О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
Download 0.84 Mb.
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining ekologik xavfsizligini taminlash
- Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib, ularning ko`lami ortib bormoqda.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda, jamiyat a'zolari-ning o`z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o`zlashtirishi tushuniladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tizimi - jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, atmosfera havosi, o`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qaratil-gan ilmiy jihatdan asoslangan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjat-lari qoida-talablari asosida tartibga solinadi. Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq umummajburiy qonun-chilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy – ekolo-gik munosabatlarni tartibga soladi. Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, ya'ni yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish keng va muhim o`rinni egallaydi. Chunki, juda qadimdan inson tabiatdan foydala-nib kelmoqda va tabiiy resurslardan foydalanishning miqdori, muddati va tartibi har bir davlatda qat'iy ravishda belgilanib, tobora rivojlanib bormoq-da. Chunki, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida tabiatda turli ekologik muammolar paydo bo`lishi va ekologik inqirozning keskin-lashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunla-ridan boshlab, tabiiy resurslardan faqat ilmiy jihatdan asoslangan, ya'ni oqilona foydalanish chora-tadbirlar tizimi orqali amalga oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash - antropogen ta'sirlar natijsida paydo bo`ladigan ekologiya vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muhitni saqlash, aholining hayoti va sog`ligiga ta'sir ko`rsatuvchi ekologik xavfli va zararli ta'sirlarni oldini olish bilan bog`liq keng qamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat. Ekologik xavfsizlik bilan bog`liq muammolar va ularni bartaraf etish bilan bog`liq chora-tadbirlar 1980-1985-yillarda namoyon bo`lib, amalga oshirib kelinmoqda. Ekologik xavfsizlik o`n yillar davomida respublikamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida-talablariga muntazam amal qilmaslik sharoitida xalq xo`jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keldi. Demak, yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot, o`simlik dunyosi va atmosfera havosini muhofaza qilish va foydalanish kabi davlat ekologik siyosatining ikki muhim yo`nalishlaridagi qoida-talablarini ta'minlamaslik o`z navbatida, tabiat-jamiyat tizimida yangi yo`nalishi hisoblangan aholi-ning ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog`liq huquqiy munosabat-larni paydo bo`lishga sabab bo`ladi. Ekologik xavfsizlik - tabiat-jamiyat tizimining barqaror holati bo`lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti va inson sog`ligiga xavfli ta'silarni oldini olish va bartaraf etish tizimini ko`zda tutadi. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi - atrof tabiiy muhit barqarorligi, aholining sog`ligiga xavfli ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi: - ekologik xavfli hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqlash; - eklogiya ekspertizasini joriy etish; - ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish obektlarini passport-lashtirish; - xavfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish; -tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish; - aholining ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish; - aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida tavsiflangan ekologik huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yo`nalishlarni tashkil etadi. Ekologiya huquqi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan ekologik huquqiy munosabatlarning birligi va yaxlitligi asosida namoyon bo`ladi. Ma'lumki, har bir fan shu jumladan huquq sohasi o`ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o`rganish va tartibga solish nazariy-amaliy qoida-talablar tizimiga ega bo`lib, ushbu fanning predmetini tashkil etadi. Ekologiya huquqi huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish va tartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir. Ekologiya huquqining predmeti - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavf-sizligini ta'minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir. Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib, ularning ko`lami ortib bormoqda. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Ekologizatsiyalashtirish 2. Ma'muriy-huquqiy 3. Fuqaroviy-huquqiy Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustivorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling