Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha


Sh Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta islohatini sanab bering


Download 49.67 Kb.
bet5/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1482450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alohida savollar

20.Sh Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 10 ta islohatini sanab bering
1. Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi
2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi
3. Davlat xizmatlari tizimining rivojlantirilishi, Davlat xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi, ortiqcha byurokratiyaga barham berilishi
4. Turizmni rivojlantirish doirasida 90 mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit rejimi joriy etilishi
5. Inson huquqlari kafolatlarining kuchaytirilishi, majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatining tugatilishi
6. Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizimning joriy etilishi
7. Media muhitning kengaytirilishi: OAVlarning jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlar qabul qilinishidagi rolining oshirilishi
8. Gender siyosatini yangi bosqichga olib chiqilganligi, xususan Respublika Gender komissiyasining tashkil etilishi
9. Oliy ta’lim tizimining rivojlantirilishi: universitetlarga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy OTMlar filiallarining ochilishi
10. Tadbirkorlik muhiti yaxshilanishi, xususan biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilishi
11. Kambag‘allikni rasmiy darajada tan olinganligi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllanishi
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlarning amalga oshirilishi
13. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilishi
14. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibining joriy etilishi
15. Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo qilinishi. BMT qoshida Orol dengizi mintaqasida Inson xavfsizligi bo‘yicha Trast fondining ishga tushirilishi, BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyaning qabul qilinishi

21.”Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan va nechta moddadan iborat


14.09.2016-yilda qabul qilingan. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan. 4 bob, 33 moddadan iborat.

22.O’zbekistonda qaysi qonun oliy yuridik kuchga ega


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
23.VMninig 2021-yil 209-sonli qaroriga muvofiq nechta xalqaro imtixon tizimlarining imtixon topshish xarajatlari qoplab beriladi
18 ta
24.”Besh tashabbus” olimpiadasi musobaqalari va tadbirlari to’g’risida ma’lumot bering
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
25.”Bir million dasturchi” loyihasining Veb manzilini ayting
https://uzbekcoders.uz/
26.JSHSHR nima va uning ahamiyatini aytib bering
JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi (o‘ta kamdan-kam uchraydigan hollar bundan mustasno).
27.Mamlakatimizda qaysi xalqaro oliy ta’lim muassasalarini bilasiz
Toshkent Xalqaro Westminster universiteti, Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali, G.V.Plexanov nomidagi Rosiiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali, Singapur menedjmentni rivojlantirish institutining Toshkentdagi filiali, Turin politexnika universiteti Toshkentdagi filiali, Inha universiteti Toshkentdagi filiali

28.Amir Temur davlat boshqaruvda suyangan bosh omil


Adolat
29.”Ijtimoiy yagona restori”axborot tizimi nima
18 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladi.


2021-yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2022-yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni yoki hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
30.Mahallada o’tkazilayotgan besh bosqichli ommavi sport musobaqalarini sanab bering
“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Xususan, oilaviy sport ragʻbatlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.
— 1-bosqichda – koʻchalararo mahalla musobaqalari;
— 2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
— 3-bosqichda – sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
— 4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
— 5-bosqichda – viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi.
2023-yil 1-martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Yuqoridagi musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:
— tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
— viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
— respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
31.”Yoshlarga oid davlat siyosati”to’g’risidagi qonunga asasan yoshlar…
O‘zbekiston Respublikasining qonuni: Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan. 1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;
32.Jadichilik harakati va ularning asosiy maqsadi haqida nimani bilasiz
Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

33.Ijtimoiy,iqtisodiy,huquqiy,psixologik qo’llab-quvatlashga,bilim va kasb o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan,ishsiz yoshlarning muommolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo;yicha ma’lumotlar bazasi qanday nomlanadi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. “Yoshlar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish tizimi;
34.”Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar qanday hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi
Yoshlar quyidagi hollarda “Yoshlar daftari”dan chiqariladi:
ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tegishli toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilganligi bundan mustasno);
bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;
to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
o‘z arizasiga ko‘ra;
“Yoshlar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning “Yoshlar dasturi”ga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilgunga qadar ularni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ish beruvchi tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovi hisoblanganda hamda ushbu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining markazlashtirilgan axborot bazasida va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan taqdirda, ish bilan bandligi ta’minlangan deb hisoblanadi hamda “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan “Yoshlar daftari”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yoshlar yetakchilari mazkur Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlarga asosan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga elektron platforma orqali tavsiya beradi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”dan chiqarish tavsiya etilayotgan yoshlarni besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha o‘rganib, haqiqatda chiqarish yoki rad etishni elektron platformada belgilaydi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar Nizomning 90-bandida ko‘rsatilgan holatlardan boshqa sabablar bilan “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan taqdirda, amaliy yordam berish uchun “Yoshlar daftari”ga qayta kiritiladi.
“Yoshlar daftari”dan chiqarilayotgan yoshlar bir kun ichida bu haqida xabardor qilinadi.
35.Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz
36.Oliy Majlis palatalari qanday nomlanadi
Yuqori palata Senat va quyi palata Qonun chiqaruvchi
37.O’zbekiston qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT).

1.

BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNO

2.

YUNIDO

Sanoatni rivojlanishi bo‘yicha BMT tashkiloti

3.

ESKATO

Osiyo va Tinch okeani uchun BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi

4.

YUNSITRAL

Xalqaro tijorat huquqi bo‘yicha BMT komissiyasi

5.

PROON

BMT ning rivojlanish dasturi

6.

YUNESKO

BMT ning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti

7.

YUNKTAD

Tijorat va rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi

8.

ESE

BMT ning Evropa uchun iqtisodiy komissiyasi

9.

VOIS

Intellektual xususiylik bo‘yicha umumjahon tashkiloti

10.

VOZ

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

11.

MOT

Xalqaro mehnat tashkiloti

12.

IKAO

Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti

13.

VPS

Jahon pochta ittifoqi

14.

MSE

Xalqaro elektroaloqa ittifoqi

15.

MTS

Xalqaro tijorat markazi

16.

MBRR

Jahon qayta tiklash va rivojlanish banki

17.

MFK

Xalqaro moliya korporatsiyasi

18.

MAR

Xalqaro rivojlanish korporatsiyasi

19.

MATI

Investitsiyalarni garantiyalash bo‘yicha ko‘ptomonlama agentlik

20.

MVF

Xalqaro valyuta fondi

21.

OBSE

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilot

22.

EBRR

Qayta tiklash va taraqqiyot Evropa banki

23.

EEX

Yevropa energetika partiyasi

24.

ABR

Osiyo taraqqiyot banki

25.

VTO

Jahon bojxona tashkiloti

26.

IBR

Islom taraqqiyot banki

27.

OES

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

28.

OIK

Islom konferensiyasi tashkiloti

29.

MKKX

Paxta bo‘yicha halqaro konsultativ qo‘mita

30.

MAGATE

Atom energiyasi bo‘yicha halqaro agentlik

31.

IOE

Epizotiya bo‘yicha xalqaro byuro

32.

INTELSET

Yo‘ldoshli aloqa bo‘yicha xalqaro tashkilot

33.

IEV

Ko‘rgazmali xalqaro byurosi

34.

IS0

Standartlash bo‘yicha xalqaro tashkilot

35.

VTO

Xalqaro turistik tashkilot

36.

0ISA

Avto ishlab chiqaruvchilarning xalqaro Assotsiatsiyasi

37.

FAO

Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi tashkiloti

38.VMning 312- sonli qarorini mazmunini sharhlab bering


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YOSHLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risida NIZOM tasdiqlandi. 1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi), shuningdek, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar daftari” jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) tashkil etish, ularning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladi.
3. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik boshqarmalarida, shuningdek, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasining mablag‘lari tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlarida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.

39.”Yoshlarga oid davlat siyosati” to’g’risidagi qonunga asosan necha yoshdan necha yoshgacha yoshlar hisoblanadi



Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling