Komil inson tushunchasi


Download 63.98 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi63.98 Kb.
#1530497
Bog'liq
Komil inson tushunchasi

Komil inson tushunchasi

Tashboltayeva sabrina

17-20 guruh

Komil inson haqida har olimning o’zi “haqiqat” deb bilgan fikrlari bo’ladi. Komil inson degani aslida kamolotga yetgan ish-harakatlari hamma uchun to’g’ri hisoblangan, to’g’ri yo’ldagi insondir. Qisqasi, boshqalarga o’rnak bo’ladigan insonni komil inson deymiz.

Inson ikki kuch ta’siri ostida bo’ladi: nafs va ma’naviyat. Boshqacha qilib qaytganda, insonda ikki xil sifat mavjud: ruhoniy (farishtalik sifati) va nafsoniy (hayvonlik sifati). Bular o’rtasida hamisha kurash davom etadi. Insondagi ruhiniy sifat hamisha yaxshilik tarafdoridir, nafsoniy sifat esa yomonlikka olib boradi. 

Insondagi ko’p xislatlar xuddi hayvonlarniki kabidir, Masalan: hammamiz yeb ichamiz, uy quramiz, oila quramiz, birov bilan janjal qilamiz, g’azab qilamiz, uxlaymiz va hokazo. Bu ishlarda biz hayvonlar bilan barobarmiz. Xuddi ular qilgan ishni takrorlaymiz, ammo insondagi sharoitlar biroz qulaylashgan. Bular hammasi bizning hayvoniy sifatlarimizdir. insonda farishtalik sifati ham bor, bular: fikrlash, ilm, aql, o’zaro suhbatlashish, yaxshilik qilish, Allohga ibodat qilish, duo qilish, xayr ehson qilish, nasihat qilish va hokazo ishlar esa yer yuzida hech bir hayvonga xos emas. Aynan mana shu ishlar bilan inson hayvondan farqlidir.

Komil inson – ideal inson bo’lish uchun nima qilish keak? Komil inson haqida har olimning o’zi “haqiqat” deb bilgan fikrlari bo’ladi. Komil inson degani aslida kamolotga yetgan ish-harakatlari hamma uchun to’g’ri hisoblangan, to’g’ri yo’ldagi insondir. Qisqasi, boshqalarga o’rnak bo’ladigan insonni komil inson deymiz. Xo’sh, qanday qilib shunday darajaga erishish mumkin. Nimalar qilish kerak? buning iloji bormi?

Inson ikki kuch ta’siri ostida bo’ladi: nafs va ma’naviyat. Boshqacha qilib qaytganda, insonda ikki xil sifat mavjud: ruhoniy (farishtalik sifati) va nafsoniy (hayvonlik sifati). Bular o’rtasida hamisha kurash davom etadi. Insondagi ruhiniy sifat hamisha yaxshilik tarafdoridir, nafsoniy sifat esa yomonlikka olib boradi. Insondagi ko’p xislatlar xuddi hayvonlarniki kabidir, Masalan: hammamiz yeb ichamiz, uy quramiz, oila quramiz, birov bilan janjal qilamiz, g’azab qilamiz, uxlaymiz va hokazo. Bu ishlarda biz hayvonlar bilan barobarmiz. Xuddi ular qilgan ishni takrorlaymiz, ammo insondagi sharoitlar biroz qulaylashgan. Bular hammasi bizning hayvoniy sigatlarimizdir. insonda farishtalik sifati ham bor, bular: fikrlash, ilm, aql, o’zaro suhbatlashish, yaxshilik qilish, Allohga ibodat qilish, duo qilish, xayr ehson qilish, nasihat qilish va hokazo ishlar esa yer yuzida hech bir hayvonga xos emas. Aynan mana shu ishlar bilan inson hayvondan farqlidir. Komil inson bu shunday isnonki, o’zidagi nafsoniy istaklarni kamaytirib, ruhoniy sifatlarni rivojlantirgan bo’ladi.

Qanday qilib komil inson bo’lish mumkin? Albatta, bu biroz mashaqqatli yo’l, ammo oxiri rohat va xotirjamlikdir. Bu yo’l insonni narigi dunyoda jannatga olib borishi mumkin.

Komillik yo’li - Jahl va g’azab qilmaslik - Doim rost so’zlashish - Saxiy bo’lish, kambag’allarga yordam berish - Ota ona va qarindoshlarga yaxshi muomalada bo’lish - Birovni g’iybat qilmaslik - Birovni haqini olmaslik, oldi berdi va qarz muomalasida to’g’ri bo’lish - Vadasiga vafo qilish, aytganini bajarish - Halol taomlar yeyish, ichkilik va tamakidan uzoq bo’lish - Odamlar haqida yaxshi gumonda bo’lish, atrofidagilardan shubha qilmaslik - Zino qilmaslik, begona ayollar bilan behuda suhbatlashmaslik. - Yaratganga shukr qilish, masjidga qatnab turish. - pul, boylik, mansab uchun yugurmaslik. Halol mehnatda bo’lish va hokazo.

Agar siz komillikka intilsangiz, haqiqiy hayotni boshlaysiz. Behuda g’am va stressdan qutulasiz. Hayotni anglay boshlaysiz.

HIKMATLAR

  • Har birimiz shu dunyo sahnasini obodligiga hissa qo’shmoqdamiz. Hech kim behuda yaratilmagan. Nazarimizda biz o’zimiz uchun ishlayotgandek, lekin aslida biz shu ishimiz bilan dunyo sahnasini obod qilmoqdamiz
  • Yoshlikda sizga o’rgatib qo’yishgan fikrlarga yopishib olmang. Har bir ishongan narsangizni tekshirib ko’nglingiz taskin topsin. Masalan, oyog’idan daraxtga bog’langan qush baland parvoz qilolmaydi. Agar siz ham o’zingizni biror aqida yoki e’tiqodga bog’lab qo’ysangiz boshqa ilmlarni o’rganolmay qolishingiz mumkin. Haqiqatni izlang.
  • Samimiy, yurakdan gapir, Xayolingda rejalaganini emas vaziyat talab qilganini gapir.
  • Ipak qurtini ko’rganmisiz? Dastlab chuvalchang bo’lib yashil barglarni yeb o’zini semirtiradi. Juda ochko’zlik bilan oziqlanadi. Keyinchalik o’zini o’zi o’rab oladi. Barg yeyishdan voz kechadi. Bir necha kundan keyin sekin asta u kapalakka aylanadi. Inidan chiqib parvoz qiladi. Endi esa barg yemaydi, balki guldan gulga qo’nib, sayr qiladi. Gullarni tomosha qilib zavq oladi. Aytingchi, avvalgi ochko’zlik bilan barg yegani afzal edimi, yoki bulardan voz kechib kapalakka aylangani va gullarga qo’nib yurgani afzalmi? Insonning ham yeb ichishi xuddi ipak qurtining chuvalchanglik paytiga o’xshaydi. Nafz orzularidan voz kechgan odam esa kapalakka aylangan kabidir. Endi u ilmu hikmat gullaridan bahra oladi.
  • Qalbingizga ilmu hikmat kirishi uchun uni behuda narsalardan bo’shating, Zikr bilan tozalang.
  • Donishmandlik sukut saqlash, kam so’zlashdan boshlanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 63.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling