О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o`rganuvchi fandir
Download 0.84 Mb.
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya – murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizm-larning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlarini o`rganuvchi fandir.
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o`rganuvchi fandir.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o`z o`rni va salohiyatiga ega bo`lgan alohida yo`nalish va xususiyatlarga ega bo`lgan huquq sohasi hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki har bir huquq sohasining mohiyati tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog`liq bo`ladi. Shu jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Hammamizga ma'lumki, davlat va huquq nazariyasiga asosan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va ishtiroki darajasi doirasi nuqtai nazaridan mustaqil va kompleks (majmua-lashgan yoki keng qamrovli, keng tarmoqli) huquq sohalariga bo`linishi mumkin. Mustaqil huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni asosan o`zining kuchi, imkoniyatlari darajasida tartibga soladi. Masalan, ma'muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqalar. Keng qamrovli (kompleks) ahamiyatga ega bo`lgan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy qoida-talablari va tamoyillardan foydalanadi. Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik umummajburiy ahamiyatga ega bo`lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammo-larni hal qilish, ularning huquqiy tartibotini ta'minlashda o`zaro bog`liq bo`lgan huquqning boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydala-nadi. Chunki, ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko`lami kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo`lgan barcha vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solishi mumkin. Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo`jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi. Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo bo`-ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko`p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va tartibga soli-nayotgan munosabatlarning ko`lamiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi. Shu jumladan ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimi-ning alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib, huquqning umum e'tirof etilgan tamoyil, shakl va qoida-lardan foydalanib, rivojlanib bormoqda. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga solayotgan ijtimoiy munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik tizim va komponentlarga ta'sir etish, ya'ni holatining yomonlashishi, miqdori-ning kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlarning yo`qolib ketishi va hokazolar kabi jarayonlarda paydo bo`ladi. Hammamizga ma'lumki, inson tabiat mahsuli, uning bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy etib boradi. Bir so`z bilan aytganda “Tabiat-jamiyat” tizimida tabiat beqiyos darajada ustun huquqqa, ko`lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham jamiyat o`z taraqqiyotiga erish-moqchi bo`lsa, albatta tabiatning muqaddas, ustuvor qonuniyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o`z hatti-harakatlarini moslashtirishi va eng muhimi o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq harakat yo`nalishlari tabiatning holatiga bog`lab rivojlantirishi lozim bo`ladi. Ko`rib turibmizki, ekologik huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarning ustuvor-ligi o`z navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi, ajralib turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiat qonuniyatlarini ustunligini ta'minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida shakl-langan ekologik umummajburiy tamoyil, qoida-talablarning ijtimoiy muno-sabatlarini tartibga solishda qo`llash; uchinchidan, ekologik munosabat-larni tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, ma'muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik, xo`jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan foydalanish va to`r-tinchidan, ekologik muammolarni hal qilishda jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng safarbar qilish bilan belgilanadi. Ekologiya huquqi murakkab ta'limot tizimiga ega bo`lib, tabiat qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o`zaro moslashishi, muvofiqlashi-shi natijasida shakllanadi, rivojlanyapti va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda bo`ladigan o`zgarishlar, voqea-xodisalar bilan bog`liq nazariy ta'limot va bilimlar o`z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o`rganish o`z navbatida jamiyatning tabiat bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtiradi, har bir davlat ekologik siyosatini yo`nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda tabiat qonunlarini o`rganish tabiiy resurslarning rivojlanishi, o`zaro bog`liqligini darajasi ekologik tizimdagi muayyan tabiiy resurs, tur va komponentlar sifat va miqdoriy o`zgarishlari, ularga bo`ladigan ta'sir doiralarini aniqlash yoki bir so`z bilan aytganda tabiat ilmini o`rganishda tabiiy fanlar tizimida o`z yo`nalishi, xususiyatlariga ega bo`lgan ekologiya fani tobora rivojlanib bormoqda. Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lsak, avva-lambor “Ekologiya fani” haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo`ladi. Ekologiya – murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizm-larning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlarini o`rganuvchi fandir. 1866-yilda nemis biologi o`z ilmiy asarida birinchi bo`lib “Ekolo-giya” atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o`zaro va ularning yashash muhiti bilan bog`liqligini o`rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi. Ekologiya atamasi yunoncha “oikos” – turar joy, yashash muhiti, uy, - “logos” – ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so`z bilan aytgan-da, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir. Ilm, fan-texnikaning rivojlanishi tabiat haqidagi bilimlarning kengayishi va o`z navbatida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta'sirlarning keskinlashishi ekologiyaning biologiya fanining kichik bir qismidan ajralib, alohida fan sifatida rivojlanishiga olib keldi. Ekologiya – tabiat fanlarining barcha soha va tarmoqlariga kirib borib, jamiyat hayotining muhim jabhalari hisoblangan iqtisodiyot, siyosat, ma'naviyat-madaniyat, ijtimoiy majmualarni qamrab oldi. Tabiat va jamiyat hayotining barcha soha va yo`nalishlarini qamrab olgan ushbu jarayon, ya'ni “Ekologiyali-zatsiyalashtirish” asosida bugungi kunda murakkab tizimga ega bo`lgan, global ahamiyatdagi ekologiya fani shakllandi. Ekologiya fani hozirgi kunda 70 ga yaqin “Tabiat-jamiyat tizimida” gi ta'limot va g`oyalar maj-muasini o`z ichiga oladi, ya'ni, odam ekologiyasi, iqtisodiyot ekologiyasi, muhandislik ekologiyasi, agro ekologiya, kimyoviy ekologiya, huquqiy ekologiya va boshqalar. Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyat-dagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fanini oldida “Tabiat-jamiyat tizimi” da turli shakl va yo`nalishlarda paydo bo`ladigan o`zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo`nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog`liq ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o`rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi ma'suliyatli vazifalarni yuklaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling