Nafas olish organlari kasalliklari


Download 127.24 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi127.24 Kb.
#1495207
Bog'liq
nafs a\'zosi tuzilishi va fiziologiyasi

Nafas a'zosi tuzilishi va fiziologiyasi

REJA.

  • 1. Nafas olish haqida tushuncha.
  • 2. Nafas apparatining tuzilishi.
  • 3. Nafas olish mexanizmi.
  • 4. Nafas chiqarish mexanizmi.

Organizmning atmocferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv bug’larini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig’indisi bo’lib, organizm tirikligi uchun zarur bo’lgan moddalar almashinuvining muhim bir qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog’ va oqsillarning oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog’langan. Nafas natijasida organizmning tiriklik faoliyatini ta’min etadigan energiya hosil bo’ladi, qaysiki makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi.

  • Organizmning atmocferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv bug’larini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig’indisi bo’lib, organizm tirikligi uchun zarur bo’lgan moddalar almashinuvining muhim bir qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog’ va oqsillarning oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog’langan. Nafas natijasida organizmning tiriklik faoliyatini ta’min etadigan energiya hosil bo’ladi, qaysiki makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi.

Nafas quyidagi bir-biri bilan bog’langan qismlardan iborat: 1) tashqi nafas, yoki o’pka ventilyasiyasi (tashqi muhit va o’pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi); 2) alveolyar havo bilan qon kapillyarlari orasidagi gazlar almashinuvi; 3) qon tomonidan kislorod va karbonat angidridini tashilishi; 4) qon kapillyarlari va organizmning to’qimalari orasidagi gazlar almashinuvi; 5) hujayralarda yoki to’qimalardagi nafas olish.

  • Nafas quyidagi bir-biri bilan bog’langan qismlardan iborat: 1) tashqi nafas, yoki o’pka ventilyasiyasi (tashqi muhit va o’pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi); 2) alveolyar havo bilan qon kapillyarlari orasidagi gazlar almashinuvi; 3) qon tomonidan kislorod va karbonat angidridini tashilishi; 4) qon kapillyarlari va organizmning to’qimalari orasidagi gazlar almashinuvi; 5) hujayralarda yoki to’qimalardagi nafas olish.

Nafas apparatining tuzilishi.

  • Nafas apparatining tuzilishi.
  • Odamning nafas yo’llari (35-rasm) ko’krak bo’shlig’ida joylashgan o’pka, nafas yo’llari (burun bo’shlig’i, traxeya, bronxlar)dan tashkil topib, o’pka bo’shlig’ini atmosfera havosi bilan bog’laydi. Unga ko’krak qafasi va nafas mushaklari ham kiradi.
  • 35-rasm. Nafas yo’llari. 1-burun bo’shlig’i, 2-og’iz bo’shlig’i, 3-burun-xalqum, 4-hiqildoq, 5-traxeya, 6-bronxlar, 7-o’pka, 8-diafragma.

Nafas olish mexanizmi.

  • Odam nafas olganda (inspirasiya) oldingi tomondagi tashqi qovurg’alararo mushaklar qisqarib, qovurg’alarni ko’tarib turadi. Ular ko’tarilar ekan, o’z o’qi tevaragida bir oz buriladi, yon tomonga va bir oz oldinga qarab suriladi. To’sh suyagi ham oldinga turtib chiqadi (36, 37 rasmlar).

36-rasm. Nafas olishda ko’krak qafasi bilan diafragmaning o’zgarishini ko’rsatadigan tasvir. Chapda – nafas olish payti, ko’krak qafasi kengaygan, diafragma pastga tushgan, o’ngda – nafas chiqarish, ko’krak qafasining hajmi kichraygan, diafragma ko’tarilgan.
37-rasm. Nafas chiqarish va nafas olish paytlarida qovurg’alarning holati

Nafas chiqarish mexanizmi.

  • Nafas chiqarish (ekspirasiya) natijasida moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti-karbonat angidrid va qisman suv bug’i o’pka orqali organizmdan tashqariga chiqariladi. Nafas chiqarish vaqtida ko’krak qafasining hajmi kichrayadi. Ko’krak qafasi hajmining kichrayishiga, o’pkaning torayish uchun harakat qilishi, qovurg’a tog’aylarining elastikligi, qorin tomondan diafragmaga bo’lgan bosim sabab bo’ladi. Kuchli nafas chiqarish vaqtida ichki qovurg’alararo mushaklar, oldingi qorin devori mushaklari va boshqa bir qancha mushaklar qisqaradi.

Download 127.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling