1. Risk va daromadlilik


Download 56.84 Kb.
bet1/13
Sana12.03.2023
Hajmi56.84 Kb.
#1264600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

21-variant
1.Risk va daromadlilik.

Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi. Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xattiharakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati. Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi. Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon. Manfaat – naf, foyda. Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan. Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.


Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi. Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi.
Daromad — keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o'z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. D. pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami D.ni hosil qiladi. D. egalik nuqtai nazaridan aholi D.i, korxona (korporativ) D.i va davlat D.iga boʻlinadi. Aholiga tegadigan D. ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega

Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling