4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Corel maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Egri chiziqlar chizish.
Egri chiziqlar ham Beze instrumenti yordamida chiziladi . Buni quyidagi harakatlar yordamida ko‘rib chiqamiz. 1. Quyidagi instrumentni tanlab, kursorni kerakli pozitsiyaga joylashtiramiz va sichqoncha chap tugmasini bosgan holda o‘ng tomonga suramiz. Sichqoncha izidan yo‘naltiruvchi chiziqlar chiziladi va bu chiziqlar uzunligi segmentning egrilik darajasini aniqlaydi. 2. Sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi. 3. Kursor diagonal bo‘yicha o‘ng tomonga suriladi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. 4. Tugma qo‘yib yuborilmagan holatda sichqoncha o‘ng tomonga harakalantiriladi va shu tartibda amalga oshiriladi. Yuqoridagi rasmdan shuni aniqlash mumkin-ki hosil bo‘lgan konturda «silliqlik» mavjud. Endi qo‘shni segmentlarda «sinish» hosil qilishga o‘tamiz. 1. Beze instrumenti kursorini joylashtirib, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz. 2. Sichqoncha tugmasini qo‘yib yubormay uni gorizontal o‘ng yo‘nalishga suramiz. 3. Sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboramiz. 4. Qursorni diagonal bo‘yicha pastga o‘tkazamiz va sichqonchaning chap tugmasini bosamiz. Birinchi segment hosil bo‘ladi. Qolgan segmentlar ham shu kabi hosil qilinadi Aynan shu effektni «3 tochechnaya krivaya» instrumenti yordamida hosil qilish mumkin 1. «3 tochechnaya krivaya» instrumenti tanlanadi. 2. Sahifani bo‘sh joyiga o‘tiladi va egri chiziq boshlanishi lozim bo‘lgan joyga kursor olib boriladi. 3. Sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va kursor diagonal bo‘ylab pastga olib boriladi. Kursor izidan to‘g‘ri chiziqli segment chiziladi.Sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi. 4. Kursor tepa va o‘ng yo‘nalishga suriladi. Segment chiziqlari egri chiziqqa aylana boshlaydi. Kursor harakatlantirilib kerakli egrilik darajasi hosil qilinadi. Zarur hollarda bu amallar bir necha marotaba bajariladi va kerakli samara olinadi. Nazorat savollari: 1. CorelDRAW dasturi qaysi grafik turga mansub? 2. CorelDRAW dasturida yangi sahifa yaratish ketma-ketligini bajaring? 3. CorelDRAW dasturi intarfeysi qismlarini sanang? 4. Soha va atroflama chiziq deb nimaga aytiladi? 5. Ranglardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? 6. Sohani qanday bo‘yash (to‘ldirish) mumkin? 7. Ranglar modeliga misollar keltiring? 8. Model nomida nima yashirin holda bo‘ladi? Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling