Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
Download 49.67 Kb.
|
alohida savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA. 7 1
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar; (9-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) Oldingi tahrirga qarang. madaniyat organlari; (9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) mehnat organlari; prokuratura organlari; ichki ishlar organlari; adliya organlari; mudofaa ishlari bo‘yicha organlar. Oldingi tahrirga qarang. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda boshqa organlar va muassasalar ham qonunchilikka muvofiq ishtirok etishi mumkin. 48.”Yosh kitobxon” tanlovi haqida nimalarni bilasiz Yoshlar ishlari agentligining loyihalaridan biri bo’lib Tanlov maqsadi: Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 10 yoshdan 30 (10-14, 15-19, 20-30) yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etish huquqiga ega. 49.Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA. 71-modda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Maxsus vakolatli davlat organi: yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; xorijda o‘qiydigan yoshlar bilan ishlarni tizimli asosda tashkil etadi; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining hamkorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi; yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi. Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari hamda tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar to‘g‘risida asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish talabi bilan so‘rovlar yuborishga haqli. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda kelishiladi. 50.”Yoshlar daftari”ga kiritish uchun qaysi tartibda va kimga murojaat qilinadi “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi: oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan; ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan; boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan; o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz; I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan; ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan; zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan; “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan; davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan; psixologik maslahatga muhtoj; nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan; yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi. 5. “Yoshlar daftari”ga yoshlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi. Bunda yoshlarning yashab turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasligi ularni “Yoshlar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan toifadagi ariza beruvchilar elektron platforma orqali: ariza beruvchining bevosita o‘zi tomonidan elektron platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritish; ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining “1093” qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish; yoshlar yetakchisining ko‘magida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan “Yoshlar daftari”ga kiritiladi. 6. Ariza beruvchi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi uning “Yoshlar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini uch kun muddatda o‘rganib chiqadi va ariza beruvchining “Yoshlar daftari”ga kiritilishini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Ariza beruvchining ushbu murojaati asosida uning ma’lumotlari tegishli integratsiya qilingan ma’lumotlar bazalari orqali tasdiqlangan hollarda ariza beruvchi “Yoshlar daftari”ga avtomatik tarzda kiritiladi va bunda yoshlar yetakchisining tasdiqlashi talab etilmaydi. 50.1. Muddatli xarbiy xizmatni o’tagan va kontrakt bo’yicha o’qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining nech foizi to’lab beriladi Moddiy yordam ko‘rsatish Ittifoq tomonidan mazkur Qoidalarning 1-bandida ko‘rsatilgan talabalarga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qish uchun tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali ko‘rsatiladi. Bunda talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. 51.Fuqorolarnini huquq layoqati qachon vujudga keladi Fuqarolik kodeksi: 17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. 18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni Fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 52.Mamlakatimizda turli sohalarda yutuqqa erishgan ijtimoiy faol yoshlarga beriladigan davlat mukofatlari va unvonlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek, o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanmoqda. 53.Mahalladagi Yoshlar yetakchisi tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy himoyaga muhtoj,ishsiz yoshlarga qanday yordam turlari mavjud PQ 92-son O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI: MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA. Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga beriladigan yordam turlarining RO‘YXATI jami 13 ta: 1. Moddiy ahvoli qiyin yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun — Download 49.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling