1 Qaysi javobda sodda yasama faoliyat-jarayon otlari berilgan? chopiq; terim; ko’rik
Download 114.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-va-adabiyoti-9-sinf-13-v
Ona tili 1)Qaysi javobda sodda yasama faoliyat-jarayon otlari berilgan? 1.chopiq; 2.terim; 3.ko’rik; 4.g’allachilik; 5.loygarchilik; 6.sayr; 7.qassoblik. A)1,2,3,4,5,6,7 B)1,2,3,4,5,7 C)1,2,3,6 D)4,5,6,7 2)Topshiriq shundan iboratki, bir-birimizga yordam berishimiz shart. Ergashgan qo’shma gapning turini toping. A)hol ergashgan qo’shma gap B)to’ldiruvchi ergashgan qo’shma gap C)aniqlovchi ergashgan qo’shma gap D)kesim ergashgan qo’shma gap 3)O’timli felni toping . A) terildiB) keldi C) bordi D)yoqdi 4)Mingbuloq o’zi yaxshi, suvi serob, lekin qarovsiz ko’chalari tor, qing’ir-qiyshiq. Gapda nechta sifat bor? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 5)Zo’rg’a, kecha, uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda-bunda, g’oyat, olg’a, endi, tez, ozgina, yuqoridan, ertalab, ko’p, to’satdan, avval, to’g’rida, juda, do’stona. Berilgan ravishlar orasida nechta holat ravishi bor? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 6)Olmosh aniqlovchi vazifasida kelgan gapni belgilang. A)Endi ketmoqchi bo’lib turgan edi, uni kimdir to’xtatib qoldi. B)Bu qahramonlarni vatanimiz hech qachon unutmaydi. C)Sen ham aytgil menga bitta so’z. D)Ayt-chi. go’zal Sanobar, Sen qayerda yashaysan? 7)Noto’g’ri yozilgan so’zni toping. A)shafqat B)qurol-aslaha C)ta’zir D)hokandoz 8)Qaysi gapda vazifadosh ko’makchi qatnashgan? A)Avval mahsulotlarni omborga kiritamiz , keyin sanaymiz. B)Qoziq ustida qor turmasC)Qurultoyda Boyazid ustiga yurishga qaror qilindiD)Onajonlar, farzandingizning barcha yutuqlari sizlar tufaylidir. 9)So’roq va taajjub yuklamalarini toping. A)hatto, -ku, ham,atigi B)-a, -ya, -mi, -chi, -u, -yu, -da, - kuC)-a, -ya, -mi, -chi D)nahotki, -oq, -yoq, -gina(-kina, -qina) 10)Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po’stagimni qoqishgandi. Ushbu gapda nechta bo’lak bor? A) 4 B) 7C) 5 D) 6 11)”Qaylarda qolding, bolaligim” asari muallifini toping. A)T.Malik B)Oybek C)X.To’xtaboyev D)U.Nosir 12)”Sayohatnoma”dan olingan ushbu to’rtlikdagi nuqtalar o’rniga mos javobni qo’ying. “…….”ga qildim yurish Yo’ldosh edi bir chitfurush Yetdim jadallab vaqti tush Bir dam qiziq bozor ekan. A)O’ltarma B)Oq yer C)Do’rmancha D)Yakkatut 13)Turkiy adabiyotda ilk chistonlar kim tomonidan yaratilgan? A)A.NavoiyB)M.Qoshg’ariy C)Y.X.Hojib D)Uvaysiy 14)Fuzuliyning “Mani jondan o’sondirdi…” g’azalining deyarli har bir baytida uchraydigan san’at turini toping. A)tashbeh B)tazod C)irsoli masal D)tashxis 15)Jon jasaddan bir beqaror bo’lganda, Ziyon yotib, zahmat toshar bo’lganda, Rahmat daryo ayni toshib kelganda Tush ko’ribman fayzi sahar bo’lganda. Ushbu parchada “Alpomish” dostonining qaysi qahramoni ko’rgan tush tasviri aks etgan? A)Qaldirg’och B)Barchin C)Suqsuroy D)Alpomish Download 114.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling