4-mavzu. Vektorli grafik muharrir paketlari va ularda ishlash. Reja
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Corel maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xossalar paneli.
Muharrirlash (Правка) Ko‘rish (Вид) Boshqarish (Обьект) Kоmpanovkalash (Макет) Effektlar (Эффекты) Rastrli tasvirlar (Растровые изображения) Matn (Teкст) Jadval (Taблица) Servis (Инструменты) Oyna (Окна) Yordam (Справка) Har bir guruh bir–biriga yaqin amallarni bajaruvchi buyruqlar yig‘indisi, masalan, Menуu Matn (Teкст) matnlar ustida amallar bajaradigan buyruqlar, Menуu Effektlar (Эффекты) – vektorli va rastrli grafikalar uchun har xil effektlar qilish va muharrirlashda foydalaniladigan buyruqlardan tashkil topgan. Shu bilan birga qo‘shimcha menуu (Context-sensitive menu)da kiritilgan bu menуu vazifasi joriy bo‘lgan instrumentning ob’ektlari haqida malumot beradi. Boshqarish paneli. Boshqarish paneli dasturning ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchi o‘zining xohishiga ko‘ra undagi panellar sonini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Unda joylashgan tugmalar hujjatlarni yaratish, ochish, saqlash, import, eksport, chop etish, almashish buferi bilan ishlash, noto‘g‘ri bajarilgan amallardan voz kechish, masshtabni o‘zgartirish va boshqa bir qator imkoniyatlarni beradi. Xossalar paneli. Xossalar paneli CorelDraw dasturining juda ko‘p funksiyalariga murojaat qilish imkoniyatini beradi. Panel mundarijasi tanlangan instrumentga bog‘liq bo‘lib, dasturda ishlash tezligini oshirish va undan unumli foydalani uchun mo‘ljallangan. Misol sifatida, ob’ektni tanlash instrumenti uchun mo‘ljallangan xossalar panelini keltiramiz: Hujjat formati Hujjat nusxasigacha masofa Kursor bilan siljish Qog‘oz o‘lchami birligi orientatsiya Hujjat andozasi Qo‘shimcha imkoniyatlar CorelDraw dasturi bilan ishlash jarayonida ob’yektlar ustida murakkab amallarni bajarish imkoniyati mavjud. Ob’yektlar ustida ish bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, “sichqonchadan”, uskunalar paneli buyruqlaridan foydalanish mumkin. Foydalanuvchiga qaysi usuldan foydalanish qulay bo‘lsa uni o‘zi tanlaydi. Bu dasturda nafaqat shakllar yaratish, balki ularga rang berish, belgilangan konturning xoxlagan tugunini o‘rnini o‘zgartirish imkoniga ega vertikal uskunalar paneli mavjud. Bu foydalanuvchiga qator qulayliklar yaratib beradi. Vertikal uskunalar panelida joylashgan tugmalar juda ko‘p funksiyalarni bajaruvchi bo‘lib, tugmalarning o‘ng tomoni pastida joylashgan belgi - orqali ochiluvchi tugmalarni tavsiya etadi. Bu esa tanlash imkoniyatining kengligini ko‘rsatadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling