О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri
Download 0.84 Mb.
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik turli yo`nalish va shakllarda uzoq vaqt davomida amalga oshirilib kelinmoqda. Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining turli ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir o`tkazmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi, yangi mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z navbatida, insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyoj-larini qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi. Jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlari-ning oshishi, tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi. Ushbu holat o`z navbatida tabiatga jamiyat tomonidan bo`ladigan ta'sirlarning bir necha barobar ko`payishiga sabab bo`ldi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-fanning taraqqiy etishi o`z navbatida insonning turli ehtiyojlarini qondirishga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat qildi. Albatta, yangi texnologik jarayon ish unumdorligi, iqtisodiy daromadni ko`paytirishi bilan bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishga, shuningdek tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatning shunday yo`lga qo`yilishi kerakki o`zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs, ekologik tizimlar holati va aholining sog`ligi, hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj-larining darajasiga bo`ladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga olib kelinishi zarurdir. Muhim tabiiy resurslar hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralarning inson, jamiyat hayotida tutgan o`rni beqiyosdir. Shuning uchun har qanday jamiyatda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish, tabiat zahiralarini kelajak avlodga meros qilib qoldirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Tarixga nazar solib, fikr qiladigan bo`lsak tabiat-jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar jamiyat hayotining turli bosqichlarida turlicha shakllarda olib borilgan, har bir tarixiy rivoj-lanish bosqichida turli foydalanish va ularni muhofaza qilishning qoida-talablari joriy etilib kelingan. Demak, jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi va atmosfera havosidan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan ijtimoiy munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinib, tabiat-jamiyat tizimida muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy chora-tadbirlar tizimi va ularning ta'sir doirasi har bir tarixiy bosqichda mavjud ilm, fan va texnika rivojlanishi hamda atrof tabiiy muhit holatining darajasiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham XX asrda amalga oshirilgan fan-texnika revolutsiyasi natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obektlari o`z navbatida tabiatga bo`lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi. Ushub holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini o`rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga zaruriyat yaratdi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling