1. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va mijozlar bilan ishlash strategiyasi


Download 144.79 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi144.79 Kb.
#1287505
  1   2   3
Bog'liq
Aimboyev.M



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus talim vazirligi
Toshkent Moliya instituti
Bank ishi fakulteti
BIA-81 guruh talabasi Azimboyev Mahmud
Bank menejmenti va marketingi fanidan

MUSTAQIL ISHI


Toshkent 2020
Mavzu: Banklarda mijozlarni tasniflash masalalari
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va mijozlar bilan ishlash strategiyasi.
2.Chet-el banklarida mijozlar bilan ishlash strategiyalari va ular qo’llaydigan usullar.


O’zbekiston Respublikasi bank tizimi - O‘zbekiston Respublikasi moliya va pul-kredit tizimining uzviy qismi hisoblanadi. Respublikamizda bank tizimi ikki pog‘onali bank tizimidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga Markaziy bank va tijorat banklarini oladi. Markaziy bankning tijorat banklari bilan hamda tijorat banklarining o‘z mijozlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarida belgilangan. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.
Tijorat bankining o‘ziga xos xususiyati, bu yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanishdan iboratdir. Shuningdek, tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, to‘lovlarni amalga oshiradi. Banklar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Shunga ko‘ra, o‘zining joriy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash hamda rivojlanishini ta’minlash uchun tijorat banklari foydaga ega bo‘lishi lozim. Shu sababli, bank xizmatlari muayyan haq evaziga bajariladigan xizmat turi hisoblanadi.
Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar Qonun hujjatlariga muvofiq, jumladan O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga ko‘ra, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, banklar mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini, jumladan bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash huquqiga egadirlar.
Qayd etish lozimki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra omonatchilar va qarz oluvchilar o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankini mustaqil tanlash huquqiga egadirlar. Bugungi kunda respublikamizda bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘rtasida kuchli raqobat mavjud bo‘lib, ushbu holat tijorat banklari doimo taqdim etilayotgan xizmat turlarini sifati va ko‘lamini oshirishga, bank xizmatlarining narxini takomillashtirib borishga, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga undab kelmoqda.
Bankning biron-bir xizmat turidan foydanish haqida qaror qabul qilishdan avval, ushbu xizmat turi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni aniqlash hamda o‘z majburiyatlaringizni anglab yetish talab etiladi.
Agar bank xizmatlari shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladigan bo‘lsa, ushbu shartnomani imzolashdan avval uning barcha shartlari va qoidalarini tijorat bankining mutaxassisi bilan birgalikda diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Shartnomada uchrashi mumkin bo‘lgan notanish terminlar hamda shartnoma qoidalarini to‘liq tushunish yuzasidan bank xodimlariga murojaat etishdan uyalmang. Chunonchi, barcha tijorat banklarida jismoniy shaxslarga, shu jumladan maxsus moliyaviy bilimlarga ega bo‘lmagan mijozlarga oddiy, tushunarli tarzda bank maslahatlarini berish vazifasi yuklatilgan mutaxasislar mavjud.
Fuqaro tijorat bankidan ko‘chmas mulk xarid qilish uchun ipoteka kreditini, yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol kreditini olish huquqiga ega. Bankdan kredit olish qarz oluvchiga ushbu kreditning asosiy qarzini hamda ushbu kreditdan foydalangan davr uchun hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarish majburiyatini yuklaydi. Bunda bank tomonidan kreditdan foydalanganlik uchun qarz oluvchidan qo‘shimcha to‘lovlarni undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Odatda, tijorat banklari tomonidan kreditlar doimiy daromadga ega bo‘lgan, to‘lovga layoqatli, ya’ni kredit shartnomasiga asosan to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish qobiliyatiga ega fuqarolarga ajratiladi.
Qarz oluvchilarni kreditlash qoidalari hamda ularning kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash usullari har bir tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Ko‘p hollarda bank tomonidan kredit ajratish jarayonida qarz oluvchi tomonidan qo‘shimcha xarajatlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qarz oluvchi kredit shartnomasini imzolashdan avval, barcha qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olishi lozim.
Fuqaro- qarz oluvchi kredit shartnoma shartlarini tegishli ravishda bajarmasa bank kreditdan foydalanganlik uchun to‘lovni yuqori foiz stavkalarida, shuningdek neustoyka to‘lanishini talab qilishi mumkin. Bankning ushbu talablarni qo‘yish huquqi kredit shartnomasida belgilangan bo‘ladi.
Kredit olish haqida qaror qabul qilishdan avval bank xodimidan kreditlash shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish kerak. Sizning kredit shartlari to‘g‘risida o‘z vaqtida, zarur bo‘lgan va haqqoniy ma’lumotlarni olish huquqingiz amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan.
Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank tomonidan kredit olmoqchi bo‘lgan fuqaroga kredit shartnomasi yoki unga ilova qilingan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yozma ravishda taqdim etilishi shart.



Download 144.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling