1. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi


Download 72.75 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi72.75 Kb.
#210798
  1   2

1.O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi.

Javob.Bolalar kitobxonligi ifodasi o’z ma’nosida umuman kitob o’qish hodisasini anglatsa-da, keng ma’noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning ham o’qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o’qish va o’qitishni anglatadi.

Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi,saviyasini hisobga olish nisbiy mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o’quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina bundan istisno bo’lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining inobatga olinishi qat’iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo’lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan farqli o’laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o’z bolalari haq-huquqlarini anglashi va ularni o’ziga voris sifatida tushuna borishi negizida yuzaga kelgan bo’lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o’z hayotiy tajribalaridan chiqargan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni ko’zlaydi. Yozma adabiyot paydo bo’lguniga qadar bu xalq didaktikasi- etnopedagogikashaklida1 harakatda bo’lgan. Biroq islomiy ehtiqodni qaror toptirish yo’lidagi izlanishlar davomida diniy-axloqiy yo’singa kira borgan va chinakam ehtiqodiy mohiyat kasb etib muqaddaslashgan. Shu sababli o’tmishda boshlanib, so’ngra undagi mazmun va g’oyalarni iymon asoslari darajasida anglash, qabul qilish va amaliy faoliyat mezoniga aylantirishga alohida e’tibor berishgan. O’tmishdagi o’zbek bolalar kitobxonligi mazmun-mundarijasi shu mantiq asosida shakllangan. Bunda Qur’oni karim va hadisi shariflar ta’siri belgilovchi rol oynagan. Jumladan, Qur’oni karimning 36-yosin surasining 69-oyatida shunday zikr qilinadi: «Va mo allamnoxushshihra va mo yanbagi laxu in juva illo zikrun va qur’onun mubin». Mazmuni: «Biz u kishiga (payg’ambarimizga) she’r o’rgatmadik va bu u zotga loyiq ham emas. Bu (ya’ni she’r) faqat Ollohning zikri va qur’oni mubin uchun xosdir»1 Bu oyatning qudrati shundaki, uning asosida butun islomiy olamda ollohning zikri va qur’on mavzulariga yaqqol va ramziy aloqasi bo’lmagan barcha badiiy va ilmiy asarlar inkor etiladi. Shu vajdan barcha islomiy mamlakatlarda istalgan turdagi asarning bosh g’oyasi qur’on yoki hadislardan olinmog’i shart qilib qoyilgandi. Shu zaylda din axloq va tarbiyaning asosiy vositasiga aylanib qoldi. Qur’oni karim oyatlarini va hadislarni badiiy sharhlash va talqin qilish ehtiyoji mumtoz adabiyot tarkibida didaktik mohiyatga ega diniy-axloqiy asarlar silsilasini yuzaga keltirdi. Bu, o’z navbatida, o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida didaktik adabiyot nomi ostida alohida bosqich va yo’nalishni tashkil etadi

O’zbek bolalar kitobxonligi doirasidagi asarlarni vazifasiga ko’ra tubandagi ikki toifaga bo’lish mumkin:

Birinchi toifaga, yuqorida eslatilganidek xalq pedagogik tafakkuriga yo’g’rilgan va aksaran bolalarga nasihat shaklida bitilgan esa-da, asoson, kattalarning hayotiy-axloqiy tajribalarini ular tili, didi va nuqtai nazarlaridan ifodalagan hammabop mumtoz nasihatnomalar, diniy-axloqiy manoqiblar va hikmatlar kirsa, ikkinchi toifaga ma’lum qismi hammabop va ma’lum qismi bolalar yoshi, didi va saviyasiga muvofiqlashtirilgan ilmiy-ma’rifiy (poznavatelnoy) yo’nalishdagi asarlar kiradi. Qolaversa, bolalar badiiy adabiyoti ham ular o’qishiga mo’ljallanganligi tufayli bolalar kitobxonligi tarkibida harakatda bo’lada. Shu uch jarayon yagona oqimga aylangan holda bolalar kitobxanligi mundarijasini tashkil etadi va uning uzluksiz davomiyligini ta’minlamoqda.



2. Bolalar adabiyotining janriy xususiyatlari .Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo’lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bolalar va kattalar adabiyotlari o’rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida deb ko’rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o’qishi man’ qilingani holda xuddi shunday mavzuda bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» she’riy adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o’qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda esa, o’zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik munosabatlarini ifodalaydi.

Bolalar adabiyoti tarbiya quroli sifatida kichkintoylarga bilim berish vazifasini ham bajaradi, ularning qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Garchi u «kattalar»-ijod ahli tomonidan bunyodga keltirilsa-da, bolalar olamini aynan-o’zligicha, faqat bolalargagina xos nuqtai nazardan badiiy tadqiq qiladi, aslida xuddi shu nuqtada ijodkor voqelikka o’z munosabatini bolalar didiga, nuqtai nazariga muvofiqlashtirib ifoda etadi, shu nuqtada kattalar va bolalar olamlari o’zaro kesishadi, kattalarning kuzatishlari, mushohadalari va baholari bolalarnikiga aylanadi, bolalarning voqelikka munosabatlari tusini oladi, bolalarcha in’ikos shaklida zuhur topadi. Bolalar adabiyotining bosh xususiyati ana shunda: narsa-hodisalarga bolalar ko’zi bilan qaray bilishida, ularni bolalarcha idrok eta bilishida, ularga bolalarcha munosabat ko’rsata olishida, ulardan bolalarcha hayratlana bilishida. A.P.Chexov masalaning shu tomonini teran anglab, «Uyda» hikoyasining qahramoni-prokuror Evgeniy Petrovich oylari tarzida o’z mulohazalarini shunday bayon etgan edi: «Buning (besh yashar o’g’li Seryoja nazarda tutilayotir-) miyasida fikrlar bor. Buning o’z dunyosi bor, qaysi narsa muhim, qaysisi muhim emas-buni o’zicha hal qiladi. Buning diqqatini va ongini jalb etish uchun bolalarga o’xshatib gapirish kifoya qilmaydi, ular kabi oylashni ham bilish kerak.» Bolalarni onalardan yaxshiroq tarbiyalaydigan odam yo’q, chunki ular bolalar his qilgan narsani his etadilar, ular bilan birga kuladilar, yig’laydilar.» Bunday ijodiy fazilat nafaqat bolalar adabiyotiga, balki uning bunyodkorlariga ham xos xususiyat bo’lib,har qanday yozuvchiga ham nasib qilavermaydi. Buni chuqur his etgani bois K.I.Chukovskiy «bolalar-bizning ustozimiz» degan edi. Chindan ham bolalarni ustoz darajasida anglamoq-bu, avvalo, ularga yuksak ehtirom ko’rgazmoq, ularning xarakterlarini, qiziqish va intilishlarini, kishilarga, narsa va hodisalarga munosabatlarini, quvonch va iztiroblarini sinchkovlik bilan o’rganmoq, ayni zamonda shu jarayonni bolalarcha his etish, idrok qilish asosida ular uslubiga muvofiqlashtirish badiiyat sintezidan o’tkazmoqdan iborat san’atkorlikdir. Rost, inson ulg’aygani sari o’z bolaligidan yiroqlashadi, bolalik tabiatidagi xos xususiyatlarni yo’qota boradi. Bu hammaga ayon haqiqatdir. Biroq bolalar yozuvchisi bundan mustasno, u inson sifatida har qancha ulg’aymasin, baribir, bolalik tabiatini saqlab qolmog’i, uni tobora teranlashtirmog’i, bolalarcha sinchkov va qiziqsinuvchi bo’lib, ular ko’ngliga yo’l topmog’i, ruhiy dunyosiga kira bilmog’i shart. Shundagina u chinakkam bolalar yozuvchisiga aylana oladi. V.G.Belinskiy «bolalar yozuvchisi bo’lib tug’ilmoq kerak», deganida xuddi shuni ko’zda tutgan edi. U yozadi: «Bolalar bilan obrazlar vositasida gapirmoq uchun ularni bilmoq kerak, o’zing bola bo’la olishing lozim, yomon ma’nodamas, balki to’g’ri ma’noda bolalarcha soddadil xarakter egasi sifatida qayta tug’ilmog’ing darkor» Bu o’zicha bir iste’doddir. Buning uchun faqat talantgina emas, balki yana o’ziga xos baho ham bo’lmoq talab qilinadi. Ehtimol, bolalarni seva bilish, ularning ehtiyojlarini, yosh xususiyatlarini va o’zliklarini chuqur, anglamoq-buning eng muhim shartlaridandir.» Ana shu shartlarga mukammal amal qiladigan ijodkorgina bolalarning haqiqiy sevimli yozuvchisi, shoiri va dramaturgi bo’la oladi. Aks holda bunday baxtdan benasib qolish hech gapmas.

3.G’.G’ulom asarlarida bolalar taqdiri masalalasi. “Shum bola” asari tahlili. G’afur G’ulom «Shum bola» qissasida etimlik fojeasini ifodalashda zamonasozlik yo’lidan bormadi, aksincha o’tmishdagi nobop tuzumning antigumanistik mohiyatini badiiy tadbiq qilish yo’lidan bordi, o’sha nobop tuzumning nainki mehnatkashlar ommasiga, balki ularning bolalariga ham muruvvatsizlik qilganini, shafqatsizlik bilan ularni ham ma’naviy, ham jismoniy majruh qilishga chog’langanini butun fojeasi bilan ochib tashlash va fosh etishni ko’zladi. Rost, asar qahramoni Shum bola aslida jismoniy yetim, otasiz, beva ona qaramog’ida qolgan sho’x-shaddot bola. Asarda garchi hammasining ham ota yo onasi, yoki har ikkalasining ham bor yoxud yo’qligi eslatilaverilmasa-da, har qalay Shum bolaning Omon, Yo’ldoSh, It Obid, Bit Obid, Turobboy, Husni, Solih, Abdulla, Po’latxo’ja va Miraziz singari tengqurlari ham aslida o’Sha nobop tuzumning o’gay nazari tufayli qay darajadadir ma’naviy yetimlikka giriftor qilingan Shumqismat bolalar hisoblanadilar. O’sha nobop tuzum, zulm va tengsizlikka, kiShini kiShi tomonidan ekspluatatsiya qiliniShiga asoslangan Shafqatsiz jamiyat bunday bolalar taqdirini o’z holiga tashlab qoyganligi tufayli ular ham haqsiz-huquqsiz yetimlar safida sanalishlari tabiiy. G’afur G’ulomning san’atkorligi Shundaki, u bu shum bolalarni o’sha shum jamiyatning shunchaki hosilalari sifatida ko’rsatibgina qoya qolmadi, aks holda bu bolalar ham o’sha shum jamiyatning qiyin-qistovlari tilga olingan «Mallajin, Karim jinni, Mayramxon, Xolparang jip-jinni, Tojixon, Juft kaptar, Olimjinni, Eshon oyi, Avaz jinni»lar safini to’ldirishardi. So’ngra adib bu jinnilarning qanday qilib jinni bo’lganliklari sabablari bayoniga o’tarkan, bunga o’Sha nobop tuzumga xos adolatsizlikni vaj qilib ko’rsatadi. Aytaylik, Karim jinni ilgari bo’zchi bo’lib, bozori kasod bo’lganidan Shu koyga tushgan bo’lsa, Eshon oyi eri Mattixon To’raning singlisini oynaSh tutganidan shu koyga tushgan. Xolparang baxmal to’qirkan, do’kon-dastgohiga o’t tushganidan jinni bo’lgan esa, Mayramxonning asli ismi Mamatraim bo’lib, temirchilik bilan shug’ullangan ekan, temir-tersak buyumlar zavoddan chiqa boshlagach, uning ham korxonasi sinib, jinni bo’lib qolgan ekan. Hullas, adib turli kasb-kor egalarining shu xilda jinnilikka giriftor etilganini ko’rsatarkan, «Toshkentda jinni ko’p edi,»deya eslatishni unutmaydi. Zero, o’sha shafqatsiz tuzum shum bolalarni ham o’z iskanjasida ezib shu koyga solishi mumkin edi. Ammo G’afur G’ulom talqinidagi Shum bolalar yashashdan iborat ulug’ niyatda edilar. Ana shu umidvorlik ularni hayot qay koyga solib sinamasin, biribir, hayotdan o’z o’rnini topishga qasd qilib yashashga o’rgatdi. Pirovard-oqibatda ular yetimlikni engdilar, o’gay nazarni sindirdilar va eng muhimi, o’zlarini anglash va qadrlash tuyg’usini tuya boshladilar. «Shum bola» qissasidagi yetimlik qismatidan shunday saboq chiqarish mumkin.

4-savol.Addulla Avloniy–ilk bolalar shoir.XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʻquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri koʻchalarida, koʻpchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yoʻl ishchilari bolalari orasida kechdi. Oʻqchidagi eski maktabda, soʻng madrasada oʻqidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shugʻullandi. Arab, fors, rus tillarini oʻrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va oʻlkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.

XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʻzgarishlardan biri maktab oʻquv ishlarida oʻzgarish boʻldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʻshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, soʻngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.

1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni oʻqitdi. “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” nomli toʻrt qismdan iborat sheʼriy toʻplamining birinchi juzʼini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan boʻldi. U sovet davrida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-maʼrifat tarqatish, taʼlim-tarbiya masalalari bilan shugʻullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda oʻqituvchilik qildi. 1930–34 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.

Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.

Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, soʻng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi boʻldi. Oʻtgan davr ichida, oʻzi taʼkidlaganidek, “oʻnlab sheʼr va maktab kitoblari, toʻrt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi oʻrni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida taʼkidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, taʼlim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga koʻtarilgan maʼrifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.

Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatishni oʻz oldiga asosiy vazifa qilib qoʻygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega boʻlishini taʼminlaydigan haqiqiy xalq maktabi boʻldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr oʻzgarishigacha 4 marta, “Alifbedan soʻnggi oʻquv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida oʻrin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni anʼanaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Saʼdiy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tugʻilib oʻsgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining oʻz xalqiga boʻlgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.

Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan sheʼr, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yoʻlini bosib oʻtdi. U adabiyotga gʻoyaviy kurashlar gʻoyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan maʼrifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir sheʼriyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy sheʼr yoʻq. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt gʻamini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. Oʻz onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bagʻishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida gʻoyat masʼuliyatli boʻlgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik maʼrifatparvar, jadidlar taʼlimotining faol tarafdori sifatida tezda ilgʻab oldi.

Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-maʼrifat targʻib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi sheʼrlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qoʻllagan. Milliy kuylarga moslab sheʼrlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.

Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Onasining oʻgʻliga aytgan soʻzlari”, “Afsus” kabi sheʼrlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu sheʼrlarning ohang va uslubi xalq qoʻshiqlariga gʻoyat yaqin boʻlib, ular xalqimizning milliy uygʻonishida muhim oʻrin tutdi.

Avloniy 1917 yil fevral inqilobini xursandchilik bilan kutib oldi (“Qutuldik”, “Yotma” sheʼrlari). Oktyabrga bagʻishlab “Hurriyat marshi” (1919), “Ishchilar qulogʻiga” kabi sheʼrlar yozdi, yangi sotsialistik tuzumni ulugʻladi. Lekin koʻp oʻtmay, rus sovet tuzumi eski chor tuzumining oldingidan battarroq shakli ekanligini, sovet siyosati riyokorlik asosiga qurilganligini anglay boshladi. Jumladan, tantanavor vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida gʻamgin tushkun ohanglarning paydo boʻlishiga olib keldi (“Haftalik soatda” 1919). Shularga qaramasdan Avloniy turli mavzularda sheʼrlar yozdi. 1919–20 yilgi Afgʻoniston safariga doir “Afgʻon sayohati” kundaliklari esa mamlakatimizning yon qoʻshnimiz bilan oʻzaro doʻstlik, totuvlik aloqalarining oʻrnatilishi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Avloniy oʻzbek teatrining asoschilaridan edi. U 1913 yilda “Turkiston” teatr truppasini tuzdi. “Turkiston” oʻzining qatiy nizomini ham eʼlon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, gʻoyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov (A. Qodiriy) kabi XX asr boshlari oʻzbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan, teatr ozarbayjon dramaturglari asarlari (“Badbaxt kelin”, “Xoʻr-xoʻr”, “Jaholat”, “Uliklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man oʻlmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”) ni oʻzbekchaga tarjima qilib sahnaga qoʻygan. Avloniyning oʻzi Mallu (“Layli va Majnun”), Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.

Avloniy “Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914–17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, “Portugaliya inkilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeaviy asarlari bilan oʻzbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasigatomir otishiga muhim hissa qoʻshdi. Advokat Davronbek orqali Turkistondagi huquqsizlik, dunyodan xabarsizlikni fosh etdi. “Advokatlik osonmi?” degan asarida bir qator koʻknori va qimorbozlar obrazini yaratib, maʼnaviy turmushning tuban bir holga kelib qolganlini koʻrsatdi. Monarxiyaga qarshi kurash, bayrogʻi ostida kechgan 1910 yilgi Portugaliya inqilobi, 1909 yili Turkiyada yuz bergan “Yosh turklar” inqilobi (“Ikki sevgi”) haqida yozib, adabiyotimizda mavzu va gʻoyalar koʻlamini kengaytirdi. “Biz va Siz”da esa XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashini aniq taqdirlar misolida yoritib berdi.

Avloniy asosiy ijodiy faoliyatining eng sermahsul yillari 1917 yildagi Oktyabr toʻntarishiga kadar boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.

Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan oʻrganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan.

6-savol. Behbudiyning “Padarkush” asarini tahlil qiling


Download 72.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling