1. Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati


Download 50.31 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2020
Hajmi50.31 Kb.
#123479
  1   2
Bog'liq
Ollaberganova Xosiyat


15-BILЕT

1. Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul

qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini awalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" deb eion qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimina-siga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida "Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit—qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora—tadbirlarni amalga oshirish"" muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda awalo, bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning echimini topishda "Pedagogik mahorat" fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egalJash uchun

nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin:

1.Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi. 2.O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.

  1. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

  2. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.

Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat:

  1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.

  2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda muka- mmal bilish.

  3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.

  4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida. o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijti-moiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamoioti-ning me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat

uchun muhim bo'lgan ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat

o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g'am-xo'rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy - metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, o'qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish loziin.

Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'-risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.

Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijod-korlik, pedagogik texnika, ta'lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi. muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma'naviy - ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkii etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivoj-lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida ma'lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilaming pedagogik faoliyati zami-rida takomillashib boradi.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyoilash uchun jamiyat oldida. davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya beri-shda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. BoTajak o'qituvchilar o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim;

2. O’qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o’rni.

Har bir jamiyatda, oldingi to‘zumlarda ham o‘qituvchi ustoz muallim oldiga eng muhim vazifa jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan.

Hatto ibtidoiy jamoa to‘zumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar.
Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan, qadimgi Grestiyada bolalarni o‘qitadigan kishini didaskal ("o‘qitaman", "o‘rgataman") deb ataganlar. O’g‘il bolalarni maktabga qullardan biri boshlab borgan, bunday qul pedagog ("paye") bola, "agogayin" etaklab bormoq) deb atalgan.

Bu tushunchalar hozirda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib kelinadi.

Lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.

Har bir jamiyatda ham pedagoglarga o‘qituvchi tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan.

Ayniqsa bizning mustaqil o‘zbekistonimizda o‘qituvchiga hurmat e’tibor va unga qo‘yiladigan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormokda.

Hozirgi kunda o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayottan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormokda. Mohir o‘qituvchilarni aniqlash uchun o‘tkazilayottan tanlovlar ana shu yutuqlarga omil bo‘lmoqda. Maktablarda metodist o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, O’zbekiston xalq o‘qituvchisi unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.
3. Avtori 1997 yil 6 oktyabrda Prezidentimizning "Ta’lim - tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilinib, bunda shunday deyiladi: "Ta’lim muassasalarida birinchi navbatda Oliy ta’lim muassasalari professor- pedagogik xodimlar safidan etuq o‘qituvchi kadrlar tayyorlash ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarini o‘rganishi o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini ta’minlash maqsadida "Ustoz" respublika jamg‘armasi tashkil etilsin".

O’qituvchilar safidan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, iqtidorli, yosh pedagoglarni aniqlash, ularning iqtidori kasbiy malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarni etO‘q o‘qyv

yurtlarida va markazlarida tajriba orttirishga ko‘maklashish maqsadida,bu jamg‘arma to’zilgan edi.

Umuman o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. o‘qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi mushoxadali bo‘lishlariga e’tibor berilayotir.

Bu g‘amxo‘rliklarga sabab, xalqimiz, millatimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchi, uning saviyasi, fidoyiligiga bog‘liqdir.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan bolalarga ta’lim tarbiya berish maxsus tayyorlangan insonlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o‘qituvchilarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.

Har bir bola o‘z xulq atvoriga, xarakteriga ega. Tarbiyada ana shu xususiyatlarni hisobga olish kerak. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o‘zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayottan yoshlar ana shunday xususiyatlarni bilishi lozim. O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari professiogrammasida ifodalanadi, professiogramma quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. O’qituvchi shaxsining xususiyatlari.

  2. O’qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar.

  3. Maxsus tayyorgarlikni hajmi va mazmuni.

  4. Ixtisosga oid umumiy tayyorgarlikning mazmuni.

O’qituvchi shaxsining xususiyatlari:

G’oyaviy sohada: Ilmiy dunyoqarash va e’tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - siyosiy faollik.

Pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik

qobiliyati, xaqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.

Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish.

Pedagogik faoliyatlar kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umulashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling