Mavzu: Hashoratlarning rivojlanish davrlari to`la va chala metomorfozlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.9 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1556151
  1   2   3   4
Bog'liq
Hashoratlarning rivojlanish davrlari to`la va chala metomorfozlari


Mavzu: Hashoratlarning rivojlanish davrlari to`la va chala metomorfozlari
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Hashoratlarning rivojlanish davrlari
2.2. Hashoratlar to`la va chala metomorfozlari
2.3. Hasharotlarning tuxum lichinka va g’umbak fazalari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hasharotlar va ularga yaqin umurtqasizlar entomologiyaning o’rganish obyekti bo’lib, hayvonlarning o’ziga xos guruhini tashkil etishadi. Yer yuzida tarqalgan barcha tirik organizmlar ichida tur miqdori jihatidan hasharotlar birinchi o’rinni egallaydi. Hasharotlar juda ko’p ekologik nishalarni egallagan. Masalan: boshqa hasharotlarda yashaydi, tirik yoki o’lik o’simliklar bilan oziqlanadi, yuqori tuzilgan hayvonlar tapnasida yoki ichki organlarida uchraydi. Ko’pchilik hasharotlarning kattaligi 1-2 mm ni tashkil etsa ham ularning tanasI, to’qimalari, organlari yuqori umurqali hayvonlarniki singari murakkab tuzilgan. Ko’pgina hasharotlar yuqori reprooduktiv potensialga ega.
Hasharotlar oziq ovqat sifatida odamlar singari tabiiy mahsulotlardan foydalanganligi va ularning ko’pchiligi turli yo’llar bilan bizning salomatligimizga ta’sir ko’rsatganligi uchun hasharotlar odamlarning oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Ba’zan hasharotlar insoniyatni bunday raqobatda yengib chiqqandek tuyuladi, lekin hozirgi vaqtda bu mayda ko’p sonli raqiblarga nisbatan murakkab muvozanat o’rnatishga erishilgan. Lekin bu muvozanatni ushlab turish va odam g’alabalarining qiymati borgan sari ortib bormoqda. Hasharotlar odamga har doim zarar yetkazib kelgan. Ilk paydo bo’lgan odamlarni burga, bit va pashshalar bezovta qilgan. Odam populyasiyasining oshishi natijasida ektoparazitlar - bit va burgalar soni ham ortdi. Buning sababi bu xujayinlar sonining ortishidir. Bu esa hasharotlarning tarqalishi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratilishiga olib keldi. Xuddi shu omillar epidemiyalarning tarqalishiga sabab bo’lgan, jumladan hasharotlar yordamida tarqaladigan kasalliklar ham bor. Bu epidemiyalar natijasida butun shaharlar aholisi qirilib ketgan. Masalan: Rimda 2-chi asrda tarqalgan bubon vabosi epidemiyasini tarqalishida burgalar sababchi bo’lgan. Hasharotlar nafaqat odamlarning sog’ligiga zarar yetkazadi. ular oziq - ovqat mahsulotlarining buzilishga hamda yo’qolishiga sababchidir. Zararkunanda hasharotlar har yili millionlab tonna mahsulotlarni yo’q qilishayapti.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling