Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha


VMning 312-sonli qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogirinligi bo’lgan yoshlarga qanday imtiyozlar belgilangan


Download 49.67 Kb.
bet4/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1482450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alohida savollar

10.VMning 312-sonli qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogirinligi bo’lgan yoshlarga qanday imtiyozlar belgilangan
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga 2-ILOVA. “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida NIZOM: “Yoshlar daftari”ni shakllantirish
4. “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi:
oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan yoshlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
11.Ta’lim to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TA’LIM TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.
12.Mehnat kodeksida 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan yoshlarga ish vaqti haftasiga nechi soat
16 dan 18 yoshgacha boʻlganlarga – haftasiga 36 soatdan;
15 dan 16 yoshgacha boʻlganlarga – haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilangan
13.Oliy Majlis senatining necha nafari Prezident tomonidan tayinlanadi
Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
14.O’zbekistonda qaysi toifadagi fuqarolarning huquqlari ustun hisoblanadi
Xomiladorlar, nogironlar, ayollar, yoshlar
15.Yoshlar ishlari agentligi tomonida amalga oshirilayotgan qanday tanlov va loyihalarni bilasiz
Ta’lim doirasida: Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan loyiha, “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi, Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari, "Yosh kitobxon" tanlovi, «Masofaviy ta’lim» loyihasi – yoshlarga masofadan turib, qulay, sifatli va bepul ta’lim beradigan, raqamli ta'lim platformasi.
Ijtimoiy loyihalar: “Design Club Uzbekistan” (Design Club Uzbekistan) loyihasi grafik va veb dizayn sohasini rivojlantirish, O‘zbekistonda grafik dizayn sohasi vakillaridan iborat “community”ni shakllantirish, “Marketing Uz” loyihasi biznes egalari yoki o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun bozorni o‘rganish, biznesda marketingni o‘rni haqida tajribali marketologlar yaratiladi, “Modul 5” yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslari, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda turtki bo‘lishdan iborat.
16.O’zbekiston BMTga qachon a’zo bo’lgan va u bilan qaysi yo’nalishlarda hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston 1992 yilning 2 martida BMT a‘zosi bo‘lgandi. Toshkentda 1993 yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Aholishunoslik jamg‘armasi (BMTAJ), Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMTGMJB), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (BMTMOPDMM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda “BMT oilasi”ni tashkil qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) va Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMTEIK) ham BMT faoliyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, Jahon banki BMTning mustaqil ixtisoslashgan organi sifatida tuzilmaning mamlakatimizdagi ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
17.1 milion dasturchi loyihasi haqida ma’lumot bering
Bir million oʻzbek dasturchilari — Oʻzbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash boʻyicha loyiha boʻlib, loyihada toʻrtta yoʻnalish boʻyicha bepul onlayn kurslar tashkil etilgan.[1] Onlayn kurslar Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya koʻmagida tashkil etilgan. 2019-yilning 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Katta Majlislar Zalida "Bir Million O'zbek Dasturchilari" loyihasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi. Loyiha maqsadi, o'zbek tilidagi onlayn platforma kurslari orqali o'zbek yoshlariga axborot texnologiyalarini o'rgatish, yosh dasturchilar yetishtirishdir. Onlayn platformada 4 ta'lim yo'nalishi bo'yicha kurslar tashkil etiladi, bular: Android dasturlash; Full-Stack Development; Frontend Development; Ma'lumotlar tahlili.
18.Amir Temur bobomiz qaysi shiorga amal qilib kelgan va “Tuzuklar”kitobida nimalarni bayon qolgan
Kuch adolatda shoiriga amal qilib kelgan
19.Yangi O’zbekiston va Uchunchi ressans bo’yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuriting “Yangi O’zbekiston Strategiyasi kitobining muallifi kim
“5 tashabbus loyiha ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tegishli loyihalar, jumladan, “Sport karvoni”, “Bir million dasturchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda. Turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yigit-qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etildi. Oʻtgan vaqt davomida 113 nafar yosh “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan, 75 nafari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. yoshlarning chuqur bilim olishini taʼminlash maqsadida oʻtgan yillarda 98 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etildi. Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» kitobi 2021-yil sentabr oyida chop etildi.

Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling