Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha


Download 49.67 Kb.
bet1/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1482450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alohida savollar


1.Mahallada yoshlar yetakchisiga ko’ra beriladigan yordam turlari
Javob: MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA PQda 1. Moddiy ahvoli qiyin yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi kompensatsiyasini qoplash uchun — har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
3. Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.
4. Mamlakatdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
5. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.
6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yangi turmush qurayotgan yosh oilalarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun tijorat banklari tomonidan 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berish.
8. Uy-joy so�ib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lashda alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi bo‘yicha tavsiya berish.
9. Sport to‘garaklarini tashkil etish uchun mahallada bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berish.
10. Ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.
11. Yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan qismi hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish.
12. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.
13. Nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish.

2.Davlat organlari faoliyatiga volontyor jalab qilish tartibi


Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida. Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Voyaga yetgan, volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlari faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishi mumkin.
Quyidagi fuqarolarning davlat organi faoliyatiga volontyor sifatida jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
muomalaga layoqati belgilangan tartibda cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
volontyor sifatida jalb etilayotgan tegishli soha bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmagan;
davlat organi xodimi — o‘zi ishlayotgan davlat organi faoliyatida (korporativ volontyorlik bundan mustasno);
o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek, qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan;
jinoiy jazoni o‘tayotgan;
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsoni mavjud bo‘lgan;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar;
diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari.

3.92-soni qarorga muvofiq umumiy o’rta ta’lim maktablarida idoralararo hamkorlik va yetakchilar faoliyatiga ko’maklashishda ma’sul sifatida kim belgilangan


Javob: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI: MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. 10-band: Davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorga (direktor o‘rinbosariga) birinchi prorektor (direktorning birinchi o‘rinbosari) maqomi berilsin.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va Yetakchilar faoliyatiga ko‘maklashish uchun mas’ul deb hisoblansin.

4.Konstitutsiyaga muvofiq shaxsiy huquq va burchlaringizni sanab bering


Javob: IKKINChI BO‘LIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURChLARI. V-XI boblarni o’z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Siyosiy huquq va erkinliklar fuqarolarga mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish imkonini beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov huquqi, qonunlarga muvofiq, jamoat birlashmalariga uyushish, mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar oʻtkazish, axborot erkinligi, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, ariza, taklif va shikoyatlar berish orqali davlat organlari, muassasalar yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi kabilarni oʻz ichiga oladi.
VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar: 25-modda.
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.
26-modda.
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
27-modda.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
XI bob. Fuqarolarning burchlari
59-modda.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
60-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
61-modda.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
62-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
64-modda.
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling