Ii bob. Madaniy o simliklarni kelib chiqishi va kelib chiqishi
Download 389.57 Kb.
|
Madaniy oʻsimliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. MADANIY O”SIMLIKLARNI KELIB CHIQISHI VA KELIB CHIQISHI 2.1. Madaniy o’simliklar haqida umuiy ma’lumot 2.2. Dunyo madaniy o`simliklari va ularning kelib chiqishi
MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISHI Reja: Kirish I BOB. O`SIMLIKLAR HAQIDA UMUMIY MALUMOT O`simliklar olami to`g`risida umumiy tushuncha O’simliklar sistematikasi O’simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi o’rni. II BOB. MADANIY O”SIMLIKLARNI KELIB CHIQISHI VA KELIB CHIQISHI 2.1. Madaniy o’simliklar haqida umuiy ma’lumot 2.2. Dunyo madaniy o`simliklari va ularning kelib chiqishi 2.3. O’zbekiston respublikasidagi madaniy o’simliklar turlari va ularni kelib chiqishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirishi Dunyo bo’yicha er sharida 500 mingga yaqin o’simlik turlari mavjud bo’lib, shulardan 20 mingdan ziyodi insonlar tomonidan ekib o’stirilgan ekinlardir. Shulardan eng ko’p ahamiyatga ega bo’lganlari 640 ta bo’lib, shundan 90 tasi dala ekinlari turiga kiradi. Qishloq xo’jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi bu sohadagi mutaxassislardan chuqur va har tomonlama puxta bilimga ega bo’lishni talab qiladi. O’simlikshunoslik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilik uchun em-xashak va engil sanoat uchun xom-ashyo etishtirib beradi. Sayyoramizdagi o’simliklarning xilma-xil bo’lishi, ma’lum joylarda hayot kechirishi va tashqi muhit omillariga moslashishi har qaysi o’simlikning tarixiy rivojlanishida-evolyutsiyasida vujudga kelgan. Demak, har qanday o’simlik turi o’z tarixiy evolyutsiyasida uni o’rab olgan tashqi muhit omillarini singdirib, asta-sekinlik va izchillik bilan sharoitga moslashadi. Uning yosh avlodlari ham kelajakda o’zining o’sishi va rivojlanishida xuddi shunday sharoitni talab etadi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar paleontologik dalillar asosida to’la tasdiqlandi va tasdiqlanmoqda. Masalan, Paleozoy erasining Silur davrida keng rivojlangan psilofitlar Devon davrida sharoitning o’zgarishidan yo’qolib ketgan. Ular o’rniga yangi sharoitga moslashgan daraxtsimon paporotniklar, moxlar va zamburug’lar rivojlangan. Mezozoy erasining Perm davrida esa daraxtsimon paporotniklar o’rniga ochiq urug’li o’simliklar, Qaynazoy erasining Neogen davrida hozirgi zamon yopiq urug’li daraxtlar, butalar va o’t o’simliklar er yuzini egallab olgan. Oldingi davrlardan saqlanib qolgan va o’zgargan sharoitga moslashgan o’simlik turlari kamdan-kam uchraydi. Er yuzidagi tirik mavjudotlarning rivojlanishida o’simliklarning roli juda muhimdir. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni olish maqsadida parvarish etiladigan o’simliklarning turi ikki mingga borib qoladi. Shu jumladan, g’alla, poliz va mevali o’simliklardan oziq sifatida foydalanilsa, g’o’za, zig’ir, kanop va boshqa o’simliklardan olingan mahsulotlardan to’qimachilikda, texnikada va qurilish materiallari sifatida xalq xo’jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi. Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha, hozirda ekilayotgan deyarli barcha madaniy o’simliklar bizning eramizdan bir necha ming yillar ilgari xonakilashtirilgan. Bunday o’simliklar qatoriga bug’doy, arpa, paxta, sholi va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Bizning eramizda esa dehqonchilikka lavlagi, kauchuk olinuvchi xeveya va dori darmon beruvchi xinin daraxti va boshqa o’simliklar kiritildi. Shuni ham eslatib o’tish kerakki, hozir inson tomonidan foydalanib kelingan ba’zi bir madaniy o’simliklarning, chunonchi, qovoq, makkajo’xori, kunjut, banan va boshqalarning qaerda, qanday qilib dehqonchilikka kiritilganligi bizga noma’lum. Eng qizig’i shundaki, ba’zi bir turlarga boy o’simlik turkumlaridan dehqonchilikka jami bo’lib, bir yoki ikkita turi jalb etilgan. Jumladan, 200 turdan tashkil topgan zig’ir turkumidan dehqonchilikka bir tur, 70 turdan ziyodroq kungaboqardan ikkita, 400 turdan oshiqroq batat yoki shirin kartoshka turkumidan atigi bir turigina xonakilashtirilgan. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra Old Osiyo va O’rta Osiyo, jumladan Turkmaniston territoriyasida bug’doy eramizdan 6000-7500 yillar, arpa 7500-8000 yillar ilgari ham ekib kelingan ekan. Eng so’nggi arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, qadimiy arpa doni Misrda topilgan, uni bundan 17000 yillar ilgari Nil daryosi havzasida etishtirilganligi aniqlangan. Qadimiy odamlar tabiatdan yig’ib olgan yoki o’zlari etishtirgan donni xom holida iste’mol qilganlar keyinroq, dondan yorma, un qilishni o’rganganlar. Birinchi non ham 15-16 ming yillar ilgari qadimiy Misrda yopilgan. O’simlikshunoslikning rivojiga hissa qo’shgan olimlardan N.I.Vavilov va uning shogirdlari 1923-1940 yillar davomida jahonninng 65 mamlakatiga 18 ta ekspeditsiya uyushtirdilar va buning natijasida ular 250 mingdan ziyodroq o’simlik namunalarini yig’ib keldilar. Shulardan 36 mingtasi bug’doy, 10 mingdan ziyodrog’i makkajo’xori, 20 mingga yaqini dukkakli don ekinlari, 23200 tasi em-xashak, 18 mingga yaqini sabzavot, 12600 dan ziyodrog’i mevali o’simliklarga tegishlidir. Hozirda bu qimmatbaho fond Sankt-Peterburgdagi N.I.Vavilov nomidagi o’simlikshunoslik institutida saqlanmoqda. Mana shunday keng miqyosdagi izlanishlar va to’plagan materiallarni morfobiologik, geografik va genetik tomonlaridan tekshirish natijasida N.I.Vavilov madaniy o’simliklarni birlamchi va ikkilamchi kelib chiqish markazlarini aniqlab berdi. Dunyo dehqonchiligida katta maydonlarga g’alla ekinlari ekiladi-ular butun ekin maydonini 70% ini egallaydi. G’alla ekinlarining o’rtacha hosildorligi 19,5 ts ga ni tashkil etadi. O’zbekistonda qadimdan bug’doy, arpa, beda, tariq, jo’xori va boshqa ekinlar ekib kelinadi. Respublikamiz dehqonchiligida g’o’za 1,5 mln.gektar erga, donli ekinlar sug’oriladigan erlarda 1 mln., lalmikor erlarda esa 300 ming ga erga ekilmoqda. Download 389.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling