4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Corel maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vositalar satri
Uskunalar paneli Asosiy ishlash uchun zarur asboblar uskunalar panelida joylashgan. Bu paneldagi tugmalar tezda ishlashga yordam beradi. Panellarni o‘zizga qulay bo‘lgan ixtiyoruy joyga joylashtirishingiz mumkin. Hamda panellarni ko‘rsatish yoki yashirishingiz ham mumkin. Buning uchun panel ustiga sichqonchani o‘ng tugmasini bosish lozim. Vositalar satri: Menуu satri tagida asboblar satri (инструменты) joylashgan. Asboblar satrini ekranning hohlagan joyida va har xil ko‘rinishda joylashtirish mumkin. Ekranga kerakli oynalarni joriy qilish uchun menyuning Oyna (окна) bo‘limi yordamida amalga oshiriladi va ular ustida quyidagi amallar bajariladi: Asboblar (инструменты) satriga sichqonchani o‘ng tomoni bosilganda muloqot oynasi paydo bo‘ladi va shu еrdan kerakli bo‘lgan asboblar tanlanadi. Xususiyati (Свойства) vositalar satri: Свойства asboblar satridagi maydonlar va tugmalar yig‘indisi foydalanilayotgan asboblar yoki tanlangan ob’ektga bog‘liq bo‘ladi, masalan, asboblar satridagi matn bloki tanlanganda matnning parametrlari ko‘rsatiladi. Cвойства satridagi asboblardan birontasi tanlanmagan holda hujjatning umumiy parametrlari ko‘rsatiladi, masalan, sahifa formati, uning orientatsiyasi va boshqalar ko‘rsatiladi. Holat satri: Ekrandagi ishchi oynaning pastki qismida holat satri joylashgan, bu qatorda ob’ektlar haqida ma’lumotlar beriladi masalan, tanlangan ob’ekt haqida va joriy asboblar haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Holat satrining ko‘rinishi va tuzilishini o‘zgartirish ham mumkin. Ranglar bilan ishlash uchun oynaning o‘ng tomonida ranglar palitrasi joylashgan. Holat satrida obyeklar to‘g‘risida har qanday informatsiya ko‘rsatiladi. Hujjatlarni xotiraga saqlash CorelDRAW dasturida hujjatlarni xotiraga bir-nechta usul bilan saqlash mumkin. Menyuning Fayl (файл) va Saqlash (сохранить) buyrug‘i yordamida joriy hujjatni joriy jildga saqlaydi. Bu amal asboblar panelidagi maxsus tugma yordamida ham amalga oshiriladi. Сохранить как … buyrug‘i esa joriy hujjatni boshqa nom va boshqa jildga va boshqacha formatda saqlash imkoniyatini beradi. Bu amalni bajarilganda va yangi hujjatni xotiraga saqlaganda ekranga Tasvirni saqlash (Сохранить Рисунок)ni beradi. - Версия (Version) ro‘yhatidan CorelDRAW dasturining avvalgi variantlaridan birini yoki yangi variantini tanlab hujjatni mos formatda xotiraga saqlaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling