Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha


Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallada ma’naviyat va kitobxonlikni targ’ib qilish borasida qanday loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda


Download 49.67 Kb.
bet3/9
Sana15.06.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1482450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alohida savollar

7.Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallada ma’naviyat va kitobxonlikni targ’ib qilish borasida qanday loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda
Javob: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 2020 — 2025-YILLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH MILLIY DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA. Birinchi marta 2019-yil 2 — 4-oktabr kunlari mamlakatimizda ixtisoslashgan “Tashkent book fest — 2019” I Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilib, unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining 20 ga yaqin va 30 dan ortiq mahalliy nashriyotlar, 15 ming nafardan ortiq soha mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
“Ma’rifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitob yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomda 590 ming ta badiiy adabiyot chop etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi bilan 2017 — 2019-yillar davomida 2 mln 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 9 nafar tanlov g‘oliblari bo‘lgan yosh kitobxonlar Prezident sovg‘asi “Spark” avtomashinasi sovrindori bo‘ldi.
30-iyun yoshlar kuni arafasida Andijon viloyati “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini Respublika bosqichi bo’lib o’tadi.
8. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi Vasiylik Kengashiga kim rahbarlik qiladi
Javob: O‘Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq tarkibda Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tuziladi.
Vasiylik kengashi tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi hisoblanadi.
9.Pezidentning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat”intelektuval o’yini mazmunini sharhlab bering
Javob: O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori: “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida. Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida:
1. “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni (keyingi o‘rinlarda — intellektual o‘yinlar) tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
yoshlarning intellektual rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar o‘tkazish;
yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;
intellektual o‘yinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual o‘yinlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
3. “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Intellektual o‘yinlarni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ushbu o‘yinlarni ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, milliy intellektual o‘yinlarni shakllantirish, ularni ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Belgilansinki, Tashkiliy qo‘mita majlislarida qabul qilingan qarorlar vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling