1. Shokir sakkizlik sanoq sistemasida [54; 73] oraliqdagi barcha butun sonlarni yozib chiqdi. Sanjar esa shu sonlardan 6 raqami qatnashgan barcha sonlarni o‘chirib tashladi


Download 14.8 Kb.
Sana18.06.2020
Hajmi14.8 Kb.

INFORMATIKA

1. Shokir sakkizlik sanoq sistemasida [54 ; 73] oraliqdagi barcha butun sonlarni yozib chiqdi. Sanjar esa shu sonlardan 6 raqami qatnashgan barcha sonlarni o‘chirib tashladi. Qolgan sonlar yig‘indisini sakkizlik sanoq sistemasida aniqlang va o‘n to‘rtlik sanoq sistemasiga o‘tkazing?

A) 14B B) 1C2 C) 10B D) 1122

2. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari 69 nafarni tashkil etadi? Imtihonlar paytida maxsus qurilma imtihondan o‘tgan har bir o‘quvchining raqamini barcha o‘quvchilar uchun bir xil uzunlikdagi minimal sonli bitdan foydalanib qayd etadi. 48 nafar o‘quvchi imtihondan o‘tganda qurilma xotirasining qancha hajmi (baytlarda) ishlatiladi? A) 36 bayt B) 48 bayt C) 30 bayt D) 42 bayt

3. A=“IO.SYS – ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli.”, B=“Free and Open Source Software – mutlaqo bepul, birlamchi kodi yopiq dasturiy ta’minot.”, C=“FoxPro – ma’lumotlar omborini boshqarish sistemasidir.” Shu mulohazalar asosida quyidagi ˥(A˄˥C)˅(˥B˅A)˄˥(˥C˄B) mantiqiy ifodaning natijasini toping?

A) Rost B) Ba’zi mulohazalarning qiymatini aniqlab bo‘lmaydi.

C) Yolg‘on D) Ifodada xatolik bor.

4. MS Excel. A1=-7, B1=9, B2=4 bo‘lsin. Quyidagi formula natijasi 17 ga teng bo‘lishi uchun A2 katakka kiritilishi kerak bo‘lgan qiymatni aniqlang. =ЕСЛИ(35>СЧЁТЕСЛИ(A1:B2;"> –3")*12; ПРОИЗВЕД(B1:B2)/КОРЕНЬ(B2)-6; СРЗНАЧ(A1:B2)*МИН(A2:B2))

A) 11 B) –5 C) –2 D) 6

5. Paskal tilida quyidagi dastur qismining bajarilishi natijasida ekranga chiqariladigan axborotlarni aniqlang: var x, y, z : string; begin y:='Raxmonov'; z:='21-maktab'; delete(z,8,1); x:=copy(y,trunc(length(y)/2),4); insert('u',z,8); delete(x,2,2); insert(copy(z,6,4),x,3); write(x); end.

A) maktub B) monov C) moktub D) 21-mak
6. Kompyuter tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilganda har bir foydalanuvchi faqat S, A, L, O, M belgilaridan iborat 15 ta belgili parolni oladi (bunda 5 ta belgilar ishlatiladi). Kompyuter tizimidagi har bir parol bir xil uzunlikdagi minimal sonli bitdan foydalanib yoziladi. 30 ta parolni qayd etish uchun ushbu tizim tomonidan ajratilgan xotira hajmini toping.

A) 180 bayt B) 350 bit C) 168,75 bayt D) 16,875 Kbayt


7. Qaysi xatolik MS Excel katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilishini bildiradi?

A) #ПУСТО! В) #ССЫЛКА! С) #ИМЯ? D) #ЧИСЛО!


8. Dots per inch (dpi) so‘zining ma’nosini toping? A) Bir qiymatli nuqtalar B) Bir dyumli nuqtalar C) Bir o‘lchamli nuqtalar D) Bir vektorli nuqtalar
9. Berilgan mantiqiy ifodalardan (AvB)ᴧ˥C mantiqiy ifodaga teng kuchli bo‘lganini toping.

A) ˥AvBv˥C B) ˥(˥A˄˥B)ᴧ˥C C) (˥AvB)ᴧ˥C D) (˥Av˥B)ᴧC


10. Quyidagi dastur bajarilgach P o‘zgaruvchining qiymatini aniqlang: Var g, p : integer; begin P:=-2; for g:=p downto -9 do p:=p+abs(g); write(P); end.
A) -96 B) 46 C) -38 D) 42
Download 14.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling