4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Corel maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontekstli menyu.
Holat qatori. Holat qatori illyustratsiyaning ajratilgan ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumotlarni aks ettiradi. CorelDraw interfeysining boshqa elementlari kabi uning konfiguratsiyasini ham o‘zgartirish mumkin. Foydalanuvchi o‘zi holat qatorida qanday ma’lumotlar berilishini aniqlashi mumkin. Masalan: - Tanlangan insirument to‘g‘risida qisqa ma’lumot; - Sichqoncha ko‘rsatgichi koordinatalari; - Tanlangan ob’ekt haqida ma’lumot; - Transformatsiyalash jarayonida ob’ektning geometrik o‘lchamlari o‘zgarishi va uning koordinatalari; - Tanlangan ob’ektning to‘ldirish ranglari haqida ma’lumot; - Tanlangan ob’ektning atroflama chiziqlarining qalinligi va rangi haqidagi ma’lumot; Holat qatoridan namuna keltiramiz: Bu еrda uskunalar panelidan to‘g‘ri to‘rtburchak bandi tanlanib ob’ekt chizildi va kengligi 59,267mm va balandligi 27,093mm ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga chizilgan ob’ektning to‘ldirilgan rangi qizil va atroflama chiziqlarining qalinligi va rangi qora ekanligini ko‘rsatib turadi. Kontekstli menyu. Kontekstli menyu CorelDraw interfeysining ishchi oynasida illyustratsiya yoki muhit elementi ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan ochiladi. Bu menyu ham buyruqlar bilan ishlash va amallar bajarilishini tezlashtirish uchun mo‘ljallangan. CorelDraw dasturi bilan ishlash jarayonida biz bu menyu orqali ishlashni tez o‘rganishimiz mumkin. Misol sifatida ob’ekt uchun ochilgan kontekstli menyuni keltiramiz. Yuqoridagi menyu sichqonchani ob’ekt ustida o‘ng tugmani bosish natijasida hosil qilingan bo‘lsa, quyidagi menyu ob’ektning belgilangan markerlaridan birining ustida o‘ng tugma bosilganda quyidagi menyu hosil bo‘ladi: Bu menyu orqali biz, ob’ektni to‘liq ekran rejimida ko‘rishimiz mumkin. Undan tashqari ko‘rinish, boshqa ob’ekt hosil qilish, import, nusxa ko‘chirish va shunga o‘xshash bir nechta vazifalar ustida amallar bajarishimiz mumkin. CorelDRAW dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda yupqa chiziqlardan tortib har xil formaga ega kistlardan foydalanadi. CorelDRAW dasturi geometrik figuralarni (to‘griturtburchak, ko‘pburchak, ellips, spiral va h.) chizish va muharrirlash imkoniyatiga ega va yanada “erkin chizish” (pero, kalligrafik pero, va h.), gradient torlar (Mesh Fill) va har xil egri chiziqlarni chizish uchun Bezie (Bezier) asboblariga ham ega. Vektor kontorlarini muharrirlashda qanday asbob bilan yaratilganidan qat’iy turda Forma (Shape) va maxsus muharrir paneli (Node Edit) (tuginlarni muharrirlaydi ) foydalaniladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling