1. Qonunning maqsadi va baholovchi tashkilot vazifalari Baholash obyektlari tavsifi va baholash obyektining bozor qiymati


Download 21.58 Kb.
bet1/4
Sana10.03.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1256673
  1   2   3   4
Bog'liq
7 Mavzu


5-Mavzu KO`CHMAS MULK FAOLIYATINING TARTIBGA SOLISHGA DAVLATNING ROLI.
Reja:
1. Qonunning maqsadi va baholovchi tashkilot vazifalari
2.Baholash obyektlari tavsifi va baholash obyektining bozor qiymati
3. Baholashni o’tkazish, uning natijalaridan foydalanish huquqi va shartnomaga oid majburiy talablar


Tayanch iboralar: baholash, baholash faoliyatini, baholovchi, baholash faoliyati, lisenziyalash, baholovchi tashkilot, Baholash obyekti intellektual mulk obyektlari alohida moddiy obyektlar (ashyolar) Baholovchining yordamchisi baholash tushunchalari vaprinsiplarini,baholash faoliyatida qo’llaniladigan atamalar vata’riflarni, qiymat turlariga qo’yiladigan talablarni, boshlang’ichaxborotga qo’yiladigan talablarni, baholash o’tkazish tartibini, baholash usullarini qo’llanish xususiyatlari, baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar


1. Qonunning maqsadi va baholovchi tashkilot vazifalari

Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga yega bo’lgan yuridik shaxsdir. Baholovchi tashkilot o’z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi. Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil yetilishi va o’z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy ¬shartlarga rioya yetilishi kerak: 



  • baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga yega bo’lgan baholovchilarning shtatdagi yeng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi;

  • baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;

  • baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug’urta polisining mavjudligi.

Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo’lishi mumkin. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil yetishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Baholovchi belgilangan tartibda lisenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga yega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Baholovchi baholash ishlarini o’tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo’lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb yetilishi mumkin. 
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok yetishi mumkin.
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga yega bo’lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o’tkazish bilan bog’liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to’g’risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to’g’risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o’tkazish bilan bog’liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga yega bo’lmagan jismoniy shaxsdir. 
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo’yiladi. 
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.



Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling