1. Sanoq sistemasini nimalar tashkil etadi? A koordinatalar sistemasi


Download 42 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi42 Kb.
#1004101
Bog'liq
1-16 2003





1. Sanoq sistemasini nimalar tashkil etadi?
A) koordinatalar sistemasi
B) koordinatalar sistemasi va vaqtni o’lchaydiagn asbob
C) sanoq jism va vaqtni o’lchaydigan asbob
D) sanoq jism, unga bog’langan sanoq sistemasi va vaqtni o’lchaydigan asbob.
2. Vaqtning asosiy xossalari nimalardan iborat?
A) chegarasi yo’q, bir o’lchamli
B) uzluksiz, barcha yo’nalishlarda bir xil
C) uch o’lchamli, hamma onlari bir xil
D) bir o’lchamli, faqat oldinga o’tadi
3. Quyidagilardan qaysilari ilgarilanma harakat turiga kirmaydi.
A) yerdan ko’tarib stol ustiga qo’yilgan jomadon
B) metropoliten eskalatori pog’onalari
C) dumalab ketayotgan silindr idish
D) istirohat bog’idagi charxpalak kabinasi
4. Havo shari 600 m balandlikka ko’tarilish davomida 800 m sharq tomonga ham uchib bordi. Havo sharining yo’lini toping (m).
A) 1000 m B) 700 m C) 1400 m D) 800 m
5. Uzunligi 150 m va tezligi 54 km/h bo’lgan poyezd 300 m uzunlikdagi ko’prikni qancha vaqtda bosib o’tadi (s)?
A) 15 B) 30 C) 45 D) 60
6. Otliq birinchi 40 minutda 5 km yo’l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s).
A) 0,5 B) 1 C) 1,5 D) 2,5
7. To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik vektorining …
A) moduli va yo’nalishi o’zgarmas saqlanadi
B) moduli tekis oshib, yo’nalishi o’zgarmay qoladi
C) moduli tekis kamayib, yo’alishi o’zgarmaydi
D) moduli va yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turadii
8. Tekis sekinlanuvchan harakat qilayotgan jism 2,5 s davomida tezligini 90 sm/s ga kamaytirdi. Jism tezlanishi qanchaga teng (m/s2)?
A) -0,36 B) 0,36 C) -0,18 D) 36
9. Lift pastga 3 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Uni ichida turgan 10 kg massali yukni gorizontal yo’nalishda surishda, yuk va sirt orasida qancha ishqlanaish kuchi hosil bo’ladi? (μ=0,02)
A) 1,4 N B) 2 N C) 0,6 D) 2,6 N
10. Avtobus keskin tormozlanganda, avtobus ichidagi yo’lovchilar qaysi tomonga og’adi?
A) o’ng tomonga B) chap tomonga
C) orqaga D) oldinga
11. O’lchamlari 2x2,5x4 m bo’lgan xonadagi havoning massasini toping. Havoning zichligi ρh=1,29 kg/m3.
A) 12,9 kg B) 1,29 kg C) 25,8 kg D) 258 kg
12. Gorizontga 45o burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan tosh qanday uzoqlikka borib tushadi (m)?
A) 20 B) 40 C) 10 D) 34,8
13. Botiq ko’prikda harakatlanayotgan avtomobilning og’irligi gorizontal yo’ldagidan 1,1 marta ortiq bo’lsa, avtomobil tezligini toping (m/s). Ko’prikning radiusi 9 m.
A) 11 B) 8 C) 9 D) 3 E) 10
14. Agar yerda erkin tushish tezlanishi g0=10 m/s2 bo’lsa, Yer sirtidan h = R0 balandlikda jismni erkin tushish tezlanishi aniqlang (m/s2).
A) 2,5 B) 5 C) 7,5 D) 10
15. Yuqoriga 60 m/s tezlik bilan tik otilgan 55 m balandlikka ko’tarilganda uning tezligi qanday bo’ladi?
A) 30 m/s B) 40 m/s C) 50 m/s D) 45 m/s
16. Motorli qayiq 10 km/soat tezlik bilan qirg’oqqa perpendikulyar holda harakatlanadi. Qayiqning suv sirti bilan 300 burchak tashkil qilgan daryo tubidagi soyasi qanday tezlikda (m/s) harakatlanadi? Quyosh zenitda(eng baland, cho’qqi) turibdi.
A) 11,8 B) 8,5 C) 3,3 D) 5
17. Jism harakat boshlanganidan keyin sakkizinchi sekundda S = 30 m yo’lni bosib o’tgan bo’lsa, uning o’n beshinchi sekunddagi yo’lini toping(m).
A) 105 B) 90 C) 85 D) 58
18. Jism biror balandlikdan tushadi va 4 s vaqtda oxirgi h=196 m masofani bosib o‘tadi. Jism jami qancha vaqtda tushadi.
A) 7 s B) 8 s C) 9 s D) 14 s
19. 40 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning u otilgandan 3 s vaqt o’tgandan keying tezligini toping(m/s).
A) 30 B) 40 C) 45 D) 50
20. Egrilik eadiusi R=90 m bo’lgan qavariq ko’prikdan m=2 t massali avtomobil v=54 km/soat tezlik bilan o’tmoqda. Ko’prikning qaysi nuqtasida avtomobilning bosim kuchi F=5 kN ga teng bo’lishini aniqlang.
A) vertikal bilan 60o B) vertikal bilan 30o
C) gorizont bilan 45o D) gorizont bilan 15o
21. Jismning harakat tenglamasi X=3+t2 – 4t [m] ko’rinishda bo’lib, jismning tezligi nolga teng bo’lgan vaqtda koordinata qanday bo’lishini aniqlang.
A) 1 m B) -1 m C) 2 m D) -2 m
22. Metall simning bikrligi 3 marta ortishi uchun uning uzunligi 2 marta qisqartirildi. Bunda uning ko’ndalang yuzasi qanday o’zgargan?
A) o’zgarmagan B) 1,5 marta organ
C) 1,5 marta kamaygan D) 6 marta ortgan
23. 2 rad/s burchak tezlik va 9 m/s chiziqli tezlik bilan aylanma harakat qilayotgan jismga ta’sir qiluvchi markazdan qochma kuch 36 N. Jismning massasini toping.
A) 1 kg B) 0,33 kg C) 0,166 kg D) 2 kg
24. 4000 km radiusli sferik sayyorada sutkaning davomiyligi 15 soatga teng. Uning 60° kengligida joylashgan nuk,talar sayyoraning sutkalik aylanishi xisobiga k,anday (m/s) tezlikka ega buladilar?
A) 233 B) 279 C) 349 D) 436
25. Zambarakdan to’p gorizontga 15o burchak ostida 80 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilib chiqdi. Uning ko’chishini toping.
A) 80 m B) 160 m C) 320 m D) 400 m
26. Tinch turgan mashinaning oldidan 72 km/h o’zgarmas tezlik bilan avtobus o’tib ketdi. Mashina qanday tezlanish bilan harakat qilsa, avtobusni 8 s da quvib o’tadi?
A) 20 m/s2 B) 8 m/s2 C) 2 m/s2 D) 5 m/s2
27. Sportchi uzoq masofaga yugurmoqda. U yo’lning birinchi uchdan birini 6 m/s tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa 3 m/s tezlik bilan bosib o’tdi. Sportchining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezlgini toping.
A) 4,5 m/s B) 5 m/s C) 3,6 m/s D) 4,2 m/s
28. Jism yuqoriga arctg6 burchak ostida otildi.
Uning ko’tarilish balandligi uchish uzoqligidan necha marta katta?
A) 2 marta B) 3 marta
C) aniqlab bo’lmaydi D) 1,5 marta
29. 40 sm radiusli disk 5 Hz chastota bilan aylanmoqda. Diskning eng chekka nuqtalarining chiziqli tezligini toping.
A) 12,5 m/s B) 10 m/s C) 6,28 m/s D) 7,1 m/s
30. Jismning mexanik harakatini o’rganishda koordinatalar sistemasi qanday maqsadda beriladi?
A) jismning boshlang’ich koordinatalarini aniqlash maqsadida
B) jismning fazodagi vaziyatini vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini aniqlash maqsadida
C) jismning boshqa jismlarga nisbatan tinch yoki harakatda ekanligini aniqlash maqsadida
D) jismning harakatda yoki harakatsiz ekanligini aniqlash maqsadida
31. Birinchi jism yuqoriga 20 m/s boshlang’ich tezlik bian otildi. 1 s dan keyin ikkinchi jism yuqoriga 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan otildi. Birinchi jism otilganidan qancha vaqtdan keyin ular uchrashadi?
A) 2 s B) 1,75 s C) 1,33 s D) 1,44 s
32. Aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s va uning tezlik vektori 2 s ichida 120o ga o’zgardi. Uning markazga intilma tezlanishi toping (m/s2).
A) 2,82 B) 3,46 C) 2,24 D) 4
33. Jism yuqoriga qanday tezlanish bilan harakatlansa, uning yuklanishi 3,7 ga teng bo’ladi (m/s2)?
A) 37 B) 27 C) 17 D) 47
34. Motosiklchi yo’lning egri qismida 10 m/s tezlikda va vertikaldan 45o ga og’ib o’tdi. Yo’lning egrilik radiusini toping.
A) 20 m B) 14,1 m C) 10 m D) 17,3 m
35. Quyidagilardan qaysi biri bikrlikning birligi hisoblanadi?
A) N/m B) N/m2 C) N·m D) kg·m/s
36. Kater A punktdan B punktga oqim bo’ylab 30 minutda bordi va A punktga 1 soatda qaytib keldi. Katerning turg’un suvdagi tezligini toping. (A va B punktlar orasidagi masofa 3,6 km)
A) 2 m/s B) 1,8 m/s C) 1,5 m/s D) 1 m/s


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling