxeologlarining ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanda chorak asr mobaynida arxeologiya fani bo‘yicha barcha erishilgan yutuqlab qayd etildi. Haqiqatdan ham arxeologiya ilmiy tadqiqotlar institutining tashkil etilishi natijasida arxeologiya fani va ilmiy tadqiqotlarning yangidan-yangi usullari va metodlari vujudga kelib, nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo uchun ham muhim bo‘lgan yirik muammolar hal qilina boshlaandi. Ayniqsa, yosh avloddan arxeologik kadrlar tayyorlashda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Endilikda, chetga kadr yuborishga hojat qolmadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonimizda faqat milliy kadrlarning o‘zidan o‘ndan ortiq arxeologlardan fan doktorlari, faan nomzodlaridan esa o‘ttizdan ortig‘I uzoq tariximizni turli davrlari bo‘yicha ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar. Ana shu milliy kadrlar tufayli o‘zbek arxeologiyasi o‘lkashunoslik darajasidan, jahon fani darajasiga ko‘tarilib, qadimgi sharq madaniyati tizimi qatorida turibdi. O‘rta Osiyoning ikki buyuk daryosi oralig‘ida joylashgan o‘ziga xos Baqtriya (janubiy O‘zbekiston), So‘g‘d (Zarafshon vohasi), Xorazm (Amudaro quyi oqimi), Parkana (Farg‘ona vodiysi) sivilizatsiya o‘choqlari mavjud ekanligini dunyoga ma’lum qildi (O‘zbekistonda arxeologiya fanining ellik yillik taraqqiyot yo‘li 1943-1993). Yaqin kunlargacha O‘zbekiston hududida joylashgan qadimgi davlatlar O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarining qoloq, chekka o‘lkalari deb hisoblanar edi. Iqtisodiy va madaniy yutuqlar, yurtimizda shahar madaniyati yuksak rivojlanishi va hunarmandchilik Shumer va Elam sivilizatsiyasining ta’siri deb izohlanar edi. Ammo akademik Y. G‘ulomov va muhbir a’zo V. A. Shishkinning So‘g‘d vohasining Samarqand, Buxoro, Varaxsha kabi shaharlaridagi dastlabki ilmiy qazishmalari ularning juda qadimiy ekanliklarini va yuksak shahar madaniyati mavjudligini vas hu bilaan birga O‘zbekiston Markaziy Osiyoda shahar madaniyatini shakllantirishda asosiy beshik bo‘lib xizmat qilganligini ko‘rsatdi (yuqoridagi adabiyotdan). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, arxeologiya institute olimlarining bir guruhi tomonidan qadimiy dehqonchilik vohalarida ilk chorvadorlar bilan dehqonlarning muloqot hududlarida va dastlabki chorvador qabilalar joylashgan yerlarda keng qamrovli ilmiy qazishmalar olib borilib, sug‘orma dehqqonchilikka asoslangan iqtisodiy bazasida shakllangan eng qadimgi shaharlar paydo bo‘lishi tarixini 1000 yilga qadimiylashtirildi. Eng muhimi institut arxeologiya hodimlari tomonidan uzoqni ko‘zlab tuzilgan rejalar asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida O‘zbekistonning janubida joylashgan Qadimgi Baqtriya podsholigi Osiyo qit’asidagidavlatchilik tarixi zanjirida eng qadimiylaridan va shahar madaniyatining markazlaridan biri ekanligini isbotlashga imkon berdi. Ana shu kabi katta ilmiy izlanishlari uchun arxeologiyaning bir guruh olimlari: A. Asqarov, Y. F. Buryakov, R. X. Sulaymonov, M. I. Isomiddinov, E. V. Rtvladzelar O‘zbekiston respublikasining fan va texnika sohasidagi Abu Rayhon Beruniy nomli davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. O‘zbekistonda arxeologiya institutining tashkil topishini juda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini, ana shu kollektivning ilmiy izlanishlari tufayli xalqaro YUNESKO rahnamoligida Markaziy Osiyo Ipak Yo‘li tarixi muammolarini oydinlashtirish kabi ilmiy yo‘nalishni paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada 1991-yili 20 mamlakat olimlarini birlashtirgan “Ipak yo‘li—muloqot yo‘li” xalqaro ekspeditsiyasi uyushtirildi. Asosiy ilmiy baza sifatida Respublika arxeologik va etnografik tadqiqotlar bo‘ldi-ki, shu kunlarda ham Ipak yo‘li g‘oyasi baralla jaranglamoqda. O‘zbekiston arxeologiyasi tarixidagi eng quvonchli voqea, bu tosh asridan to so‘nggi o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlardan mutaxassislarning yetarli darajada tayyorlangani bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, tosh asri, bronza davri, antik o‘rta asr davrlari, irrigatsiya va numizmatika o‘zbek arxeologiya maktabi yaratildi. O‘zbekiston arxeologiyasi olamshumul darajaga ko‘tarildi. Fransiya, Germaniya, AQSh, Polsha davlatlari olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Markaziy Osiyo, Moskva, Sank-Peterburg olimlari bilan an’anaviy aloqalar davom etmoqda. O‘zbekiston bugungi kunda tosh asri, bronza davri va shaharlar urbanizatsiyasi, Ipak yo‘li muammolariga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumlar o‘tkaziladigan joyga aylandi (O‘zbekistonda arxeologiya fanining 50 yillik taraqqiyot yo‘li 1943-1993). Yuqoridagilarning hammasi yan bir bor respublikamizda arxeologiyaning fan sifatida tashkil topib, uning yanada yuqori pog‘onalarga va sifat darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Ushbu bobning xulosasida shuni aytish kerakki, mamlakatimizda arxeologiya fanining fan sifatida tashkil topishining yan bir yirik ahamiyati shundan iboratki, asrimizning oxirgi choragida bu fan o‘zining yuqori malakali mutaxassis kadrlariga ega bo‘ldi. Bu mutaxassiss kadrlar o‘z navbatida juda katta jahonshumul ahaamiyatga molik bo‘lgan katta ilmiy qamrovdagi ishlarni amalga oshirdilar va oshirmoqdalarki bu izlanishlar va ilmiy tadqiqotlar haqida ushbu ilmiy ishimizning keyingi bobida batafsil yoritib, to‘xtalib o‘tamiz. Download 49.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling