1-savol. Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan
Download 11.67 Kb.
|
1-savol. Ushins-WPS Office
1-savol. Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan.Uning "Bolalar dunyosi va xrestomatiya", (1861), "Ona tili" (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridir.[1]D. . Ushinskiy tarbiyada xalq ruxining eng yaxshi ifodasi ona tili ekanligini, rus bolalarini o‘qitishda rus tili asos bo‘lishi kerakligini, boshlang‘ich maktablardagi ta’lim xam bolalarni rus tarixi, Rossiya geografiyasi va uning tabiati bilan muntazam tanishtirilib borilmog‘i kerakligini bir necha bor aytib o‘tadi va buni aniq misollar bilan isbotlab boradi. 2-SAVOL. Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi. Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.Aqliy hujum» metodidan foydalanilganda ta‘lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Aqliy hujum» metodining bosqichlari:111.Ta‘lim oluvchilarda savol tashlanadi va ulardan ushbu savol bo´yicha o‘z javoblari (fikr, goya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.222.Ta‘lim oluvchilar savol bo´yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishadi.333.Ta‘lim oluvchilarning fikr- g´oyalari (magnitofondan, videotasmadan rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to´planadi.444.Fikr-g´oyalar ma‘lum belgilar bo´yicha guruhlanadi.555.Yo‘qorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi Klaster metodi (g‗uncha, bog‗lam) pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‗lib, u o‗quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‗ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Klaster metodi pedagogik, dadaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikirni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikirlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Undan foydalanish inson miya faoloyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muyyan mavzuni o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilgunga qadar fikirlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Metodning tavsifi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan.Metodning maqsadi. O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish.Metodning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. 3-SAVOL.Ma’ruza – bu aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni ma’ruzachi tomonidan tinglovchilar guruhiga bir maromda yetkazish metodi hisoblanadi. Odatda ma’ruzada tinglovchilar auditoriyasi nofaol qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi.Maruza turlari: 1. Didaktik vazifasiga ko'ra: kirish maruzasi, mavzu boyicha mariza, yakuniy(umumlashtiruvchi(maruza.2.Maruzani rejalashtirishdagi ustuvor funksiyalarni amalga oshirish mazmuniga ko'ra: muammoli, tashkiliy yonaltiruvchi, maruza-dialog, hodisaviy maruza. Kirish ma’ruzasi. Bunday ma’ruzaning vazifasi talabalarga fan to‘g‘risida umumiy yo‘nalish berish, ularda qiziqish uyg‘otish, quyilgan savollar bo‘yicha mustaqil fikrlash va javoblar izlashga yo‘naltirishdan iborat. Bunday ma’ruzada tashkiliy-yo‘naltiruvchi va motivatsion funksiyalar ustun turadi. Mavzu buyicha ma’ruza. Bunday ma’ruzada aniq bir muammo yoki mavzu bo‘yicha ma’lumotlar namoyish etilib, tahlil qilinadi, xulosa chiqarilib isbotlanadi. Ma’ruzani rejalashtirishda axborot berish, tashkiliy-yo‘naltiruvchi va metodologik funksiyalarga ko‘prok e’tibor qaratish talab etiladi. Yakuniy yoki umumlashtiruvchi ma’ruza. Bunday ma’ruzadan maqsad –o‘quv semestri davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha berilgan materiallarning asosiy g‘oyasi va mohiyatini maksimal darajada qisqa shaklda berib, ob’ektlar va holatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda bog‘lanishlarni ajratib tizimlashtirishdan iborat. 4-SAVOL.An’anaviy metodlar deganda – ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan va ta’lim oluvchilar nisbatan passiv ishtirok etadigan metodlar tushuniladi. An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, namoyish, taqdimot, savol-javob, to’rt pog’onali metodlar kiradi. O’quv amaliyoti mashg’ulotlarida o’tiladigan mavzu ancha murakkab bo’lganda, “To’rt pog’onali” metod ko’p hollarda ta’lim jarayonining birdan – bir qo’llaniladigan samarali metodi bo’lib qolmoqda. Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi: 1) evrestik suhbat; 2) bahs usuli; 3) aqliy hujum; 4) davra stoli; 5) ishbilarmon o'yinlar usuli; 6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Ularning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 5-SAVOL-Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi.Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, bo’lish hamda ko’paytirish qoidalarini yaratgan.Muhammad al-Xorazmiy o’zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’imoti ta’lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur YUnon faydasufi Arastudan keyin SHarqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o’zi targ’ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko’rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta’kidladi. U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta’kidlaydi. Bilim olishda tushunib o’rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog’liq degan g’oyani ilgari so’radi.Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o’rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as - Saidona», «al – Qonuni al - Mas’udiy», «Giodeziya» va boshqa asarlarida ko’ramiz. Download 11.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling