1. O’zbekiston Respublikasida xotira muzeylari


Download 51.54 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi51.54 Kb.
#1382825
Bog'liq
Oltinoyga


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Arxivshunoslik yo’nalishi 2-guruh 3-bosqich talabasining
“ Muzeyshunoslik va kutubxonashunoslik ” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
Tekshirdi:
Bajardi: Jumaniyazov Qahramon

TOSHKENT 2022



Reja:
1.O’zbekiston Respublikasida xotira muzeylari
2.Qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish
3.Xotira muzrlariga tashrif

1.O’zbekiston Respublikasida xotira muzeylari
"QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI" MUZEYI — Oʻzbekiston FA tizimidagi ilmiymaʼrifiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida" (2001-yil, 1-may)gi farmoni asosida Toshkent shahrida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmui (2002-yil, 31 avg .da) barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xattiharakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiytematik ekspozitsiyasi quyidagi 7 boʻlimdan iborat: 19-asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari; Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatagʻon; "Quloqlashtirish" kompaniyasi (30-yillar); 30-yillardagi qatagʻon; 40 —50-yillardagi qatagʻon; 80-yillardagi qatagʻon ("Paxta ishi"); Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
TUZILMASI













Direktor









































































Muzey va hududiy muzeylar direktorlari kengashi



















Ilmiy kengash





























































Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari







Direktorning umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari







Yuriskonsult











































Fond bo‘limi
3







Buxgalteriya
2







Xodimlar bo‘limi
1











































Ekskursovodlar bo‘limi
4







Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi
4







Xalqaro aloqalar bo‘limi
1











































Ilmiy bo‘lim
5







Muzey kuzatuvchilari
5







Birinchi bo‘lim
1











































Ekspozitsiya bo‘limi
4

















































Quyidagilar Muzeyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1. Mustabid tuzum davridagi qatag‘on siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur o‘rganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekspozitsiyasini tashkil etish;
2. Muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatag‘on siyosati bilan bog‘liq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
3. Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;
4. Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning ijodiy merosini to‘plash, nashrga tayyorlash va chop etish;
5. Respublika ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini ta’minlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish;
6.Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylariga (keyingi o‘rinlarda hududiy muzeylar deb ataladi) uslubiy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston tarixi ko‘plab voqealarni xotirlaydi: yerlarning tortib olinishi, qonli nizolar, qulash va rivojlanish, lekin bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda – odamlar xotirasi. O‘z davrining qurboniga aylangan odamlar.Muzey 2002-yil noyabr oyida xalqni ozodlikka da’vat etgan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda qahramonlik ko‘rsatgan, totalitar tuzum davrida ommaviy siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, ajdodlar haqida so‘zlab berish maqsadida tashkil etilgan.
“Shahidlar xotirasi” jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1937-yil sentabrida hozirgi Oʻzbekiston hududida 10700 kishi hibsga olinib, sudlangan. Ulardan 3613 nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, 7087 nafari esa 8 yildan 10 yilgacha bo‘lgan lagerlarda qamoqda saqlangan. 13 dan 28-noyabrgacha bo‘lgan davrda 1611 kishi sudlangan bo‘lsa, 1937-yil dekabrda mahkumlar soni 3610 kishini tashkil etdi. Qurbonlar orasida Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi taniqli arboblar, olim va adiblar bor edi.
Muzey ekspozitsiyasi 10 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1) O‘rta Osiyo (Turkiston)ning chor Rossiyasi tomonidan mustamlaka qilinishi va mahalliy aholining kurashi.
2) Milliy tiklanish harakati, uning ko‘rinishlari va amaliy yo‘nalishlari. O‘zbekistonda jadidchilik harakati.
3) Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi va Sovet davlatining repressiv siyosatining boshlanishi (1917-1924).
4) Oʻrta Osiyodagi zulm va zoʻravonlikka, qurolli qoʻzgʻolonlarga qarshilik koʻrsatish harakati (1918-1924).
5) Sovet hukumatini “Kollektivlashtirish” va “quloqlashtirish” siyosati, uning fojiali oqibatlari (1930-1936).
6) 30-yillar boshidagi siyosiy repressiyalar (1929-1936).
7) 1937-1938 yillardagi siyosiy qatag‘onlar.
8) 1940-1950 yillardagi siyosiy repressiyalar.
9) 1980-yillardagi repressiya: “Paxta ishi” kampaniyasi.
10) Tarixiy adolatni tiklash, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan muhim tarixiy voqealar (1991 yildan)
Dastlab, bino bir gumbazli bo‘lib, bitta ko‘rgazma zali joylashgan. Bir necha yillar davomida muzey yangi eksponatlar va yangi tarixiy ma’lumotlar bilan to‘ldirildi.Bugungi uch gumbazli bino maydoni 960 m2 bo‘lgan 3 ta ko‘rgazma zalidan iborat bo‘lib, bu yerda keng ayvon ham mavjud.Shu bilan bir qatorda muzey ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib ham hisoblanadi. Bu yerda muzey xodimlari – tarixchi olimlar qatag‘onlar tarixiga oid arxiv hujjatlarini chuqur o‘rganib, faktik materiallar to‘playdi. Muzey fondi orqali monografiyalar, ilmiy loyihalar, publitsistik va badiiy nashrlar muntazam chop etilmoqda. Ajdodlar: “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, deb aytganlar, o‘lganlar xotirasi hamisha muqaddasdir. Biz bor narsamizni qadrlaymiz, ajdodlarimizni eslaymiz va hayotning har bir lahzasidan zavqlanamiz.

2.Qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish
Prezident Karimov tomonidan 2001 yilda imzolangan "Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida"gi farmoni tilga olsak:
Ayni farmondan iqtibos keltirishar ekan, faollar "El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an‘analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi. Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi" deyilganini eslatishgan.
O‘zbekiston Fuqarolik jamiyati vakillaridan tashkil topgan "Muqobil O‘zbekiston" Muvofiqlashtirish Kengashi vakillari 31 avgustdan boshlab 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qabul qilingan kunga qadar "mamlakatda mustaqillik davridagi qatag‘on qurbonlarini xotirlash va himoyalash 100 kunligi" kampaniyasini boshlashga qaror qilganlarini bildirishgan.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng tarixiy haqiqat va adolatni tiklash bo‘yicha olib borilgan ishlar eng avvalo, Vatan va xalq ozodligi yo‘lida jonini fido etgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishda namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimiz tarixining so‘nggi 130 yillik fojiali davrini, chor Rossiyasi va sovet hukmronligi yillarida amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlarning maqsad-mohiyatini ochib berishga qaratilgan 50 ga yaqin kitob va risola chop etildi, ommaviy axborot vositalarida turkum maqolalar e’lon qilindi. Qator teleko‘rsatuvlar va hujjatli filmlar tayyorlanib, efir orqali namoyish etildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda.
Shuningdek, so‘nggi yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ishoqxon Ibrat va boshqa ma’rifatparvarlar xotirasiga bag‘ishlab muzeylar, Toshkentdagi “Adiblar xiyoboni"da muazzam haykallar yaratildi.
Davlatimiz rahbari 2020 yil 31 avgust kuni “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga tashrifi chog‘ida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqotda: “Bu insonlar haqiqiy yetakchilar, ilg‘or ziyolilar, adabiyot, madaniyat namoyandalari, boshqacha aytganda, millatimizning, xalqimizning eng sara vakillari edi. Tasavvur qiling, agar ular qatag‘on qilinmaganida Vatanimiz rivoji uchun, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va adabiyotimiz uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lar edi, xalqimizni oldinga boshlardi. Shu bilib turib qilingan. Bugun buni armon bilan eslaymiz”, – dedi Prezident.
Shuningdek, muzey faoliyatini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish, o‘tgan davr mobaynida qatag‘on mavzusini ilmiy o‘rganish borasida amalga oshirilgan ishlarni, yangi topilgan ma’lumot va faktlarni keng yoritish, tariximizning ana shunday fojiali sahifalari haqidagi xaqiqatni jamoatchilikka, ayniqsa, yosh avlodga xolis va haqqoniy asosda yetkazish zarurligi to‘g‘risida konseptual fikrlar bildirdi. “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ni milliy g‘oya asosida ta’sirchan tarbiyaviy maskanga aylantirish maqsadida tegishli sharoitlar yaratish, xususan, muzeyning ilmiy ekspozitsiyasini yangitdan shakllantirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga qator vazifalar ko‘yildi.
Yuqorida aytilgan taklif va vazifalarni hisobga olgan holda, 2020 yil 8 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi.
Bu farmoyishda quyidagi muhim fikr bildirilgan: “Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu boradagi tarixiy ma’lumotlarni xolis va haqqoniy o‘rganish mamlakatimiz mustaqilligi qanday og‘ir va mashaqqatli kurashlar bilan qo‘lga kiritilganini, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylab, qadrlab yashash kerakligini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi”.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining fidoyi farzandlari, ma’rifatparvar ajdodlari hayoti va faoliyati bilan bog‘liq haqiqatni to‘la yuzaga chiqarish, ularga nisbatan tarixiy adolatni tiklash ham maqsad qilib olingan. Farmoyishda qatag‘on qurbonlari merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirish uchun turli ilm-fan, ta’lim, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanadigan mas’ul tashkilotlarga keng qamrovli taklif va vazifalar berilgan. Shulardan ayrim vazifalarni bajarishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Masalan:
– qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida akademiya kutubxonasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlarga bag‘ishlangan xotira burchagini tashkil etish;
– xorijdagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
– qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini ilmiy tadqiq etish, ular haqida ilmiy-tarixiy kitoblar yaratish;
– “Inson – aziz, xotira – muqaddas” degan g‘oya asosida barcha tuman, shahar va mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ko‘rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
Shunday qilib, oxirgi yillarda yangi O‘zbekistonni barpo etishda tarixiy adolat va haqiqatni tiklash ishlari bir necha yo‘nalishda olib borilmoqdaki, shu yo‘nalishlardan biri qatag‘on qurbonlarining merosini tiklash, yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishdir.

3.Xotira muzrlariga tashrif


Bugun Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan minglab ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, universitetimizning talabalari qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning yod etish milliy ma’naviyatimizni chuqur tafakkur qilish uchun “Qatag‘on qurbonlari” maydoniga tez-tez tashrif buyurib ularni xotirasini yod etib turishlari zarur,zero ular bizning tinchligimiz uchun o’z jonlarini fido qilgan. Ular tashrif davomida muzey faoliyati va u yerdan joy olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey 10 bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda tarixiy dalillarga asoslangan hujjatlar, faktlar o‘rin olgan. Muzeyidagi barcha tarixiy manbalar xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.
Muzeyga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.Direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
1. Muzey direktori: Muzey faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Muzey nomidan vakillik qiladi;
Muzey vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Muzeyning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’muriy faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi, uning yillik va istiqboldagi ish rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ilmiy-tadqiqot va boshqa jarayonlarni tashkil etadi;
Aniq maqsadga yo‘naltirilgan dastur va tanlov mavzularini, shuningdek, alohida topshiriq va buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida Muzeyda vaqtinchalik tadqiqot guruhini tashkil etadi;
Muzeyda ijro intizomi holati bo‘yicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Muzey tarkibiy bo‘linmalari nizomini va Muzey xodimlarining funksional vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
O‘z vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Zarur bo‘lganda, Muzeyning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘z vakolati doirasida Muzey xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlarni qabul qiladi;
Muzey faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Muzey direktori vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini bajarish direktor o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklanadi.
2.Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
Muzey tarkibiy bo‘linmalarining ishlarini tashkil qiladi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
O‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihasini va materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Muzey ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda o‘rganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Muzey direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Muzey direktoriga bo‘limlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Vazifalar taqsimotiga ko‘ra boshqa tegishli vakolatlarni ham amalga oshiradi.
3. Direktorning umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
Muzey xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiradi. Muzey binosi, avtotransport vositasi, asbob-uskunalar, texnika vositalarini saqlash hamda ularni qayta tiklash va o‘rnini to‘ldirib borish, shuningdek binolar va ularning atrofidagi tozalikka rioya etilishini ta’minlaydi;
Muzey direktoriga xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi.
4. Bosh muhofiz (fond bo‘limi boshlig‘i):
Barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibga muvofiq hisobga oladi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini nobud bo‘lish va o‘g‘irlanishdan himoyalangan holda saqlash choralarini ko‘radi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va ularni saqlashga oid barcha hujjatlarni yuritadi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, ta’mirlash va qo‘riqlashning ichki tartiblarini ishlab chiqadi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, ta’mirlash va qo‘riqlash, ularni joydan-joyga ko‘chirish ishlarining to‘g‘ri olib borilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Bosh muhofiz (fond bo‘limi boshlig‘i) muzey direktorining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan topshirig‘ini olgan taqdirda, uni bajarishdan oldin topshiriq zid ekanligini direktorga yozma ravishda bildiradi.
Agar, direktor o‘z topshirig‘ini yozma ravishda qayta tasdiqlasa, bosh muhofiz darhol bu haqda Muzey bevosita bo‘ysunadigan yuqori boshqaruv organini xabardor qilishi shart.
4. Muzeyning ilmiy-tadqiqot va ekspozitsiya masalalarini hal etish uchun jamoatchilik asosida Ilmiy kengash tuziladi.
5. Ilmiy kengash tarkibiga direktor (kengash raisi), uning o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari, shuningdek ilmiy xodimlar hamda boshqa ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan (ilmiy darajasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar) soha mutaxassislari kiradi.
6. Ushbu Kengash muzeyning faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan kollegial organ hisoblanadi.
7. Quyidagilar Muzey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Muzeyni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;


Adabiyotlar


1. Muzeyshunoslik. Moskva.1988 yil.
2. N.Sodikova. Madaniy yodgorliklar xazinasi. Toshken.1981 yil.
3. I. A. Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yuk” T.1998 y.
4. “Uzbekiston muzeylar ishini takomillashtirish va rivojlantirish xakida” Uzbekiston Vazirlar Maxkamasining karori G`G` Uzb.Abadiyoti va san`ati 1998 y. 10 yanvar’.
5. Muzivedenie. Muzey istoricheskogo profilya. Ucheb. Posobiya dlya vuzov po spets «Istoriya» G` pod. Red. K.G.Levikina, V.Xrebsta – M;Vo`ssh.vuzov 1988 g
6. Obhestvovedeniya muzey respubliki Uzbekistan. – T;fan, 1988g
7. Lev’enin K.G, Razgon A.M «Ekspozitsiya muzeya i istoricheskaya nauka» - M; Vo`ssh.vuz, 1984 g
8. Sad’evna N.S «Muzeynoe delo v Uzbekistane» - T; fan 1975 g
9. Reves A.M «Metodika sozdanie narodno`x muzeev na predpriyatiyax i v kolxazax» - T;fan 1973 g

Elektron resurslar


1.www.ziyo.net
2.www.lex.net
3.Wikipedya
Download 51.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling