1. Polimerlarning xozirgi zamon nazariyasi qaysi olim tomonidan to’gri talqin etilgan?


Download 75.31 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2023
Hajmi75.31 Kb.
#1786329
  1   2   3
Bog'liq
kkk


I variant
1.Polimerlarning xozirgi zamon nazariyasi qaysi olim tomonidan to’gri talqin etilgan?
A) SHtaudinger. C) Gerts.
B) V.A.Kargin D) Eynshteyn
2. Molekulyar massasi 500 dan besh minggacha bo’lgan va xossalari jixatidan quyi molekulyar birikmalarga ham YUqori molekulyar birikmalarga ham o’xshaydigan moddalarni ……… deb ataladi?
A) Oligomerlar C) Radikallar
B) Makromolekulalar D) Elementar zvenolar
3. Bir qancha molekulalarning o’zaro kovalent bog’ orqali birikib yuqori molekulyar moddalar xosil qilish reaktsiyasi ……… deb ataladi?
A) Sopolimerlanish C) Initsiirlanish
B) Polimerlanish D) Polikondensatlanish
4. Polimer makromolekulalarining hosil bo’lishida, ko’p marta takrorlanib keladigan guruhni……… deyiladi?
A) Monomerlar C) Elementar zvenolar
B) Mitsellalar D) Quyi molekulyar moddalar
5. Yuqori molekulyar moddalarning zanjiri nimalardan tashkil topgan bo’ladi?
A) Elementar zvenolardan C) Makromolekulalardan
B) Chiziqsimon molekulalardan D) Mitsellalardan
6. Polimerlarning zanjirli tuzilishini isboti sifatida quyidagilardan qaysi biri to’gri ifodalangan? 1. YUqori molekulyar moddalarning makromolekulalari kattaligi tufayli, ular o’zaro sust diffuziyalanadi. 2. YUqori molekulyar moddalarning makromolekulalari kattaligi tufayli, ular o’zaro oson diffuziyalanadi. 3. YUqori molekulyar moddalarda makromolekulalarning kattaligi tufayli, ular kimyoviy reaktsiyalarga juda tez kirishadi. 4. YUqori molekulyar moddalarda makromolekulalarning kattaligi tufayli, ular kimyoviy reaktsiyalarga juda sekin kirishadi.
A) 1,2,3,4 C) 1 va 4
B) 1 va 3 D) 2 va 4
7. Teflon nomli polimer qanday tuzilishli monomerdan olingan?
A) CF2 =CF2 C) SH2CF2
D)CF2 =CHF
B)
8. “Organik shisha” qaysi monomer asosida olinadi?
A) Akrilonitril C) Metilakrilat
B) Metilmetakrilat D) Metakrilkislota
9. Polimerlanish darajasi (n) (elementar zvenolarning soni) polimer molekulyar massasi (M) va monomer molekulyar massasi (m) bilan o’zaro qanday nisbatda bog’langan?
A) n=M m C) n=m /M
B) n=M /m D) n=M m
10. Polimergomologik qator deb nimaga aytiladi?
A) Tarkibi, tuzilishi va molekulyar massasi bir xil bo’lgan makromolekulali birikmalar
B) Tarkibi, xar xil bo’lgan va tuzilishi bir xil bo’lgan makromolekulali birikmalar
C) Tarkibi, tuzilishi va molekulyar massasi xar xil bo’lgan makromolekulali birikmalar
D) Tarkibi va tuzilishi jixatidan bir xil, ammo molekulyar massasi xar xil bo’lgan makromolekulali birikmalar
11. Polioksietilen (HO[-CH2- CH2-O]n -H) quyidagi qaysi monomer asosida olingan
A) SY2  CH O C) CH2 CH COOH
B) CH2 CHOCH3 D) CH2 CH COOCH3
12.YUqori molekulyar birikmali moddalar olinishiga ko’ra necha xil va qanday sinflarga bo’linadi
A) 3xil, ya`ni tabiiy, biologik va sun`iy. C) 3 xil, ya`ni tabiiy, sun`iy va geterozanjirli
B) 3 xil, ya`ni tabiiy, sun`iy va sintetik D) 4 xil, ya`ni tabiiy, sun`iy, sintetik va geterozanjirli
13. Yuqori molekulali moddalar zvenolarining struktura tuzilishiga ko’ra necha xil sinflarga bo’linadi?
A) 3 xil, ya`ni chiziqli, tarmoqlangan va to’rsimon
B) 2 xil, ya`ni chiziqli va tarmoqlangan
C) 4 xil, ya`ni chiziqli, tarmoqlangan, to’rsimon va payvand
D) 2 xil, ya`ni chiziqli va to’rsimon
14. Agar yuqori molekulyar birikmaning asosiy zanjirida yuqori valentli elementlar ham bo’lsa, u ……… polimerlar sinfiga taalluqli bo’ladi.
A) Gomozanjirli C) Element organik
B) To’yingan uglevodorodlarning galloid xosilasi D) Anorganik
15. Asosiy zanjirida uglerod atomi tutmagan yuqori molekulali birikmalarni ……… polimerlar deyiladi
A) Anorganik C) Organik
B) Element organik D) Gomozanjirli
16. Quyidagi polimerning nomini va qaysi sinfga mansubligini ko’rsating?
A) Polimetilmetakrilat, gomozanjirli
B) Polivinil butil efiri, geterozanjirli
C) Polimetilmetakrilat, geterozanjirli
D) Polimetilmetakrilat, karbozanjirli
17. Nitrotsellyuloza olinishiga ko’ra polimerlarning qanday sinfiga taalluqli bo’ladi?
A) Biologik C) Sintetik
B) Tabiiy D) Sun`iy
18. Izotaktik polistirol makromolekulasi zanjiridagi monomer xalqalarining bog’lanishi qanday tarzda bo’ladi?
A) bog’lanish tarzida
B) bog’lanish tarzida
C) bog’lanish tarzida
D) bog’lanishlar tarzida
19. Quyidagi tuzilishli polimer zanjiri qanday nomlanadi?
A) Izotaktik C) Sindiotaktik
B) Ataktik D) Regulyar
20. Zvenolarning struktura tuzilishiga ko’ra tarmoqlangan polimerlarning tarmogida boshqa polimer ulangan bo’lsa ……… polimer deyiladi
A) Sopolimer C) Blok sopolimer
B) Payvandlangan D) To’rsimon-tikilgan
21. Quyidagi monomer (vinilxlori polimerlanganda monomer xalqalarining bog’lanishi «boshga-dum» tarzida bo’lsa, xosil bo’lgan polimerning tuzilishi qanday nomlanadi?
A) Noregulyar C) Izotaktik
B) Sindiotaktik D) Ataktik
22. Quyidagilardan sun`iy polimerlar qatorini ko’rsating.
A) Polistirol, sellyuloza, pectin
B) Karbosimetiltsellyuloza, nitrotsellyuloza, sellyuloza
C) Sellyuloza, kraxmal, pectin
D) Nitrotsellyuloza, atsetiltsellyuloza, karboksimetiltsellyuloza
23. Polimerlarni o’rtacha molekulyar massalarini tartibga solib turuvchi moddalarni, polimerlanish jarayonining ………… deb aytiladi.
A) Regulyatorlari C) Initsiatorlari
B) Ingibitorlari D) Katalizatorlari
24. Polidisperslik xossasi deb nimaga aytiladi?
A) Polimer molekulyar massasini o’zgarishi bilan uning fizik-kimyoviy xossalarini birdaniga o’zgarib ketishiga
B) Molekulyar massa kamayganda polimerning xossalarini yaxshilanishga
C) Erituvchida sekin erishiga aytiladi
D) Molekulyar massasi o’zgarmay turib, polimerning xossalarini o’zgarib ketishiga
25. Polimerga erituvchi solinganda, avval qanday molekulyar massadagi fraktsiyalar eritmaga o’ta boshlaydi? 1. Avval eng katta molekulyar massali fraktsiyalar. 2. Avval eng kichik molekulyar massali fraktsiyalar. 3. Avval o’rtacha molekulyar massali fraktsiyalar. 4. Polimerning hamma fraktsiyalari birdaniga eriydi. 5. Avval makromolekulalardagi bog’lar uzilib, so’ng eng katta molekulyar massali fraktsiyalar eritmaga o’tadi
A)2 C)3
B)1 D)4
26. Polimer eritmasiga cho’ktiruvchi solinganda, avval qanday molekulyar massali fraktsiyalar cho’ka boshlaydi? 1) Avval kichik molekulyar massali 2) O’rtacha molekulyar massali 3) Avval eng katta va o’rtacha molekulyar massali 4) Eng katta molekulyar massali.
A)4 C)3
B)1 D)2
27. Nima uchun yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar birikmalardan farqli o’laroq polidsperslik xossasiga ega? 1. YUqori molekulyar birikmalarning makromolekulalarining uzunligi bir xil bo’lganligi uchun; 2. YUqori molekulyar birikmalarning makromolekulalarining uzunligi turlicha bo’lganligi uchun; 3. YUqori molekulyar birikmalarning makromolekulalari zanjirida erituvchi molekulasi borligi uchun; 4. YUqori molekulyar birikmalarning makromolekulalari egiluvchan bo’lganligi uchun; 5. Yuqori molekulyar birikmalar tarkibida oddiy moddalar aralashmasi borligi uchun;
A)2 C)2va 3
B)1va 5 D)5
28. Quyidagi omillarning qaysi biri polimerlarda polidisperslik xossasi vujudga kelishining sababchisi bo’ladi? 1. Initsirlanish reaktsiyasining kichik tezlikda ketishi. 2. Rivojlanish reakiyasining katta tezlikda ketishi. 3. Uzilish reaktsiyasi monomolekulyarlar mexanzimda borganligi uchun. 4. Uzilish reaktsiyasi bimolekulyar mexanizmda borganligi uchun. 5. Uzilish reaktsiyasi ham rekombinatsiya va disproportsiya mexanizmlarda borganligi uchun. 6. Zanjirni (aktiv markazni) uzatilish reaktsiyasi ketganligi uchun
A) 1, 2, 3, 6 C) 4, 5, va 6
B) 2, 4, va 6 D) 2 ,3 va 6
29. Metilmetakrilat monomerini qaysi initsiator ishtirokida initsirlab, polimetilmetakrilat olish mumkin?1) Benzoil peroksid 2) N-butillitiy ishtirokida 3) 100o S da xavo kislorodi ishtirokida 4) Yuqoridagi uchchalasi ishtirokida ham
A)2 C)1
B)3 D)4
30. Oksidlovchi-qaytaruvchi Fe2+ H2O2 initsirlovchi sistema ishtirokida vinil monomerlarinining polimerlanishi uchun aktiv markaz rolini nima bajaradi? 1. Anion 2. Kation 3. Erkin radikal 4. Ion radikal
A) 1 va 3 C)2
B) 3 D)4


Download 75.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling