1. Quyonning somatik hujayrasida 42 ta


Download 208.68 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi208.68 Kb.
#1259126
  1   2   3
Bog'liq
blok test pdf (1) (Автосохраненный)


BIOLOGIYA
1.Quyonning somatik hujayrasida 42 ta
autosoma xromosomalari mavjud. Uning organizmida kechadigan spermatogenez jarayonining profaza I davrida jami xromosomalar soni (a), xromatidalar soni (b), hujayra markazi soni (c), sentriolalar soni (d)ni aniqlang.
A) a- 84; b - 84; c - 1, d - 2 B) a- 44; b - 88; c - 2, d – 4 C) a- 42; b - 84; c - 2, d - 4 D) a- 88; b - 88; c - 1, d – 2
2. O'simliklarni ularga xos jinsiy organlari bilan juftlang.
а) ♂ jinsiy organi anteridiy; b) ♀ jinsiy organi arxegoniy; c) ♀ jinsiy organi murtak xalta; d) ♂ jinsiy organi chang donasi; 1) kedr; 2) sekvoyadendron; 3) zuhrasoch; 4) funariya; 5) kakra; 6)sag`an ; 7) saur; 8) silen
A) 2, 7 - b, d; 1, 3, 6 - a, b; 5, 8 - c; d B) 3, 4, 6 - a, b; 2, 7 - a, с; 1, 5, 8 - с; d
C) 1, 2, 7 - b , d; 3 , 4 - a, b; 5, 6, 8 - c; d D ) 1, 3 , 4 - a, b; 2 ,7, 8 - b, d; 5, 6 - с; d
3. 1 gr gemoglobin 1,34 ml kislorodni biriktirib oladi. 100 ml qonda 15 gr gemoglobin bo`lsa, u holda besh litr qon qancha kislorodni tutadi?
A) 201 ml B) 1340 ml C) 1005 ml D) 750 ml 4. Nefron naychalarida hosil bo`lgan siydikning tashqi muhitga chiqarilish ketma-ketligini belgilang.
A) buyrak jomi-buyrak kosachasi-siydik yo`li-qovuq-chiqarish nayi
B) buyrak darvozasi-buyrak kosachasi-siydik yo`li-qovuq-chiqarish nayi
C) buyrak kosachasi-buyrak jomi-siydik yo`li-buyrak-chiqarish nayi
D) buyrak kosachasi-buyrak jomi-siydik yo`li-qovuq-chiqarish nayi
5. Yurakda qon oqish yo’nalishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) o’ng bo’lmacha →uch tavaqali klapan→o’ng qorincha→aorta
B) chap bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→chap qorincha→aorta
C) chap bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→chap qorincha→o’pka arteriyasi
D) o’ng bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→o’ng qorincha→ o’pka arteriyasi
6. Odam skeletining qismlarida suyaklar sonining kamayib borish tartibida joylashtiring.
A) ko‘krak qafasi; umurtqa pog‘onasi; o‘ng va chap yelka kamari; ikkala oyoq son, boldir suyaklari
B) umurtqa pog‘onasi; ko‘krak qafasi; bosh skeleti; ikkala oyoq son, boldir suyaklari; o‘ng va chap yelka kamari
C) ko‘krak qafasi; bosh skeleti; umurtqa pog‘onasi; ikkala oyoq son, boldir suyaklari; o‘ng va chap yelka kamari
D) ko‘krak qafasi; umurtqa pog‘onasi; bosh skeleti; ikkala oyoq son, bolder 7. Odam skeletining qismlarida suyaklar sonining ortib borish tartibida joylashtiring.
A) ikkala oyoq son, boldir suyaklari; o‘ng va chap yelka kamari; bosh skeleti; umurtqa pog‘onasi; ko‘krak qafasi
B) o‘ng va chap yelka kamari; ikkala oyoq son, boldir suyaklari; bosh skeleti; ko‘krak qafasi; umurtqa pog‘onasi
C) o‘ng va chap yelka kamari; ikkala oyoq son, boldir suyaklari; bosh skeleti; umurtqa pog‘onasi; ko‘krak qafasi
D) o‘ng va chap yelka kamari; ikkala oyoq son, boldir suyaklari; umurtqa pog‘onasi; bosh skeleti; ko‘krak qafasi 8. Odamda ko’krak qafasini tashkil etgan suyaklar soniga teng bo’lmagan suyaklar qatorini aniqlang?
A) bo’yin umurtqalari+chin qovurg’alar+o’mrov +to’sh+chakka+ko’krak umurtqalari
B) bo’yin umurtqalari+chin qovurg’alar+to’sh +chakka+ko’krak umurtqalari+peshona
C) chin qovurg’alar+bo’yin umurtqalari+ o’mrov +chakka+ko’krak umurtqalari
D) chin qovurg’alar+bo’yin umurtqalari+tepa +chakka+ko’krak umurtqalari
9. Diafragmaning pastga tushishi qaysi muskulning qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi?
A) bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo B) qorin C) ichki qovurg‘alararo D) diafragma
10. Jinslarni aniqlashda foydalanadigan tiplarning xususiyatlari bilan juftlang.
a) epigam b) progam c) singam
1) sitoplazmaga boy hujayradan urg’ochi organizmning rivojlanishi; 2) jinsning urug’lanish vaqtida ma’lum bo’lishi; 3) otalangan tuxum hujayraning parazitlik qilib hayot kechirishi;
A)a-3; b-1; c-2; B) a-2; b-1; c-3; C) a-1; b-3; c-2; D) a-1; b-2; c-3; 11. Xaltaga ega ammo xaltalilar kenja sinfiga mansub bo`lmagan, modda almashinuvi jadal bormaydigan organizmni aniqlang.
A) yexidna B) dengiz toychasi C) xaltali krot D) yirik letyaga 12.Lola va qoqio’t…
A)bir sinf vakili B)bir oila vakili C)yorug’likka javob reaksiyasi bir xil D)namlikka bo’lgan talabi bir xil 13. Xlorella hujayrasini xlorenxima hujayrasidan farqini aniqlang.
1-xloroplastga ega; 2-xlorofillga ega; 3-xromotoforga ega; 4-kislorod ajratadi; 5-organizm darajasidagi hujayra; 6-tuban o‘simlikga xos; 7-yuksak o‘simlikga xos; 8-parenxima hujayra
A) 2,4 B) 1,5,7 C) 3,5,6 D) 1,2,8
14 Bir dona tuxumda 12,5 gr oqsil, 12,1 gr yog` va 0,55 gr uglevod bo`ladi. Ikki dona tuxumda necha kkal energiya bo`ladi?
A) 161 kkal B) 332 kkal C) 232 kkal D) 223 kkal 15 Diff erensiatsiyalanish jarayoni tiriklikning qaysi tuzilish darajalarida kuzatiladi?
A) hujayra va to`qima B) molekula, hujayra, to`qima C) organ, organism D) populyatsiya, biogeotsenoz, biosfera 16. Izogamiya (a), geterogamiya (b) va oogamiya (c) ko`payish shakli qaysi organizmlarga tegishli?
A) a-xlamidomonada; b-ulotriks; c-yo`sinlar B) a-qirqquloqlar; b-xlorella; c-hayvonlar
C) a-ulotriks; b-qirqbo`g`imlar; c-gulli o`simliklar D) a-ulotriks; b-xlamidomonada; c-hayvonlar 17. Yuragida bir(I),ikki(II) va uch(III) xil qon bo`luvchi hayvonlarni aniqlang.
a.cho`rtan b.bitiniya c.echkiemar d.gavial e.ohu f.lansetnik g.baqa h.charx ilon
A) I-a,f; II-c,e,d; III-h,g,c B) I-b,d; II-e,d; III-c,h,g C) I-b; II-e,c; III-h,d D) I-b,a,f; II-e,d; III-c,h,g

18 Uzun gulpoyada navbat bilan (a), kalta gulpoyada navbat bilan joylashgan gullar (b) qanday to`pgulda mavjud bo`ladi?


A) a-oddiy shingil b-oddiy qalqon B) a-murakkab shingil b-oddiy shingil
C) a-oddiy soyabon b-oddiy qalqon D) a-oddiy so`ta b-murakkab soyabon
19 Agrobakteriumning Ti plazmidiga Eco RI restriktazasi bilan ishlov berilishi natijada, shu plazmid 10 bo`lakka ajralgan bo`lsa, plazmid tarkibidagi jami uzilgan vodorod bog`lar(a), Eco RI restriktazasi soni (b) va shu plazmidda Eco RI restriktaza sayti(c)ning sonini aniqlang. A) a-80; b-10; c-10 B) a-72; b-9; c-9 C) a-80; b-10; c-9 D) a-72; b-10; c-10 20. Translatsiya (a) va transkripsiya(b) jarayoniga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1.yadroda sodir bo`ladi; 2. polipeptid zanjirini hosil qiladi 3. 20 xil aminokislotani qatnashishi 4. adenin dezoksiribonukleotidlarini timin ribonukleotidlariga mos kelishi 5. vodorod bog`li molekulalarni hosil bo`lishi 6. katta va kichik yassi tanachalarda kechishi 7. sitozin dezoksiribonukleotidlarini guanin ribonukleotidlariga mos kelishi 8. uratsil ribonukleotidlarini adenin ribonukleotidlariga mos kelishi 9. DNKdagi irsiy axborotni i-RNK ga ko`chirilishi
A) a-2,3,8 b-1,5,9 B) a-1,3,5 b-2,6,7 C)a-4,5,7 b-2,4,8 D) a-1,8,9 b-4,5,7
21. Ayirish sistemalari o’zaro o’xshash hayvonlarni juftlang.
1) planariya; 2) langust; 3) nereida; 4) bitiniya; 5) yomg’ir chuvalchangi; 6) lansetnik; 7) dafniya; 8) ko’p tukli halqalilar lichinkasi; 9) kiprikli chuvalchanglar; 10) odam askaridasi; 11)midiya
A) 1-5; 2-3; 5-6; 8-10; 2-7 B) 4-5; 8-9; 3-5-6; 1-8 C) 1-10; 2-3-7; 4-5; 2-7 D) 1-5; 3-4-5; 3-5-6; 5-11
22 Yura (a) va bo’r (b) davrlaridagi qaysi hodisalar harakatlantiruvchi tanlanishga misol bo’la oladi?
A) a-butasimon o’simliklarni avj olib rivojlanishi;
b- yopiq urug’li o’simliklarni ko’payishi
B) a- yirtqich sudralib yuruvchilarni tanasini yiriklashishi; b- o’txo’r va yirtqich sudralib yuruvchilarni tanasini yiriklashishi
C) a- sporali va ochiq urug’li o’simliklarni rivojlanishini avj olishi; b- ochiq urug’li o’simliklarni yoppasiga qirilishi
D) a- o’txo’r sudralib yuruvchilar tanasi yiriklashgan; b- yopiq urug’li o’simliklarni ko’payishi 23. Embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida quyon (a) zigotasi 5 marta ekvatorial va shimpanze (b) blastomerlari esa 5 marta meridian tekisligida bo`lindi. Hosil bo`lgan hujayralardagi autosoma xromasomalar sonini aniqlang.
(quyon n=22, shimpanze n=24)
A) a-86016; b-11776 B) a-43008; b-5888 C) a-90112; b-12288 D) a-86016; b-47104
24. Tamaki diploid navi mikrosporasining mitoz bosqichlari va ularda kuzatiladigan holatlarni mos ravishda juftlang.
a) bir DNK li xromasomalarning diploid to’plami; b) bir DNK li xromasomalarni gaploid to’plami;
c) ikki DNK li xromasomalarning diploid to’plami; d) bir DNK li xromasomalarning tetraploid to’lami;
e) ikki DNK li xromasomalarning gaploid to’plami
A) profaza-e; metafaza-e; anafaza-a; telofaza-e B) profaza-c; metafaza-c; anafaza-d; telofaza-a C) profaza-c; metafaza-c; anafaza-d; telofaza-b D) profaza-e; metafaza-e; anafaza-a; telofaza-b
25. Karam kapalagi va kolorado qo’ng’izini birlashtiruvchi qaysi xususiyat chumolini termitlardan farq qilishga imkon beradi?
A) o’simlik barg ostiga tuxum qo’yishi B) to’liq metamorfoz bilan rivojlanish
C) to`g`ri metamorfoz bilan rivojlanish D) chala metamorfoz bilan rivojlanish 26. Elektron mikroskop yordamida kashf qilingan, barcha eukariot organizmlarni sitoplazmasini qamrab olgan organoid simbioz gipotezasiga ko’ra……….
A) mustaqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra sifatida paydo bo’lgan B) golji majmuasidandan kelib chiqqan
C) tarkibida DNK va RNK ning mavjudligi, uning bo’linishini prokariot hujayra bo’linishiga o’xshashdir
D) yadro hosil bo’lgandan so’ng, uning membranasidan hosil bo’ladi
27. Qaysi organizmlar uchun hayotning tuzilish darajalaridan hujayra va organizm darajasi bir xil bo`lib hisoblanadi?
A) xlamidomonada, xlorella, gerpes B) penitsill, agrobakterium, evglena
C) xrokokk, pseudomonas, oq po`panak D) achitqi, ossillatoriya, xlamidomonada 28. Hasva qandalasi va qir chumolisi (a), suluv ninachi va faeton (b) uchun umumiy xususiyatlarni aniqlang.
1) chala o’zgarish bilan rivojlanadi; 2) o’simlik donini kemirib oziqlanadi; 3) og’iz organi kemiruvchi tipda tuzilgan; 4) yuragidan bosh tomonga qarab, bitta qisqa qon tomir ketadi; 5) yirtqich hisoblanadi; 6) cho’l va dashtlarda tarqalgan; 7) to’liq o’zgarish bilan rivojlanadi; 8) ayirish mahsulotlari kristallanadi
A) a- 2, 6; b- 1, 4, 5 B) a- 2, 4, 7; b- 4, 5, 8 C) a- 4, 8; b- 4, 5, 8 D) a- 4, 8; b- 4, 6, 7
29. Funariyaning gametofit (a) va sporofit (b) bo`giniga xos bo`lmagan javobni belgilang.
1. zigota 2. fotosintez qiladi 3. poya bargli o`simlik 4. kurtakcha 5. kichkina chetlari bo`lingan o`simta 6.ko`sakcha 7.ko`p hujayrali yashil ip 8. ko`p xivchinli sperma 9. zigota hosil qiladi 10.spora hosil qiladi A) a- 5,6,8; b-1,4,9 B) a-4,7,9; b-6,10 C) a-1,4,7; b-3,6,10 D) a-2,3,4; b-5,7 30. Moddalar almashinuvini boshqaradigan hujayra qismiga ega bo’lgan organizmlarni ajrating. 1) mimoza; 2) muxomor; 3) batsilla; 4) xolmon; 5) vibrion; 6) gerpes; 7) xongul; 8) xlorella; 9) kokk; 10) shampinion; A) 2,3,10 B) 3,5,9 C) 1,2,8 D) 4,6,7


Download 208.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling