4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana21.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1792800
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Corel maruzalar



4-mavzu. 
Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash

Reja 
1- 
CorelDraw 
muharrirning dasturiy paketidagi komponentlari.
2- Dasturning ishchi muhiti. 
Kanadaning Ottava shahridagi Corel korporatsiyasi grafik muhitda dasturlar 
yaratish bo‘yicha jaxonda yеtakchi o‘rinni egallaydi. Corel korporatsiyasi o‘zining 
mahsulotlarini samaradorligi va operatsion tizimlar bilan hamkorligini ta’minlash 
qatorida Windows, Macintosh, Unix, linux va Java platformalari uchun mahsulotlar 
yaratadi. Kompaniya o‘zining grafik dasturlari bilan shuxrat qozongan bo‘lib, 
CorelDraw bularning asosiysi hisoblanadi. Uning asoschisi doktor Maykl Kaupland 
hisoblanadi. CorelDraw takomillasha borib, juda ko‘p funksiyani bajaruvchi va ko‘p 
sohalarda qo‘llanuvchi vositaga aylanib bordi. Uning insturmental vositalar to‘plami 
yaratuvchanlik xarakterida ishlash uchun qulay bo‘lib ishning samaradorligini 
ta’minlaydi. 
Corel Draw – bu grafikli dastur bo‘lib, uning yordamida vektorli tasvirlarni, 
grafikli matnlarni hamda o‘z tasavvurimizdagi barcha g‘oyalarni amalga oshirishga 
yordam beradi.
Corel Draw dasturi ishlaydigan barcha tasvirlar ikki sinfga bo‘linadi: nuqtali 
va vektorli. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. 
Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar yordamida yaratilsa, vektorli grafikada 
esa tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan 
foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo‘ladi.
(CorelDraw dasturining hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan versiyalari) 
Boshqarish paneli dasturning ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchi o‘zining 
hoxishiga ko‘ra undagi panellar sonini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Unda 
joylashgan tugmalar hujjatlarni yaratish, ochish, saqlash, import, eksport, chop etish, 
almashish buferi bilan ishlash, noto‘g‘ri bajarilgan amallardan voz kechish
masshtabni o‘zgartirish va boshqa bir qator imkoniyatlarni beradi.
CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling