1-seminar Mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi Reja
Download 24.69 Kb.
|
Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish
1-seminar Mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi Reja Prezidentimiz asarlarida barkamol shaxsni shakllantirish masalalari. Milliy tarbiyaning asosiy mezonlari. Sizningcha barkamol shaxs kim? Tarbiva — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Keng ma’noda trbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisini anglatadi. Shuningdek, keng ma’noda tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ilish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy axloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan pedagogic faoliyatni anglatadi. Tarbiva jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo'shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g'oyalariga amal qilishni talab etadi. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo`lib, unga tarbiya mohiyatin yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv omillar ko‘zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o ‘qituvchi faoliyati, balki o'quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o ‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o ‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O'zida insoniy sifatlarni namoyon eta oigan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati o ‘zining uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni - bu o‘qituvchi va o ‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O ‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini toldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g ‘oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o ‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati - bu uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtirila boriladi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik tavsifiga ega bo`lishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi, o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o ‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishni talab etadi. Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulk-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar xaqida fikrlashib, o’z maksadlarini kanday suzlar bilan tushuntirishlariga katta axamiyat berishgan. Ular farzandlarining kurslik kilishi, kattalar suxbatiga aralashishi, nojuya ishlariga zinxor-bazinxor yul kuymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muxim tomoni deb karaganlar. Ammo, ming taassufki, yakin tariximizda sharkona tarbiya, axlok-odobning ming yillik tajribalardan «estetik sarkiti» deb voz kechdik, uzligimizni unutayozdik. Axloksizlik, xayosizlik, ichkilikbozlik, kadimiy merosimizdan nafratlanish asosida kurilgan «yangi axlok» zurlab targib kilinadi. Bu «ovrupacha odob»ning samaralasini, xalkimiz boshiga solgan kulfatlarini, ma’naviyatimizga yetkazgan zararlarini bugun xammamiz kurib turibmiz. Sharkona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya koidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Kur’oni karim oyatlari mazmuni, Paygambar alayxissalom xadislari, shark allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bulib xizmat kilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar xayotining barcha kirralarini, xatto mayda jixatlarigacha kamrab olgan. U gudaklarni emizishdan tortib, kanday kiyintirishgacha, ovkatlanish odobidan tortib, kucha-kuyda, kattalar koshida uzini kanday tutish lozimligigacha barcha jixatlarni uz ichiga olgan. eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning xalol, pok, mexnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniksa, ota-onani xurmatlash ruxida tarbiyalashni shart kilib kuygan. Janobi Rasulullox xadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom kilish bilan birga axlokodobini xam yaxshilanganlar!», «Xech bir ota uz farzandiga xulku odobdan buyukrok meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir xadisda esa: «Mumin kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulkdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz xamisha barkamol insoon shaxsini tarbiyalashga intilganlar va uz farzandlari, maxalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bulishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish xammaning vijdoniy burchi deb karalgan. Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruxiy najot yulini kidiradi. Shu orzu-intilish samarasi ularok, ma’naviyat boobida bekiyos kashfiyotlar kilingan. Komilinson xakidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini kuzda tutadi. Komillik bu – insonning Yerda kilgan xamma ishlari ma’naviy e’tikod bilan sugorilishidir. Uzbek xalki uz madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar daavomida aklu zakovatga, komusiy bilim va kobiliyatga ega bulgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayxon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulugbek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogaxiy kabi komil insonlar yetishib chikdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalkimiz magrur yashadi, mexnat kiladi, doimo xurriyat va erk sari intildi. Bizga ma’lumki, Abu Ali ibn Sino buyuk komusiy olim sifatida tibbiyot, riyoziyot (matematika), falakiyot, fizika, kimyo, biologiya, dorishunoslik, ruxshunoslik, fiziologiya, filologiya, falsafa, axlok va badantarbiya kabi kuplab fanlarning yetuk bilimdoni bulgan. Uning akl-zakovati, yaratgan asarlari Urta Osiyodagina emas, balki Shark va Garbiy Ovrupo mamlakatlarida xam xurmat bilan tilga olinadi. U xar tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug inson bulgan. Abu Ali ibn Sino yigirma turt yoshida ilmlarning xammasidan xabardor bulib, Buxoroda olimlar bilan bulgan baxsda ularni mot kilganligi ma’lum. Bunday muvaffakiyatga olim kamolotga erishganligi tufayli muvaffak bulgan edi. Abu Ali ibn Sino uz xayoti va faoliyati davomida doimo ezgulikka intilgan komil inson bulgan. Uning nomi va asarlari xamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga utib yuraveradi. Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato kiladi. Inson uz faoliyati mobaynida, nukson va kamchiliklarga xam yul kuyadi. Ammo shu nuksonu kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka xarakat kiladigan kishi barkamol insondir. Bu xakda Alisher Navoiy shunday degan: Nokis uldirkim, uzin komil degay, Komil ulkim, nuksin isbot aylagay. Inson kamolotiga chek-chegara yuk. Muttasil kamolat sari intilmok – tarakkiyot boisidir. Kishi umrini baland ximmat bilan boyitmogi shart. Yuksak maksadlar sari intilmok, insoniyatga naf yetkazib yashashni xayotning mazmuni deb bilmok-ximmat balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday degan: Birovkim, anga ximmat uldi baland, Erur olam axli aro arjumand Ani, anga mufliski yuk ximmati, Chu yuk ximmati, yuk aning xurmati. Utmish ma’naviy merosimiz komil inson goyasi bilan charogon. Xazrat Alisher Navoiy dostonlarining xar biri komillikning uziga xos mezonidir. Darxakikat, Navoiy asarlarining xar bir saxifasi, misrasi va xulosasida ana shu mezon zur kuch bilan tashvik etila boradi. Chunonchi, buyuk shoirning «Arba’in» asarida kuyidagi xikmat, ayniksa, muximdir: El aro yaxshirok, deding, kimdur, Eshitib shubxa ayla raf andin. Yaxshirok bil ana ulus arokim, Etsa kuprok ulusga naf andin. Ya’ni, el orasidagi eng yaxshi odam – ulusga (xalkka) kup foyda yetkazgan kishidir. Inson koinotdagi barcha mavjudotlar ichida xammadan ulugi xisoblanadi. Uning kamolati oldida akl xayron koladi, chunki, inson xakikat xakida chukur uylaydi. Kamolat yuliga chikish uchun u asta-sekin uzligini izlaydi, olimni tanlaydi. Alisher Navoiy «kamol et kasbkim» deya da’vat kilganlarida komillik uchun zarur juda kup xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi uzini xirs-ta’ma, nafs, gaflat, nodonlik singari mayllardan poklamsa, xech payt komil bula olmaydi. «Olam uyi»da yashash – uning fukarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jaxon farzandi mavkeiga kutarilishini xoxlagan. Xuddi shu mavkeni esa kamolatning oliy chukkisi deb bilgan. Navoiy uz davrida komil insonlarni «axli ma’ni» deb bilgan. «Axli ma’ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz xaloyikning ongida ma’ni chukurligi bulmaydi. Fikrlash – xakikatni anglashdir. «Axli ma’ni» deganda okil va dono, kamtar va olijanob, xakikatparvar va va fidoiy kishilarni tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bulgan kishilarning tafakkuri kilishi keng buladi. Chunki ular akl oddiy suz va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, ishk, dard tuxfalaridan kamol topgan buladi. Inson guzal xislatlar, yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umid-niyatlar bilan komillikka – kamolatga intilib boradi. Xayotning xamma achchik-chuchugini, bulardan namunayu ibrat olib, yashash va yaratish iktidoriga erishadi; inson minglarcha yillar mobaynida boshidan kechirgan barcha tajriba-saboklaridan xulosa chikarib, munavvar yulga chikkan. Dunyoda insonga tuxfa etilgan akl ne’mati shunday kudratli kuchki, u bilan odam uzini istagan xolatda tarbiya eta oladi, xar kanday azob-mashakkatni, xar kanday yomonlikni, eng murakkab muammolarni xam akl ne’mati bilan yengadi va xal etadi. Ruxiy kamolat odam kalbida ezgulikning yuksak koshonasini yaratadi. Akl-zakovatning kamoli ukish, urganish, taxlil etish, idora kilish, e’tikod kuyish, xayot tajribasini egallash bilan ruyobga chikadi. Yosh nixolning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga boglik bulganidek, odam bolasining komil inson bulib yetishishi uchun uni murgaklikdan tarbiyalashga e’tibor berib borish lozim. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘qrisida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan ma'naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me'yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta'minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e'tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub'ekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta'lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta'minlangan sharoitda uning shaxsiga ta'sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi. Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi. Download 24.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling