Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha


Download 49.67 Kb.
bet6/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1482450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alohida savollar

yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;
40.Yunisef qanday tashkilot
BMT Bolalar Fondi (YuNISEF),
Birlashgan Millatlar tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) O‘zbekiston xalqi va hukumati bilan hamkorligining 20 yilligi munosabati bilan o‘zining uch tildagi saytini taqdim etadi. Mazkur yilda yana bir yubiley — BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilganining 25 yilligi nishonlanadi. Bugungi kunda konvensiya dunyo miqyosida eng ko‘p mamlakatlar qo‘shilgan xalqaro hujjat bo‘lib hisoblanadi. 192 mamlakat hukumatlari, xususan qiyin ahvolda qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyatini olgan.

UzDaily xabar berishicha, yangi www.unicef.uz saytida o‘zbek, ingliz va rus tillarida axborot berilgan bo‘lib, u foydalanuvchilarning ehtiyojlariga javob beradi. Interfeysning umumiy ko‘rinishi va dizayni sodda bo‘lgan holda, uning navigatsiya, ma’lumot izlash va ishlatish funksiyalari juda osondir.



Sayt tuzilmasi nafaqat mutaxassislar va Internetning faol foydalanuvchilari uchun, balki bolalar, katta yoshdagilar hamda kompyuterdan foydalanishni endi o‘rganayotganlar uchun qulay qilib yaratilgan. Shuningdek axborot texnologiyalarini bilish imkoniyatlari keng bo‘lmagan qishloq aholisining imkoniyatilari ham e’tiborga olingan. YUNISEFning mahalliy sayti portal bo‘lib, bolalar, o‘smirlar, ota-onalar, mutaxassislar, shuningdek qarorlar qabul qiluvchi rasmiy shaxslar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan axborotga ega. O‘zbekistondagi bolalar vaziyatining sharhi hamda YUNISEFning hamkorlar bilan birgalikda bola huquqlarini ilgari surishga va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlari to‘g‘risida saytda ma’lumot berilgan. Shuningdek turli nashrlar va multimedia materiallari to‘plami, asosiy hamkor tashkilotlar ro‘yxati taqdim etilgan. Ota-onalar bola tarbiyasidagi eng ilg‘or tajriba bilan tanishishlari, bolalar va o‘smirlar esa o‘z huquqlari va majburiyatlarini yanada yaxshi o‘rganishlari mumkin. Sayt ularni yashash joylaridagi jamoat tadbirlarida ishtirok etishga rag‘batlantiradi. “Bolalar va oilalarning imkoniyatlarini kengaytirish YUNISEFning dunyo miqyosidagi, xususan O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, — dedi YUNISEFning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich. — Qimmatli resurslar va axborotni taqdim etish orqali bizning yangi saytimiz ana shu maqsadga erishishga ko‘mak beradi”.
Maqsad va vazifalar
UNICEF O‘zbekistonda 1994 yildan buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyat yuritish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi UNICEFga tegishli mandat (vakolat) taqdim etgan. Hamkorlik dasturini amalga oshirish orqali UNICEF bolalar va ularning oilalarining huquqlari va farovonligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda O‘zbekiston hukumatiga respublika va mahalliy darajalarda yordam berib kelmoqda. Ushbu ezgu amaliyotlar jamoat tashkilotlari, parlament, jamiyat, yoshlar, ommaviy axborot vositalari hamda rivojlanish bo‘yicha ko‘p tomonlama va ikki tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan va 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan Mamlakatlararo hamkorlik dasturi milliy ustuvorliklar va Ming yillik rivojlanish maqsadlariga (MRM) javob beradi.
41.Pqning 92-sonli qaroriga muvofiq 1-ilovasi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o’tash badalini qancha qismi qoplab beriladi
PQ 92-sonli qarori 1-ilovasi 5-bandiga ko’ra “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish.” Belgilangan.
42.Vatanimiz bayrog’ini Jahon arenalarida baland ko’targan buxorolik sportchilar haqida ma’lumot bering
Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Mirzobek Rahmatov musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha, Jahongirmirzo Turobov ham erkin kurash.
43.Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo’lga qo’yilgan “Wiki-stependiya” marafoni haqida nimalarni bilasiz
Yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qiladi. Bundan asosiy maqsad internet tarmog'ida o'zbek tilidagi foydali ma'lumotlarni ko'paytirishdan iboratdir. G'oliblar: 1-o'rin 50 mln so'm, 2-o'rin 40 mln so'm, 3-o'rin 30 mln so'm pul mukofotlari bilan, bundan tashqari, eng faol beshtalikning har biri 20 mln so'm, eng faol o'ntalikning har biri esa 10 mln so'mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi. Marafon shu yilning 20-mayidan 20-dekabriga qadar o'tkaziladi.

44.Elektron raqamli imzo nima va uning ahamiyatini aytib bering


Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak?
Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha?
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin.
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishingiz zarur.
Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi? ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak) Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin? Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda: Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi; Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti; Davlat bojxona qo‘mitasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi; Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi; Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin? Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham topshiriladi. Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish” xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu havolaga kirib, shu yerdan xizmat ko‘rsatuvchini tanlang.

45.”Yosh oila” deganda qanday oila nazarda tutiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi farmonda ayni masalaga oydinlik kiritilgan.

Yosh oilalar — "Kamolot"ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq "Kamolot"ning ko‘p kvartirali uylaridan ipoteka krediti asosida kvartiralarni sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak yoki ayol.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA. Shunda yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol); deya ta’rif berilgan.
46.Abdulla Avloniy bobomizning asarlari va tarbiyaga oid aytgan fikirlari
«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy Guliston yoki axloq» (1913), «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To‘y», «S’ezd», «Layli va Majnun», «O‘liklar» kabi dramatik asarlar. Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Degan.

47.Yoshlarga oid davlat siyosatini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organ va muassasalar qaysilar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA. 9-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimi
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;

Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling