1 O‘zbekistonda qadimgi davlatchilik turlari va boshqaruv shakli. Reja


Download 45.9 Kb.
bet1/7
Sana06.11.2023
Hajmi45.9 Kb.
#1751904
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi amaliy mashgulot mavzulari


1 O‘zbekistonda qadimgi davlatchilik turlari va boshqaruv shakli.
Reja:
1. Qang‘ davlati hududi va tizimi.
2.Kushon davlati (podsholigida) xo‘jalik boshqaruvi;
3.O‘rta asrlarda davlatchilik va boshqaruvi. Eftaliylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum.
4.Turk xoqonligi va uning ma’muriy tuzilishi, ijtimoiy iqtisodiy tuzumi va davlat boshqaruv tartiblari
Arxeologlarimiz tomonidan Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida bu davlatning qoldig’i-Kanka shahri harobalari topilgan. Kanka yirik davlat uyushmasi hisoblanadi. «Kangxa» degan nom siyosiy atama bo’lib, bu nomning kelib chiqishi shu vaqtgacha no’malum bo’lib qolmokda. Kanka davlat xududiga hozirgi Toshkent oazisi, CHimkent viloyati yerlari hamda Sirdaryoning oqimi bo’ylab ketgan yerlar kiradi. YOzma manbalarga bu davlat e. o. II asr oxirida qabilalarining kuchli davlat uyushmasi bo’lgan. Eng gullab yashnagan davrda (e. o. I asr) bu davlat o’zining 120 000 qo’shiniga ega bo’lgan. Qo’shinlarning asosini nayza, o’q-yoy hamda uzun qilich bilan qurollangan otliqlar tashkil qilgan. Davlatda o’zining mustaqil tangalarni zarb etishga harakat qilinadi. Biroq, mamlakat aholisini ko’chmanchilik bilan shug’ullanganligi bois, bu sohada tajriba kam edi. SHuning uchun ular (Kang’lilar) Grek-Baqtriya davlati pullaridan (tangalaridan) namuna oldilar. Kanxa davlatining yirik markazlaridan biri Toshkent oazisi edi. Bu yerda eski va yangi shaharlar mavjud bo’lib, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan edi. Davlatni o’troq xalqi dehqonchilik bilan ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullangan.
Qanghaliklar asosan zardushtiy diniga sig’inishgan. Bundan tashqari Mitra shaxsiga, Siyovush shaxsiga sig’inishgan. Bu davlat haqida kam ma’lumot qolgan. Keyinchalik bu davlat inqirozga uchrab Eftalitlar davlati tarkibiga qo’shib olinadi. Bu davlatni tashkil bo’lgan vaqti, haqida aniq ma’lumot yo’q. Lekin taxminan bu davlat eramizdan oldin III asrlarda paydo bo’lib eramizning II asrigacha yashagan. U qadimgi Farg’ona yerlarini o’z ichiga olgan. Davon davlati to’g’risida biz e.o. II - I asrlardagi Xitoy manbalari xabar beradi. Bu ma’lumotlarga ko’ra Davon keng, boy, aholisi tig’iz joylashgan davlat bo’lgan. SHimol tomondan uning chegaralari Toshkentgacha yetgan , Janubda esa YUechjey yerlarigacha. O’sha Xitoy manbalariga ko’pa mil.o.II acp oxirlarida bu davlat axrlisi 300 ming, qo’shinlarining soni 60000 kishi bo’lgan. Lashkarlari o’q-yoy, nayza bilan qurollangan bo’lib, ayniqsa ot ustida turib jang qilishda ustasi farang edilar.
Davon davlatida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Bosh shahar nomi Erit(Ershi) bo’lgan. har bir shahar o’z hukmdoriga ega bo’lgan. Mamlakatning qishloq qishloq juda yuksak darajada bo’lgan, katta xumlarda saqlangan. Farg’onaning cho’l hududlaridagi aholi chorvachilik bilan shug’ullangan. Ayniqsa, yilqichilik o’ta taraqqiy etgan bo’lgan. Bu yerda otlarning alohida zoti-arg’umoqlar parvarish etilgan. Farg’onada bo’lgan Xitoy elchisi va sayyohi CHjan Szyan bu yerdagi aholini dehqonchilikdagi muvaffaqiyatlaridan xayratda qolgan. Uning ma’lumot berishicha Farg’ona xalqi hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Endigina qurilayotgan «Ipak yo’li» ham Farg’ona orqali o’tishi kerak bo’lgan. Parkana ham o’zining sosial-iqtisodiy tuzilishi jihatidan Kanxa kabi quldorlik munosabatlariga asoslangan edi. Ayollar bu davlatda alohida hurmatga ega bo’lganlar, xotinlar nima desalar shuni qilishganlar -deydi CHjan Szyan. Xitoy imperatorlari Davonni boyligi haqida ma’lumotga ega bo’lganlar. SHuning uchun ham Davonni bosib olish maqsadida e.o 104-101yilda xitoy lashkarlari Farg’onaga ikki marta yurish uyushtirdilar. Birinchisi xitoylilarni to’la mag’lubiyati bilan tugadi. Ikkinchi marta 60 000 lashkar bilan hujum qildilar. Bosh shahar Ershini 40 kun qamal qildilar. Xitoylilar bu safar ham maqsadiga erisholmay Farg’onadan 3000 ot, bir necha arg’umoq otlardan iborat tovon olib o’z yurtlariga ketadilar. Farg’ona xalqi o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Davon davlatining keyingi taqdiri haqida ma’lumot yo’q. Rivoyatlarga ko’ra eraimzning II asrida bu davlatni ko’chmanchilar egallagan.Bu davlat eramizdan avvalgi II-I asrlarda vujudga kelgan. Bu davlat hududiga Janubiy O’zbekistan, hozirgi Tojikistonning kattagina qismi va afg’onistonni shimoliy qismidagi yerlar kirgan. Xitoy manbalariga ko’ra bu davlat Grek-Baqtriya davlatini ag’dargan yuechjilar tomonidan vujudga keltirilgan. By yuechjilarni antik muarrixlar toharlar deydilar. SHuning uchun ham bu davlatni nomi Taxoriston deyiladi. Aholisi 1 millionga yaqin bo’lgan, o’troq hayot kechiradi. Davlatni poytaxti Langin deb atalgan. Taxorlarga yagona davlat faqat yuechjilar Grek-Baqtriya davlatini eg’allagan dastlabki vaqtda mavjud bo’lgan. Keyinchalik Xitoy manbalariga ko’ra Taxoriston bir necha mayda knyazliklarga bo’linib ketadi. Har bir shahar o’z knyaziga ega bo’lgan. Hammasi bo’lib 5 ta knyaz uyi bo’lgan. Ulardan eng kattasi Kushon knyazligi bo’lgan. SHu knyazlik asosida keyinchalik Kushan davlati vujudga kelgan. Sosial-iqtisodiy hayot bu yerda ham Kanxa va Parkanadagidek bo’lgan.
SHunday qilib, biz O’rta Osiyo hududida qadimgi davrda (antik davrda) vujudga kelgan davlatlar- Grek-Bakdriya, Kanxa, Parkana va Taxoriston bilan tanishib chiqdik. Bu davlatlar tarakiyotida farqli tomonlar bilan birga o’xshash tomonlarni ham qurish mumkin.
A) Markazlashgan davlat boshqaruvini yo’qligi.
B) Xo’jalik hayotini turli xil formadaligi.
V) Sosial- iqtisodiy tuzumni o’xshashligi.
G) O’troq dehqonchilik madaniyatini, ko’chmanchi madaniyat bilan qo’shib olib borish.
D) Diniy sohadagi o’xshashliklar.
E) Maxalliy xalqlarning tilini o’xshashligi.
Kushon podsholigi (eramizning I-IV asrlari).
Bu podsholikning nomi Grek- Baqtriya davlati tugatilgandan keyin Baqtriyaga kirib kelgan Toharlarning 5ta urug’idan bittasining nomidan kelib chiqqan. Xitoy manbalariga ko’ra Toharlar (yuechji) 5ta hukmron oilaga bo’linishar edi. 1)xyumi, 2)shuanmi, 3)guypjan yoki Kushon, 4)hise, 5)dumi. Anashu 5 oilaning, ya’ni Guyshuan oilasining hukmdori Kioszyukyu o’zaro urushlarda qolgan turtta oilani ustidan g’olib chiqib, o’zini Guyshuan hukmdori deb e’lon qiladi. Xitoy manbalarida yozilishicha bu o’sha Kushon podshosi Kudjula Kadfiz edi. Kudjula Kadfiz Kushon podsholigining asochisi hisoblanadi. Bu podsholik eramizning 29 yilida vujudga kelib, eraning IV asrini oxirgi choragiga qadar yashagan.Kudjula Kadfiz ya’ni Kadfiz I Kushon hududlarini ancha kengaytirdi. Uning hududlari Baqtriyadan chiqib, atrofdagi bir qancha xalqlarni hududlarini o’ziga qaratgan. U butun Aftoniston va shimoliy Hindistonni bosib olgan va davlatiga qo’shib olgan. Bu podsholikning markazi Dalvarzintepa bo’lgan (Surxondaryo viloyati). Uning davrida kumush tangalar (uning rasmi tushirilgan) zarb etilib, muomalaga kiritilgan.
Vilga Kadfiz yoki Kadfiz II davrida podsholikning hududi yana kengaytirildi. (Butun shimoliy Hindiston qo’shib olindi). Kadfiz II pul islohotini o’tkazdi. Oltin tangalarni muomalaga kiritdi. Ikki yoqlama dinorlar, dinorlar, yarim dinorlar, chorak dinorlar. (Dinorning og’irligi 8 grammga yaqin) . Pul islohotini o’tkazishga, tillodan tangadarni zarb etishga dunyo mamlakatlari bilan savdo qilish zarurati majbur etgan bo’lishi mumkin. Bu davlatni boshqarilishi haqdda ma’lumotlar kam, Biroq alohida viloyatlar, satraplar orqali boshqarilgani ma’lum. Kushon podsholari ichida Kanishka I (78-123 yillar) eng nomdor hukmron bo’lgan. Uning davrida podsholik gullab yashnagan. hududlarini shimoliy Hindistonning Panjob, Kashmir, Sing, Utta-Paradesh kabi yerlari hisobiga yana kengaygan. Kanishka mamlakat poytaxtini Baqtriyadan Pur o’shapura (xozirgi Peshovar) shahriga ko’chiradi. Bu davlat hududlariga Afg’onistondan tashqari O’rta Osiyoning qator viloyatlari, SHarqiy Turkistonning katta qismi kirgan. Farsona yerlari ham bu davlatning hududiga kirgan. Xorazmni bu davlat tarkibiga kirgan-kirmaganligi haqida aniq ma’lumotlar yo’q.
Bu podsholik davrida ma’naviy madaniyat yuksaladi. Podsholikda buddizm diniga e’tiqod kuchli bo’lgan, hatto podshoning o’zi ham unga sig’ingan. Baqtriya tilining ahamiyati ortadi. Bu podsholikda hunarmandchilik, savdo-sotiq o’ta rivojlangan bo’ladi.
Kushon Vasudev podsholik qilgan davrdan boshlab inqirozga uchray boshladi. Bunga Parfiya davlati har obalari o’rnida Eronda kad kutargan Sosoniylar podsholigining va Eftalitdarning zarbasi sabab bo’ldi (4 asrning 70-80 yillari).Kushon davrida ham O’rta Osiyo iqtisodini sug’orma dehqonchilik tashkil qilgan. Qishloqda deyarli hamma ekinlar ekilgan. Zarafshon, Xorazm vohalarida bu davrda katta irrigatsiya qurilishlari amalga oshirilgan. Kushon podsholigi davrida suv tegirmoni, charxpalak ixtiro qilingan. CHo’l zonalari va xaydab boqiladigan chorvachilik rivojlangan. Hunarmandchilik ham gullab yashnagan. Loydan, metalldan yasalgan ajoyib buyumlar, taqinchoqlar, shisha idishlar, har -xil matolar, gilam va boshqalar ko’p ishlab chiqarilgan.Kushonlar davrida temir qazib chiqarish sohasida ancha ishlar qilingan. O’z hududidan o’tgan «Ipak yo’li» orqali Xitoy, Hindiston bilan savdo qilgan. Baqtriya savdogarlari bu davrda Rim imperiyasi chegaralarigacha yetib borib savdo qilganlar. Aleksandriya, Misr bilan keng savdo-sotiq qilingan. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy adaniyati sohasida katta ishlar qilinadi. Turli xil yozuv sistemalari keng tarqaladi. Aromiy yozuvi, Ko’shan-Baqtriya alfavita, Xind alfaviti, grek yozuvi, xorazm, So’g’d yozuvlari va boshqalar. Podsholikda aholining ko’pchiligi ( So’g’d, Baqtriyada yashovchilar ) zardusht diniga siginganlar. SHuningdek boshqa dinlar: buddizm, xristianlik, moniylik va boshqa dinlarga ham sig’inishgan.
Kushan podsholigi davrida O’rta Osiyoda xalqaltaroshlik, Rassomchilik, zargarlik va boshqa sohalar yuksak darajada bo’lgan. Bu davrdagi Kushan madaniyati O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati bilan Hindiston, SHarqiy Turkiston, SHarqiy YEvropa, uzoq SHarq mamlakatlari madaniyatini qo’shilishidan tashkil topganligini alohida ta’kidlash kerak.

Download 45.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling