1. Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarishning anʼanaviy shakli qaysi?
Download 72.18 Kb.
|
3-тест
1. Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarishning anʼanaviy shakli qaysi? A oila B mahalla C nodavlat tashkilotlari D mehnat jamoalari E maktab 2. "Yoshlar dasturi" ijrosi uchun mas'ul etib belgilangan sektorlar rahbarlari, mas'ul davlat organlari va tashkilot rahbarlari yoshlarning muammolari bartaraf etilganligi bo‘yicha qancha muddatda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot beradi? A har haftada kamida bir marta B har oyda kamida ikki marta C har oyda kamida bir marta D har chorakda kamida bir marta E har chorakda kamida ikki marta 3. Fuqarolarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanish huquqi necha yoshdan vujudga keladi? A 16 yosh B 18 yosh C 20 yosh D 21 yosh E 25 yosh 4.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kim boshchilik qiladi? A Bosh vazir B deputatlar C Spiker D Senat raisi E Hokim 5.Tadbirkorlik faoliyati bilan necha yoshdan boshlab shug'ullanish mumkin? A 14 yoshdan B 16 yoshdan C 18 yoshdan D 21 yoshdan E yosh chegaralanmagan 6.Mahalladagi Yoshlar yetakchisi lavozimi quyidagi qaysi normativ-huquqiy hujjat asosida tashkil etilgan? A O’RQ-406-sonli Qonun B PQ-6017-sonli Farmon C PQ-4768-sonli Qaror D PQ-92-sonli Qaror E PQ-31-sonli Qaror 7.Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarorga muvofiq, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasida Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun tadbirlarni moliyalashtirishga qancha miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan. A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 3 baravarigacha C BHMning 7 baravarigacha D BHMning 10 baravarigacha E BHMning 12 baravarigacha 8.Mamlakatimizda qaysi kunni - "Yoshlar kuni" sifatida nishonlanishi belgilandi? A 1-iyun B 30-iyul C 1-avgust D 30-iyun E 1-oktabr 9.312-sonli qarorga muvofiq, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan? A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 3 baravarigacha D BHMning 4 baravarigacha E BHMning 5 baravarigacha 10.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 5-bandiga muvofiq, har bir mahallada Bir nuroniyga necha nafar yosh biriktirilishi hamda ular ishtirokida loyihalar amalga oshirilishi nazarda tutilgan?! A 3 nafar B 5 nafar C 7 nafar D 10 nafar E 15 nafar 11.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 8-bandiga muvofiq, yoshlarga beriladigan yordam turlari bo'yicha tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun kim mas’ul hisoblanadi?! A Sektor rahbari B Mahalla raisi C Hokim yordamchisi D Profilaktika inspektori E Mahalladagi yoshlar yetakchisi 12.Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaror 2-ilovasi 30-bandiga muvofiq, Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 10 baravarigacha B BHMning 20 baravarigacha C BHMning 30 baravarigacha D BHMning 40 baravarigacha E BHMning 50 baravarigacha 13.Vazirlar Mahkamasini 312-son qarorga ko'ra, Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 4 baravarigacha D BHMning 8 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 14..Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarishning anʼanaviy shakli qaysi? A mehnat jamoalari B nodavlat tashkilotlari C mahalla D oila 15.Oyligingizdan olinadigan soliq qanday nomlanadi? A foyda solig’i B tushum solig’i C daromad solig’i D aksiz solig’i 16.Davlat hokimiyatining birdan bir manbai kim? A fuqarolar B xalq C barcha xalqlar D jamiyat 17."Mehr daftari"ga kimlar kiritiladi? A Kam ta’minlangan oila farzandlari B Yetim bolalar va ota-onasi qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar C Talaba-yoshlar D O’quvchi-yoshlar 18.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 8-bandiga muvofiq, yoshlarga beriladigan yordam turlari bo'yicha tavsiyalarning asosliligi, haqqoniyligi va adolatliligi uchun kim mas’ul hisoblanadi?! A Sektor rahbari B Mahalla raisi C Hokim yordamchisi D Profilaktika inspektori E Mahalladagi yoshlar yetakchisi 19.Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarorga muvofiq, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasida Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun tadbirlarni moliyalashtirishga qancha miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan. A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 3 baravarigacha C BHMning 5 baravarigacha D BHMning 10 baravarigacha E BHMning 15 baravarigacha 20.312-sonli qarorga muvofiq, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan? A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 4 baravarigacha D BHMning 6 baravarigacha E BHMning 8 baravarigacha 21.Vazirlar Mahkamasini 312-son qarorga ko'ra, Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 4 baravarigacha D BHMning 8 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 22.312-sonli qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 10 baravarigacha, ya’ni 3mln. so’m B BHMning 20 baravarigacha, ya’ni 8mln. so’m C BHMning 30 baravarigacha, ya’ni 12mln. so’m D BHMning 40 baravarigacha, ya’ni 12mln. so’m E BHMning 50 baravarigacha, ya’ni 15mln. so’m 23.Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi monitoringini olib borish, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi huzurida qanday tuzilma tashkil etilgan? A Yoshlar ittifoqi B Yoshlar parlamenti C Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti D “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi E Yosh huquqshunoslar kengashi 24.Fuqaroning huquq layoqati vujudga kelish vaqtini koʻrsating. A tug’ilgandan B 14 yosh C 16 yosh D 17 yosh E 18 yosh 25. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4768-sonli qarori 4-bandiga ko'ra, yoshlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga qaysi organ mas’ul etib belgilangan? A Yoshlar ishlari agentligi B Mahalliy hokimliklar C Yoshlar parlamenti D Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institute E Yoshlar ittifoqi 26. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi - ... A Yoshlar daftari B Yoshlar dasturi C Yoshlar portal D Yoshlar indeksi E Yoshlar balansi 27. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Yoshlar (yosh fuqarolar) — ... A 7 yoshga to’lgan va 25 yoshdan oshmagan shaxslar B 12 yoshga to’lgan va 21 yoshdan oshmagan shaxslar C 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar D 16 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar 28. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, Mahalladagi Yoshlar yetakchisi ijaraga olingan bino va inshootning ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda foydalanilayotganligini qancha muddatda monitoring asosida o‘rganish belgilangan?! A Har kuni B Haftada kamida bir marotaba C Har oyda kamida ikki marotaba D Har oyda kamida bir marotaba E Chorakda kamida bir marotaba 29. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 76.5-bandiga muvofiq, Vasiylik kengashi o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga qancha muddatda hisobot taqdim etilishi belgilangan? A har kun yakuni bo’yicha B har hafta yakuni bo’yicha C har oy yakuni bo’yicha D har chorak yakuni bo’yicha E har yil yakuni bo’yicha 30. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarorga muvofiq, Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasida Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun tadbirlarni moliyalashtirishga qancha miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan. A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 3 baravarigacha D BHMning 5 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 31. Soliqlar joriy qilish qaysi organ vakolatiga tegishli? A Moliya vazirligi B Oliy Majlis C Davlat soliq qo’mitasi D Vazirlar Mahkamasi E mahalliy organlar 32. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 5-bandiga muvofiq, har bir mahallada Bir nuroniyga necha nafar yosh biriktirilishi hamda ular ishtirokida loyihalar amalga oshirilishi nazarda tutilgan?! A 3 nafar B 5 nafar C 7 nafar D 10 nafar E 15 nafar 33. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 4-ilovasiga muvofiq, "Mahalladagi Yoshlar yetakchisi" shtat birligi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining quyidagi qaysi tuzilmasi tarkibida ko'rsatilgan?! A Markaziy apparating B Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining C tuman(shahar) bo’limlarining D Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining E “Yoshlar-kelajagimiz!” jamg’armasining 34. Yakka tartibdagi tadbirkorlik(YaTT) faoliyat turini tashkil qilishni istagan shaxs elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, qancha miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan?! A BHMning 20%, ya’ni 100 ming so’m B BHMning 30%, ya’ni 50 ming so’m C BHMning 50%, ya’ni 150 ming so’m D BHMning 75%, ya’ni 250 ming so’m E BHMning 150%, ya’ni 50 ming so’m 35. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tishda qancha davlat boji to'lanadi?! A 223 ming so’m B 245 ming so’m C 270 ming so’m D 300 ming so’m E 375 ming so’m 36. Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi boshqarishning anʼanaviy shakli qaysi? A oila B mahalla C nodavlat tashkilotlari D mehnat jamoalari 37. Qaysi shoir she'rida buyuk ajdodimiz Beruniyning Xristofor Kolumbdan 500yillarcha oldin Amerika qit'asini bashorat qilganligiga ishora mavjud?! A Shavkat Rahmon “Turkiylar” B Erkin Vohidov “O’zbegim” C Abdulla Oripov “O’zbekiston” D Azim Suyun “O’zlik” E Usmon Nosir “Quyosh bilan suhbat” 38. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu norma "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunning nechanchi moddasi? A 1-modda B 3-modda C 5-modda D 6-modda E 10-modda 39. 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qaysi davlatda o'tkazilishi belgilandi?! A O’zbekiston B London C AQSh D Rim E Xitoy 40. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — ... A Tuman(shahar) hokimliklari B Sektor rahbarlari C Xalq deputatlari tuman(shahar) kengashlari D Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo’limlari E Tuman(shahar) moliya bo’limlari 41. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 2-ilovasi, 80-bandiga muvofiq, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida Kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida nechi foizlik stavkada ajratiladi? A 7 foizlik B 10 foizlik C 12 foizlik D 14 foizlik E 17 foizlik 42. 2022-yil 1-iyundan boshlab Bazaviy hisoblash miqdori (BHM, oyiga) - ... A 202 ming B 223 ming C 245 ming D 270 ming E 300 ming 43. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi - ... A Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari B viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o’rinbosarlari C viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar bo’yicha o’rinbosarlari D Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma boshliqlari 44. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, Tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi yig‘ilishlari qancha muddatda o'tkazilishi belgilangan?! A har chorakda kamida bir marta – oyning 15-kunigacha B har oyda kamida ikki marta – oyning 15-kunigacha va oxirgi kunigacha C har chorakda kamida bir marta – oxirgi kunigacha D yilda kamida ikki marta – oyning 15-kunigacha va oxirgi kunigacha E har yarim yilda kamida uch marta – oyning 15-kunigacha 45. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, Tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi - ... A tuman(shahar) hokimlari B tuman(shahar) hokimining yoshlar siyosati bo’yicha o’rinbosarlari C tuman(shahar) hokimining birinchi o’rinbosarlari D tuman(shahar) moliya bo’limi boshliqlari E Yoshlar ishlari agentligining tuman(shahar) bo’limi boshliqlari 46. Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun qancha miqdorda ijarachi tashkilotga qoplab beriladi? A BHMning 5 baravarigacha B BHMning 10 baravarigacha C BHMning 20 baravarigacha D BHMning 30 baravarigacha E BHMning 50 baravarigacha 47. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlari) uchun qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 10 baravarigacha B BHMning 20 baravarigacha C BHMning 30 baravarigacha D BHMning 40 baravarigacha E BHMning 50 baravarigacha 48. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 2 baravarigacha B BHMning 3 baravarigacha C BHMning 4 baravarigacha D BHMning 5 baravarigacha E BHMning 6 baravarigacha 49. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga muvofiq, Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda qancha miqdorda subsidiya ajratiladi?! A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 3 baravarigacha D BHMning 4 baravarigacha E BHMning 5 baravarigacha 50. Shaxmatning vatani qaysi davlat hisoblanadi? A Xitoy B Rim C Yaponiya D Hindiston E Gretsiya 51. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 2-ilovasi 59-bandiga muvofiq, Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko'rsatilishi bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mablag' ajratilishi nazarda tutilgan? A BHMning 2 baravarigacha B BHMning 4 baravarigacha C BHMning 6 baravarigacha D BHMning 8 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 52. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 2-ilovasi 23-bandiga muvofiq, dehqonchilik va tomorqa xo'jaligini yuritish bilan shug'ullanayotgan yoshlarga urug'lik va ko'chatlar xarid qilish uchun qancha miqdorda subsidiya ajratiladi? A BHMning 2 baravarigacha B BHMning 4 baravarigacha C BHMning 6 baravarigacha D BHMning 8 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 53. ... - O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. A yoshlardaftari.uz B gov.uz C my.gov.uz D yoshlar.gov.uz E yoshlarbalansi.uz 54. "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun qancha miqdorda iste'mol krediti ajratiladi. (Bunda, kredit foizlari Yoshlar ishlari agentligi to'lab beradi) A BHMning 10 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda B BHMning 15 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorida C BHMning 25 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorida D BHMning 40 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorda E BHMning 50 baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorida 55. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq, Mahalladagi Yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan nechta yordam turlari ko'rsatib o'tilgan?! A 7ta B 9ta C 11ta D 13ta E 17ta 56. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?! A 1991 yil 2 iyul B 1994 yil 1 iyul C 1992 yil 10 dekabr D 1992 yil 2 iyul E 1992 yil 8 dekabr 57. 200 va undan ko‘p kishilar ishtirokida viloyat markazi hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazishga qaysi organ tomonidan ruxsatnoma beriladi? A Vazirlar Mahkamasi B Viloyat hokimligi C Viloyat prokuraturasi D Ruxsat olish shart emas 58. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga muvofiq, yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun qancha miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan? A BHMning 1 baravarigacha B BHMning 2 baravarigacha C BHMning 4 baravarigacha D BHMning 8 baravarigacha E BHMning 10 baravarigacha 59. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ... nafar a'zodan iborat. A 50 nafar B 80 nafar C 100 nafar D 120 nafar E 150 nafar 60. “Yoshlar balansi”da 0-15 va 16-30 yosh toifalari bo‘yicha yoshlarning qaysi turdagi ma’lumotlari shakllantiriladi? A bandlik, ta’lim B ta’lim, ijtimoiy holatlari C salomatligi, ijtimoiy holatlari D ijtimoiy holatlari, bandlik E bandlik, oilaviy ta’lim, ijtimoiy holatlari va salomatligi F ta’lim, salomatligi 61. Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qachon va nechanchi son bilan qabul qilingan?! A Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 310-sonli qarori B Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-sonli qarori C Vazirlar Mahkamasi 23.06.2022 yildagi 344-sonli qarori D Vazirlar Mahkamasining 09.06.2022 yildagi 322-sonli qarori E Vazirlar Mahkamasining 08.06.2022 yildagi 317-sonli qarori 62. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qanday nomlanadi? A Qonunchilik palatasi va Senat B O’rta palata va Yuqori palata C Vakillilik palatasi va Senat D Deputatlar palatasi va Senatorlar palatasi 63. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining necha nafar aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi deb oʻylaysiz? A 10 nafar B 14 nafar C 16 nafar D 20 nafar E 21 nafar 64. Mahalladagi Yoshlar yetakchisi lavozimi quyidagi qaysi normativ-huquqiy hujjat asosida tashkil etilgan? A O’RQ-406-sonli Qonun B PF-6017-sonli Farmon C PQ-4768-sonli Qaror D PQ-92-sonli Qaror E PQ-31-sonli Qaror 65. Hokimiyatlar boʻlinishi deganda nima nazarda tutiladi? A hokimiyatning oliy va mahalliy organlarga taqsimlanishi B hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga taqsimlanishi C hokimiyatning ijro, prokuratura va sudlov organlariga bo’linishi D hokimiyatning ichki va tashqi ishlarga taqsimlanishi 66. 14-iyun - qaysi kasb egalari kuni sifatida nishonlanadi? A Butunjahon talabalar kuni B Xalqaro shifokorlar kuni C Butunjahon kimyogarlar kuni D Xalqaro bloggerlar kuni E Xalqaro quruvchilar kuni 67. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bastakori kim? A Abdulla Oripov B Abdulla Qodiriy C Botir Qodirov D Mutal Burhonov E Yunus Rajabiy 68. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida yaratilgan elektron platforma - ... A Ayollar daftari B Yoshlar daftari C Temir daftari D Mehr daftari 69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-son qarorining 1-ilovasi muvofiq, Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qancha miqdorida qoplash uchun subsidiya ajratish belgilangan? A BHMning 10 baravarigacha miqdorda B BHMning 15 baravarigacha miqdorda C BHMning 50 baravarigacha miqdorda D to’liq miqdorda E BHMning 100 baravarigacha miqdorda 70. Jismoniy va yuridik shaxslarning qanday murojaatlari ko'rib chiqilmaydi? A Yuqori turuvchi organga yo’llangan bo’lsa B jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risida bo’lsa C Noto’g’ri manzilga yo’llangan bo’lsa D Anonim ariza tarzida belgilangan bo’lsa 71. "Qonunlar to'plami" ma'nosini anglatuvchi atamani aniqlang? A Konvensiya B Konsepsiya C Ustav D Kodeks E Dastur 72. Fuqarolar davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega bo'lib, ular qaysi shaklda amalga oshiriladi? A Ariza, taklif va shikoyat B Og’zaki va yozma C Taklif va tavsiya D Og’zaki, yozma va electron E Ariza va shikoyat 73. Ehtiyojning pul bilan ta'minlangan qismi qanday iqtisodiy termin bilan ataladi? A Moddiy ehtiyoj B Talab C Taklif D Xarid qobiliyati E Omonat 74. "Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa yomonliklariga topshirdim..." bu so'zlar qaysi kitobdan olingan? A Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” B Amir Temur “Temur tuzuklari” C Sa’diy “Guliston” D Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” E Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig’ 75. Geografik bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan, birinchi globusni yaratgan olimni ko'rsating? A Xristofor Kolumb B Al-Farg’oniy C Abu Rayhon Beruniy D Mirzo Ulug’bek E Al-Xorazmiy 76. Tabiiy yoki to'la ish bilan bandlik deb - ... A friksion ishsizlikdagi holatga aytiladi B ish qidirayotganlar bilan bo’sh ish joyi teng bo’lgandagi holatga aytiladi C tuzilmaviy ishsizlikdagi holatga aytiladi D davriy ishsizlikdagi holatga aytiladi E ishsizlarning bitiruvchi-talabalar soniga teng holatga aytiladi 77. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 10-bandiga muvofiq, Davlat umumiy o'rta ta'lim maktablarida yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va Yetakchilar faoliyatiga ko'maklashishda mas'ul sifatida kim belgilandi? A maktab direktori B mahalla raisi C profilaktika inspektori D maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari E hokim yordamchisi 78. Oʻzbekistonda qaysi toifadagi fuqarolarning huquqlari ustun hisoblanadi? A oddiy fuqarolar B chet el fuqarolari C hamma fuqarolar teng huquqli D mansabdor fuqarolar 79. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matnini kim yozgan? A Erkin Vohidov B Mutal Burhonov C Muhammad Yusuf D Abdulla Oripov E Tohir Malik 80. Qaysi obida peshtoqiga "Ilm olish har bir muslim va muslima uchun ham farz, ham qarzdir" deya yozilgan? A Buxorodagi Mirzo Ulug’bek madrasasi B Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek madrasasi C Samarqanddagi Tillakori madrasasi D Buxorodagi Abdullaxon madrasasi E Xivadagi Abdurasulboy madrasasi 81. Fuqaroning toʻla muomala layoqati vujudga kelish yoshini koʻrsating. A 14 yosh B 15 yosh C 16 yosh D 17 yosh E 18 yosh 82. Oʻzbekistonda 21-may - qaysi kasb egalari kuni sifatida nishonlanadi. A Kutubxonachilar kuni B Shifokorlar kuni C Iqtisodchilar kuni D Quruvchilar kuni E Aloqachilar kuni 83. Necha nafar fuqaroning tashabbusi bilan jamoat birlashmasi tuziladi? A kamida 10 nafar B kamida 15 nafar C kamida 20 nafar D kamida 30 nafar E kamida 100 nafar 84. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 2-ilovasiga muvofiq, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi kim?! A K.K.Kuranbayev – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari B T.K.Narbayeva – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi C A.Z.Sa’dullayev – O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator D N.T.Yo’ldoshev – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori E A.N.Aripov – O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 85. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qaroriga muvofiq, faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o'zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo'layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan Yetakchilar qanday nishon bilan taqdirlanadi? A “Shuhrat” ko’krak nishoni B “Do’stlik” ko’krak nishoni C “Jasorat” ko’krak nishoni D “Yangi O’zbekiston islohotchisi” ko’krak nishoni E “Mardlik” ko’krak nishoni 86. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 22-bandida: Mahalliy byudjetlarda shakllangan qo'shimcha manbalarning qancha mablag' har chorakda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga ajratilishi belgilangan? A kamida 10 foizi miqdorida mablag’lari B kamida 15 foizi miqdorida mablag’lari C kamida 20 foizi miqdorida mablag’lari D kamida 25 foizi miqdorida mablag’lari E kamida 30 foizi miqdorida mablag’lari 87. Ochiq ma'lumotlar portali saytini ko'rsating. A my.gov.uz B data.gov.uz C id.gov.uz D ijro.gov.uz 88. "Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher." Shoir A.Oripov bu misralarida kimni nazarda tutgan? A Abdurahmon Jomiy B Amir Temur C Alisher Navoiy D Lutfiy E Zahiriddin Bobur 89. Taʼlimning qaysi bosqichlari erkin hisoblanadi? A oliy va oliy ta’limdan keying bosqichlari B o’rta maxsus va oliy ta’lim C barcha bosqichlar erkin D faqat oliy ta’lim 90. O'rta Osiyo hududidagi eng qadimgi davlat qaysi javobda berilgan? A Yunon-Baqtriya B Qadimgi Baqtriya C Yunon Parfiya D Kushon 91. Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Poyi Kalon ansambli, Minorai Kalon kabi tarixiy obidalar qaysi shaharda joylashgan? A Samarqand B Xiva C Qo’qon D Buxoro E Toshkent 92. Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi? A Ishsizlar sonining jami aholi sonidagi ulushi B Ishsizlar sonining band aholi sonidagi ulushi C Ishsizlar sonining mehnatga layoqatli aholi sonidagi ulushi D Ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi sonidagi ulushi E Ishsizlar sonining OTM bitiruvchi-talabalari sonidagi ulushi 93. Amir Temur davlat boshqaruvida qattiq suyangan bosh omil bu - ... A harbiylar va ulamolarga kata e’tibor qaratish B harbiylarga kata imtiyozlar berish C qonun-qoida va tartib intizomga asoslanish D davlatni o’z sulolasi vakillari orqali boshqarish 94. Andijon viloyati quyidagi qaysi hudud va qo'shni davlatlar bilan chegaradosh? A Namangan, Toshkent va Farg’ona viloyatlari hamda Qozog’iston bilan B Namangan, Samarqand va Farg’ona viloyatlari hamda Qirg’iziston bilan C Namangan va Farg’ona viloyatlari hamda Tojikiston bilan D Namangan va Farg’ona viloyatlari hamda Qirg’iziston bilan E Namangan va Farg’ona, Buxoro viloyatlari hamda Qirg’iziston va Tojikiston bilan 95. Oʻzbekistonda qaysi qonun hujjati oliy yuridik kuchga ega? A Prezident farmonlari B Oliy Majlis palatalari qarorlari C Oliy Majlis qonunlari D Hukumat qarorlari E Konstitutsiya 96. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nechta moddadan iborat? A 120 ta B 130 ta C 128 ta D 126 ta E 150 ta 97. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolar necha yoshdan saylash huquqiga ega boʻladilar? A 14 yoshdan B 16 yoshdan C 17 yoshdan D 18 yoshdan E 21 yoshdan 98. 2022-yil - ... A Insonni qadrlash va mahallalar yili B Faol mahalla yili D Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili E Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili D Inson manfaatlari yili 99. Futbolning vatani - ... A Hindiston B Xitoy C Ispaniya D Angliya E Braziliya 100. Turli kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhozafa qilish nima deyiladi? A Omonat B Jamg’arma C Sug’urta D Inflatsiya E Kredit 101. Yurtimizning qaysi shahrida Ma'mun akademiyasi ochilgan? A Buxoro shahrida B Samarqand shahrida C Marg’ilon shahrida D Xiva shahrida E Termiz shahrida 102. Tarixda quyidagi shaharlardan qaysi biri "Qubbatul Islom" ("Islom dinining gumbazi") degan sharafli nomga sazovor bo'lgan? A Samarqand B Qo’qon C Buxoro D Toshkent E Xiva 103. Quyidagilardan qaysi biri Vazirlar Mahkamasi - hukumat aʼzosi hisoblanadi? A Prezident B Oliy Majlis Senati Kengashi C vazirlar D prokurorlar 104. Oʻzbekiston Respublikasida ijro etuvchi oliy hokimiyat organi qaysi? A Oliy Majlis B Vazirlar Mahkamasi C Prezident D Oliy Kengash 105. Sudning hal qiluv qarori kimning nomidan chiqariladi? A Sudyaning nomidan B prokuror nomidan C O’zbekiston Respublikasi nomidan D Oliy sud nomidan 106. Sudya boʻlish uchun necha yoshdan kichik boʻlmaslik kerak? A 21 yoshdan B 25 yoshdan C 27 yoshdan D 30 yoshdan E 35 yoshdan 107. Huquqlaringiz buzilganda dastlab kimga murojaat qilasiz? A sudga B prokurorga C uchastka noziriga D advokatga 108. «Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur». Ushbu so‘zlar kimga tegishli? A Behbudiy B Avloniy C Maxtumquli D Fitrat 109. Inson ishtirokisiz mustaqil faoliyat yurituvchi dasturiy va apparatli vositalar tizimi qanday ataladi? A Kompyuter tizimi B Avtonom tizim C Avtomatik tizim D Xavfsizlik tizimi 110. O'tkir Hoshimov "Nur borki, Soya bor" asarida ularni charxpalakka qiyoslagan. Charxpalak suv tomchilarini kaftiga olib, yuqoriga olib chiqadi, ular esa aslo ortiga qaytmay o'z yo'llaridan ketadilar. Charxpalak esa ranjimaydi. CHARXPALAK kimga qiyoslangan? A Ustozlar B Ota-onalar C Haqiqiy do’stlar D Farzandlar 111. Toshkent shahri qaysi hudud va/yoki qo'shni davlatlar bilan chegaradosh? A Toshkent viloyati hamda Qozog’iston Respublikasi bilan B Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari hamda Qirg’iziston Respublikasi bilan C Namangan va Toshkent viloyatlari hamda Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikalari bilan D Faqat Toshkent viloyati bilan E Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Turkmaniston Respublikasi bilan 112. Davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan moliyaviy hujjat qanday nomlanadi? A Balansli byudjet B Buxgalteriya balansi C Davlat byudjeti D Konsolidatsiyalashgan byudjet 113. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, erkaklar va ayollarning nikoh yoshi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni belgilang. A Erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh B Erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 19 yosh C Erkaklar va ayollar uchun 17 yosh D Erkaklar va ayollar uchun 18 yosh 114. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi necha bo’lim, bob va moddadan iborat? A 6 bo’lim, 28 bob, 126 modda B 8 bo’lim, 26 bob, 126 modda C 6 bo’lim, 26 bob, 128 modda D 6 bo’lim, 28 bob, 28 modda 115. O'zbekiston Respublikasi Parlamenti qanday nomlanadi? A Oliy Kengash B Vazirlar Mahkamasi C Oliy Majlis D Xavfsizlik Kengashi 116. PQ-92-sonli qarori 1-ilovasiga ko'ra, Yetakchi tomonidan Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o'tash badalini to'liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish bo'yicha tavsiya (xulosa) kimga taqdim etiladi? A “Yoshlar daftari” jamg’armasi Vasiylik kengashiga B Mudofaa bo’limiga C Yoshlar ishlari agentligiga D Ichki ishlar bo’limiga 117. Muayyan tizimning ichki tuzulishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyat qanday nomlanadi? A Devalvatsiya B Demonstratsiya C Innovatsiya D Dekoratsiya 118. ... — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. A Kredit B Lizing C Subsidiya D Omonat 119. Oʻzbekiston Respublikasida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni kimlar amalga oshiradi? A prokurorlar B sudyalar C hokimlar D Bosh vazir va vazirlar 120. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qachon tashkil etildi? A 2017-yil 30-noyabr B 2018-yil 30-yanvar C 2020-yil 30-iyun D 2019-yil 30-noyabr 121. Qaysi me'moriy inshoot peshtoqiga "Agar bizning qudratimizga shubha qiladigan bo'lsangiz, biz qurdirgan imoratlarni ko'ring" so'zlari yozilgan? A Shohi Zinda peshtoqida B Registon majmuasida C Oqsaroy peshtoqida D Go’ri Amir peshtoqida 122. 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat? A 5 ta B 7 ta C 8 ta D 9 ta E 12 ta 123. 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo‘nalish ishlab chiqilgan? A Taraqqiyot strategiyasidan – Harakatlar strategiyasi sari B Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari C Harakatlar strategiyasidan – Inson qadrini ulug’lash sari D To’g’ri javob ko’rsatilmagan 124. UNESCO - … A BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti B BMT Ta’lim, Bilim va Madaniyat tashkiloti C BMT Bolalar jamg’armasi D Xalqaro valyuta Jamg’armasi 125. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati - bu ... Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-406-son qonuni. A yosh mutaxassis B yosh oila C yoshlar tadbirkorligi D yoshlar(yosh fuqarolar) 126. Olimlarning fikricha, industrial jamiyatdan keyin keladigan jamiyatning ancha yuqori bosqichi - bu ... A Robotlar jamiyati B Axborot jamiyati C Demokratik jamiyat D Neoliberal jamiyat 127. Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati haqida asaryozgan ijodkorlarni belgilang. A Pirimqul Qodirov, Po’lat Mo’min, Abdulla Oripov B Abdulla Oripov, Marsel Brion, Muxtor Avezov C Marsel Brion, Hakim Sattoriy, Yevgeniy Berezikov D Alisher Navoiy, Bobur, Pirimqul Qodirov 128. Ota-onalarning oʻz farzandlarini maktabda yoki kasb-hunar kollejlarida taʼlim olishiga toʻsqinlik qilishi nimaga sabab boʻladi? A ma’muriy javobgarlikka sabab bo’ladi B jinoyat hisoblanadi C ota-ona ixtiyoridagi masala D hech qanday javobgarlik keltirib chiqarmaydi 129. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni “Mehr daftari”ga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish tartibi qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi. A Xalq ta’limi vazirligi B Sog’liqni saqlash vazirligi C Milliy Gvardiya D Ichki ishlar vazirligi 130. "Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa'y-harakat qilsinlar, lekin avval o'z ona tilini ko'zlariga to'tiyo qilib, ehtirom ko'rsatsinlar. Zero, o'z ona tiliga sadoqat - bu vataniy ishdir". Ushbu hikmatli so'zlar qaysi allomaga tegishli? A Abdulla Avloniy B Abdulla Qodiriy C Is’hoqxon Ibrat D Munavvarqori Abdurashidxonov 131. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo'nalish va maqsaddan tashkil topgan? A 5 ta yo’nalish, 100 ta maqsad B 6 ta yo’nalish, 110 ta maqsad C 7 ta yo’nalish, 100ta maqsad D 7 ta yo’nalish, 110ta maqsad 131. O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi kim? A D.G. Tashmuxamedova B G.A Raximova C T.K Narbayeva D A.V Shin 132. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti qachon ta’sis etilgan? A 10-dekabr, 1992-yil B 10-iyun, 1999-yil C 8-mart, 2000-yil D 1-mart, 2003-yil 133. Hokimning asosiy faoliyatlaridan birini tanlang? A O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish B Odil sudlovni amalga oshirish C Tegishli ma’muriy hududiy birlikda Konstitutsiya va qonunlarning ijrosini ta’minlash D Sudyalar faoliyatini nazorat qilish 134. "Qonunlar to'plami" ma'nosini anglatuvchi atamani aniqlang? A Konsepsiya B Konvensiya C Kodeks D Ustav 135. O'rta asrlarda Sharq va Yevropada "Shayx ur-rais" nomi bilan mashhur bo'lgan buyuk allomani ko'rsating? A Abu Nasr Farobiy B Abu Ali ibn Sino C Imom Buxoriy D Abu Rayhon Beruniy 136. O'zbekiston Respublikasidagi eng kichik ma'muriy-hududiy birlikni belgilang. A Mahalla B Qishloqlar va ovular C Shaharcha D Tuman va shaharlar 137. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh? A Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Xitoy B Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Afg’oniston C Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Pokiston D Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’iston, Turkiya, Qirg’iziston 138. O‘zbekiston Respublikasi BMTga qachon a’zo bo‘ldi? A 1991-yil 8-dekabr B 1991-yil 4-mart C 1992-yil 2-mart D 1992-yil 8-dekabr 139. Davlatimizning oliy mukofoti bu - ... A O’zbekiston Iftixori B Do’stlik ordeni C O’zbekiston Qahramoni D Mehnat suhrati ordeni 140. Emansipatsiya deganda nimani tushunasiz? A shaxsning 18 yoshga yetgunga qadar to’liq muomala layoqatiga ega bo’lishi B shaxsning yoshidan qat’iy nazar mehnat qilishi C davlatning boshqa davlatlar bilan xalqaro aloqa o’rnatishi D davlatning boshqa davlatga qarz berishi 141. Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)lar necha nafargacha xodimlarni yollashni mumkin? (Asos: Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021y. 707-son qarori) A 3 nafar B 5 nafar C 7 nafar D 8 nafar 142. O'zbekistonda mahalla raisi (oqsoqoli) qancha muddatga saylanadi? A 2 yil B 2,5 yil C 3 yil D 5 yil 143. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning ... bo'linishi prinsipiga asoslanadi. A qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, mahalliy hokimliklar B qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, OAV C qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati D qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, prokuratura 144. "Fozil odamlar shahri" asarining muallifi kim? A Sa’diy Sheroziy B Ahmad al-Farg’oniy C Abu Nasr Farobiy D Yusuf Xos Hojib 145. Murojaat turlaridan qaysi birida qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko'rsatish to'g'risidagi iltimos bayon etiladi? A taklif B shikoyat C ariza D qaror 146. Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo'yicha eng ilg'or necha nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorida 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi? A 50 nafar B 100 nafar C 150 nafar D 200 nafar 147. Mehnat kodeksining 85-moddasiga muvofiq, Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati necha oydan oshib ketishi mumkin emas? A 15 kun B 1 oy C 3 oy D 6 oy 148. Ishlashga necha yoshdan boshlab yo'l qo'yiladi? A 18 yoshdan B 17 yoshdan C 16 yoshdan D istalgan yoshdan ishlash mumkin 149. KPI nima?! (Key Performance Indicators) A elektron daftar nusxasi B qonunosti hujjat loyihasi C kengaytirilgan yig’ilish bayoni D samaradorlikning muhim ko’rsatkichlari 150. Xorijiy mamlakatlarda yashayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquqlari qaysi tashkilot orqali himoya qilinadi deb o'ylaysiz?! A hokimliklar B o’zini-o’zi boshqarish organlari C elchixona yoki konsullik idoralari D Favqulodda vaziyatlar vazirligi 151. Mahalladagi Yoshlar yetakchisi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun tijorat banklari tomonidan qancha miqdorgacha garovsiz kredit ajratilishiga kafillik berishi mumkin. A 25 million so’mgacha B 33 million so’mgacha C 35 million so’mgacha D 40 million so’mgacha 152. Voyaga yetmagan yoshlar deganda necha yoshgacha bo'lgan yoshlar tushiniladi? A 16 yosh B 17 yosh C 18 yosh D 19 yosh 153. Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR-PINFL)ni qanday aniqlash mumkin? A Fuqarolik pasporti orqali B STIR orqali C Yashash manzili orqali D To’g’ri javob yo’q 154. STIR (INN) nima?! A So’rovnoma tahlilini identifikatsiya raqami B Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami C Statistik tahlilni ichki raqamlashtirish D Sektor tahlili va ichki raqamlashtirish 155. BHM - ... A Bank hisob raqami B Bazaviy hisoblash miqdori C Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami D Balansni hisoblash tizimi 156. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq, yoshlarga beriladigan yordam turlari qachondan (ya'ni nechinchi sanadan) boshlab Mahalladagi Yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi. A 19-yanvar 2022-yil B 21-yanvar 2022-yil C 1-mart 2022-yil D 1-fevral 2022-yil 157. Mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal tizimi - ... A mahalla – sektor – tuman – viloyat B maktab – mahalla – tuman – viloyat C mahalla – tuman – viloyat – respublika D maktab – mahalla – sektor - tuman 158. Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun - ... A 9-fevral 1441-yil B 9-aprel 1336-yil C 14-fevral 1483-yil D 14-fevral 1530-yil 159. Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy qachon tavallud topgan? A 1441-yil 14 fevral B 1501-yil 9 fevral C 1441-yil 9 fevral D 1336-yil 9 aprel 160. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra bola atamasi kimlarga nisbatan ishlatiladi. A 12 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs B 14 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs C 16 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs D 18 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan shaxs 161. Jismoniy shaxslarning murojaat etish huquqi qaysi huquqlar sirasiga kiradi? A shaxsiy B siyosiy C ommaviy D davlat ishlarini yuritish Download 72.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling