Reja: I. Kirish. Zahriddin Muhammad Boburning bolaligi
Download 20.43 Kb.
|
sevinch
Insho “Boburni anglash” Reja: I.Kirish. Zahriddin Muhammad Boburning bolaligi II.Asosiy qism : 1.Zakovatli sarkarda. 2.Bobur – mumtoz shoir. 3.Boburning yulduzli tunlari. III.Chiqish. Nega Boburni o’rganishimiz kerak ? Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim. (Zahriddin Muhammad Bobur) Biz turkiston aholisi o’tmishi boy , buyuk allomalar yetishib chiqqan o’lka hisoblanamiz . O’tmishdagi buyuk , qomusiy allomalarimiz nafaqat bizni , balki boshqa xalqlarni ham , hozirgacha o’z qoldirgan madaniy meroslari bilan lol qoldirib kelmoqda . Ulardan biri 14-fevral kuni dunyoga kelgan , andijonlik bobomiz Bobur hisoblanadi . U yoshligidan shahzodalarga xos ulg’aydi . Kamondan o’q otish , ot minish kabi mashg’ulotlarni mukammal o’rgangan . Afsuski , uning bolaligi 12 yoshida o’z nihoyasiga yetdi . Sababi Boburning otasi Umarshayx Mirzo baxtsiz hodisa tufayli olamdan ko’z yumdi . Shu sababli , taxt 12 yoshli Boburga qolib ketdi . Albatta , u yosh bo’lgni uchun davlat ishlarini eng ishongan vaziri va onasi Qutlug’ Nigorxonim bilan birga boshqaradi . Bobur o’z yaqinlaridan juda ko’p xiyonatlarga uchraydi. U yurtini himoya qiladi, bunga nimadandir voz kechish kersak bo’lsa, o’sha narsadan voz kechishga tayyor bo’ladi. Nima bo’lganda ham, tug’ilib o’sgan joyidan kechib keta olmaydi. Bu orada ukasi hamda Shayboniyxon bilan juda ko’p marotaba jang qiladi . Jang qilish uchun esa, albatta mohir sarkarda bo’lish lozim. Zakovatli odam hech jangda yutilmaydi. To’g’ri, Bobut Shayboniyxon bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, qo’shini bilan surgun bo’lib yuradi. U ko’rmagan qiyinchilik qolmaydi. Hatto bir kun qo’shini bilan yurtini himoya qilishga ketayotganida shu darajada qor yog’adiki, qor odamning belidan keladigan bo’lgan. Shu payti yo’lchi yo’l topishda adashib qoladi va bir necha askarlarni orqaga qaytib boshqa yo’lchi topib kelishga jo’natib yuboradi. Tez orada bu yerga Qosim ismli yo’lchi o’z o’g’illari bilan yetib keladi. U aytadiki: “Bu yerda ikki yo’l bor, biri juda ham uzoq, bu yo’ldan yursak shaharni qo’ldan boy beramiz , ikkinchi yo’ldan yurish esa juda ham xatarli”- deydi . Xatarli bo’lsa ham ular ikkinchi yo’ldan yurishadi. Qosim va uning o’g’illari qorni oyoqlari bilan tepib yo’lni ochib beradi, bu payt Bobur ham otidan tushib, oyog’i bilan qorni tepib yo’lni tozalaydi. Shunday qilib ular 4 kun yurishadi va oxiri bir g’or topiladi , ular o’sha yerda qolishadi. Yo’lchi Boburga: “Shohim, g’orga kirib dam oling” – desa, Bobur: “Yo’q, axir meni orqamdan shuncha askalar yuribdi, ular qolib men g’orga kira olmayman.”-deydi. Keyinchalik bilinsa, g’orga 300 kishicha sig’sa bo’lar ekan. Buni bilib hamma g’orga kiradi, o’sha yerda isinib, ovqatlanishadi. O’sha paytda Bobur xatto o’limni o’ziga ravo ko’radi, ammo yurti uchun taslim bo’lmaydi, kurashadi. Keyingi kun, ular tepalikka duch keladi. Qor yoqqani uchun, ular qordan sirpanib, jarohatlarsiz pastga tushib olishadi. Pastga tushganlarida esa barcha xavf, mashaqqiyatlar ortda qolgani bilinadi. Ularni muvafaqqiyat kutib tuganini his qilishadi. Albatta, bularni barchasini bajarish uchun, kuchli iroda, sabr, zakovatlilik, bilim keak bo’ladi. Bobur zakovatli bo’lgani uchun ham bularni barchasiga erishadi Men keltirgan bu rivoyat Boburning “Boburnoma” asaridan olingan. Ana endi Boburning qanchalik qomusiy alloma bo’lganini bilib olasiz . Ko’pchilik Boburni “Shoh va Shoir” deb biladi. Chunki, Bobur ijod bo’yicha ham ko’pchilikni lol qoldirgan. Buni u yozib qoldirgan asarlar , ruboiylar va g’azallardan ham bilsa bo’ladi . uni ko’p ijodga boshlagan sabab bu menimcha vatan sog’inchi bo’lsa kerak. Buni u o’zi yozib qoldirgan “O’zga yurtda shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l” ikkiligidan ham bilsa bo’ladi. Chunki Bobur o’z yurtini tashlab, Hindistonga ketadi va o’sha yerda o’z hukmronligini o’rnatadi. Buni isboti qilib uning bu ruboiysini taqdim etaman. Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi. Albatta o’z tug’ilib o’sgan joyini , qarindoshlarini tashlab ketish oson emas . Sog’inch , davosi vido bo’lgan dard hisoblanadi , ammo Bobur bu dardiga davo topolmaydi . U ko’p ruboiy va g’azallarida bu narsani bayon qiladi . Ya’ni u vataniga qaytish uchun , bu hukmronlikdan voz kechishga tayyor bo’ladi . U ruboiylarida she’riy san’atlardan shu qadar mohironalik bilan foydalanadiki , buni ko’rib odam lol qoladi. Ayniqsa : “Qaddi alifu qoshing erur yo. Desam ne ajab seni agar oy” Bunda arab alifbosidagi “alif” vsa “yoy” harflari ishlatilmoqda. She’rda arab harflaridan foydalanish esa , “kitobat” san’ati deyiladi. Bundan tashqari , agar alif bilan yo harflarini birga yozib o’qilssa “oy” so’zi kelib chiqadi . Bunday o’xshatishlar ham ko’p shoir , adabiyotshunoslarning qo’lidan kelmaydi . Yana uning bu ruboiysi odamni hayratda qoldiradi: Hijronda, sabo, yetti falakka ohim, Gar ul sori borsang, budurur dilxohim Kim, arzi duo niyoz ila qilg‘oysen, Gar so‘rsa men xastani gulrux mohim. Bundagi “gulrux , mohim” so’zini 4 ma’noda tushunsa bo’ladi . 1-gulrux, mohim , ya’ni u yorini gul yuzli , oyim deb maqtamoqda . 2-Gulrux, mohim , ya’ni yorning ismi Gulrux va uni oyga qiyoslamoqda . 3- gulrux, Mohim, bunda uning yorini ismi Moh va uni gul yuzim deb maqtamoqda. 4-Gulrux, Mohim, bunda uning ikki yori Gulrux va Mohini tasvirlamoqda. Boburning Gulrux degan ham , Mohi degan ham ayoli bo’lgan , shuning uchun , bu 4 misolning hammasi to’g’ri ma’noga mos keladi . Ana endi, Boburning ijodiga lol qolmaslikning iloji yo’q . Albatta bu iste’dodini Boburning o’zi ham bilgan va zamonasining porloq yulduzi bo’lmish hazrat Mir Alisher Navoiy bilan ko’rishmoqchi bo’lgan . Biroq nima qilmasin ko’rishishning iloji bo’lmagan , endi imkon topilganda esa Navoiy bu olamdan ko’z yumgan . Bu esa Boburni xafa qilmay qo’ymagan .Men u ko’rgan bu qiyinchiliklarini va erishgan yutuqlarini , uning hayotini yulduzli tunga o’xshataman . U yurtidan ayrilgani , istagan narsalariga erisholmagani , o’g’li Humoyunning qattiq betob bo’lib qolganini tunga qiyoslasam , uning ijodi va yutuqlarini , bu tunni yoritib tugan yulduzlarga qiyoslayman . Ikkisi bir bo’lib “yulduzli tun” ni keltirib chiqaradi. Bu gaplarimdan so’ng , sizning xayolingizga Pirimqul Qodirovning Boburga bag’ishlab yozgan “Yulduzli tunlar” asari kelishi tabiiy . Mening bu o’xshatishimga ham shu asar sababchi .Bu asarni o’qisangiz , Boburning hayotini to’liq tushunib yetasiz . Faqat Pirimqul Qodirov Bobur haqida asar yoxzgan emas, balki Xayriddin Sultonov ham birgina Bobur haqida juda ko’plab asarlar yozgan . Bulardan eng mashhuri “Saodat sohili” hikoyasi hisoblanadi . Nega shu paytgacha Boburni o’rganib kelishimizni bilasizmi ? Bobur shu darajadagi kamtar , zukko bo’lganki , uning nomi butun dunyoga ketgan . Bir kuni uning o’g’li Humoyun to’shakka yotib qoladi . Uni nechta nomi ketgan tabiblar ko’rib davolay olmaydi . Bi rkun bu dardni davosini bilgan tabib kelib , Boburga “buning davosi eng qimmat bo’lgan “Ko’hinur” toshidir” – deydi . Bobur albatta bu toshdan o’g’li uchun voz kechishga tayyor bo’ladi , biroq bu tabibning dardi tosh ekanligini bilib toshni bermaydi . Axir , qanday qilib tosh odamni davolay olishi mumkin . Agar o’sha paytda Bobur zakovatli bo’lmaganida , bu toshdan ayrilib qolishi mumkin edi . Bobur , albatta bu sinovlardan so’ng baxt kelishini juda yaxshi biladi va davlatini adolat bilan boshqaradi . U adashmagan ekan . Mana oradn shuncha yillar o’tdiki biz hali hamon Boburni o’rganamiz , she’rlarini mazza qilib mutoala qilamiz . Uning avlodi Shihjahon qurib ketgan Toj Mahalni nafaqat biz , balki butun dunyo qiziqish bilan , tomosha qilishga boradi . Bu me’moriy bino hozirda “Dunyoning yetti mo’jizasi”dan biri hisoblanadi . Tarixchilar hali ham uning nimadan qurilgani, nega bunchalar mustahkamligini o’rganishmoqda . Biz esa bundan faxr hissini tuymoqdamiz . Men mana shunday ajdodlarim borligidan faxrlanaman va ular qoldirib ketgan madaniy boyliklarni himoya qilaman . Download 20.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling