1. Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping: 4+2=862 3-1=243 8+3=24115 6-4=21024 16+5=? A 118021. B 112180. C 802111. D 218011. 2
Download 11.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy fikrlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.me/AlXorazmiyAcademy
1. Qonuniyatni aniqlab so'roq belgisi o'rnidagi sonni toping: 4+2=862 3-1=243 8+3=24115 6-4=21024 16+5=? A)118021. B) 112180. C) 802111. D) 218011. 2. Koronavirus bilan kasallangan inson har kuni bu kasallikni ikkitadan odamga yuqtiradi. Agar jarayon shunday davom etsa 1 ta kasallangan inson 4 kun davomida nechta insonni kasallanishiga sababchi bo'ladi? A) 80. B) 81. C) 16. D) 27. 3. Telefonning quvvati to'la bo'lganida tinimsiz ishlatilsa 5 soatga yetadi. Agar telefon to'la quvvati bilan saqlansa 40 soatda quvvati tugaydi. Telefon 20 soat saqlab so'ngra tinimsiz ishlatilsa qancha vaqt quvvatlamasdan ishlatish mumkin bo'ladi? A) 3 soat. B) 2 soat. C) 2,5 soat. D) 4 soat. 4. Bugun haftaning shanba kuni. Bog'dagi olmalarning 10 %i ertaga pishadi va shu kundan boshlab shu miqdorda 10 kun davomida jami olmalar pishib yetiladi. Agarda olmalarni pishgan vaqtidan boshlab uzog'i 4 kungacha uzmasdan saqlash mumkin bo'lsa va bir kunda jami olmalarning 30%igacha terib olish imkoni bo'lsa. Olmalarni terishni uzog'i bilan qachon boshlash kerak. A) Seshanba. B) Chorshanba. C) Payshanba. D) Juma. T.me/AlXorazmiyAcademy 5. Ko'p qavatli turar-joy binosining har bir xonasida 2tadan deraza bor. Eshiklarga sezgir moslamalar o'rnatilgan va eshiklar ochilsa xona chiroqlari o'z- o'zidan yonadi. Agar 18 ta derazadan yorug'lik ko'rinayotgan bo'lsa, nechta xonaning eshigi ochiq? A) 8ta. B) 9ta. C) 6ta. D) 10ta. 6. Raper o'zining bir rap(track)ida text o'qishni 20-soniyadan boshladi va 3:15- soniyada to'xtatdi. Agar u har soniyada 2tadan so'z o'qigan bo'lsa, shu rap(track) davomida nechta so'z o'qigan? A) 350ta. B) 175ta. C) 290ta. D) 330ta. 7. Sigirning ogʻirligini bilish uchun avval uni 4ta oyogʻini ostiga 4ta tarozi qoʻyishdi, har bir tarozi 90kg ogʻirlikni koʻrsatdi. Keyin har ikkita oyogʻi uchun 1tadan tarozi qoʻyishdi. Bu holatda tarozilarning koʻrsatkichi necha kg boʻladi? A) 90kg. B) 360 kg. C) 270 kg. D) 180 kg. 8. Agar a<3 bo'lsa 2a+1, agar a>4 bo'lsa 3a-5 ifoda o'rinli bo'ladi. a=2 va a=5 bo'lganda yuqoridagi ifodalarni qiymatini taqqoslang. (ya'ni: 2a+1 va 3a-5) A) <. B) >. C) =. 9. Shunday bir daraxt borki, uning bir shoxi kesilsa o'rniga 3ta shox o'sib chiqadi. Hozirda bu daraxtning 7ta shoxi bo'lsa, kamida necha marta shoxini kesganimizdan keyin uning shoxlari soni 17ta bo'ladi? A) 10. B) 5. C) 7. D) 8. 10. Ko'zguga qarab turgan inson bildiki, uning aksi o'zidan 12 qadam uzoqlikda turibdi. Shu inson ko'zgu tomon necha qadam tashlaganidan keyin u bilan aksi orasidagi masofa 4 qadam bo'ladi? A) 8. B) 7. C) 5. D) 4. T.me/AlXorazmiyAcademy Download 11.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling