1-sinf atrofimizdagi olam dasturi va darsligini oʻrganish, darsni kuzatish va tahlil qilish reja


Download 95.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1187457
Bog'liq
1 SINF ATROFIMIZDAGI OLAM DASTURI VA DARSLIGINI O`RGANISH DARSINI


1-SINF ATROFIMIZDAGI OLAM DASTURI VA DARSLIGINI OʻRGANISH, DARSNI KUZATISH VA TAHLIL QILISH


Reja

1.Atrofimizdagi olam dasturi va darsligini oʻrganish


2. Darsni kuzatish va tahlil.
Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik dasturlarining mazmuniga didaktik tamoyillari kiritilgan. Didaktik prinsiplar oʻqituvchining faoliyati bilan oʻquvchilarning bilish faoliyatini xarakteri bilan belgilanadi. Tabiatshunoslikni oʻqitishda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:
1.Oʻqitishda muntazamlilik va izchillilik. 2. Oʻquv materialini ilmiy va tushunarli boʻlish qoidasi. 3. Nazariyani amaliyot bilan bogʻlash. 4. Tabiatshunoslikni oʻqitishda oʻquvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi. 5.Oʻqitishning koʻrgazmalilik qoidasi. 6. Bilimlarni puxta oʻzlashtirish qoidasi. 7. Oʻqitishni individuallashtirish qoidalari.
Tabiatshunoslik kursi metodik tanglangan muntazamlashtirilgan unsurlardir. Materialni bunday berilishi bolalarning tabiat toʻgʻrisidagi fan asoslarini, atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi, ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ochib beruvchi obyektlar bilan, keyin murakkablirogʻi bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Shu bilan tabiatshunoslikni oʻqitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.
Oʻqitishning tizimliligi bilimni bayon qilishda muntazamlilikka amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bogʻlashning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli oʻyinlar bilan atrofdan hayot va qurilish amaliyoti bilan, mehnat ta’limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan, maktaboldi maydonchasidagi ish va unimli mehnat bilan bogʻlanishini nazarda tutadi.
Oʻquv materialini ilmiy va tushunarli boʻlish qoidasi XIX asrning 60yillarigacha tabiatshunoslik predmet emas, tabiat nomi bilan saqlanib kelgan boʻlsa, endi mustaqil predmet sifatida oʻqitilmoqda. Maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Dasturi esa oʻlkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan xolda tuzilgan, boshlangʻich maktabdagi tabiatshunoslik ta’limining mazmuni botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi taraqqiyotiga muvofiq, keladi. Ilmiylilik qoidasi hozirgi zamon fanida qaror topgan qoidalarni oʻquvchilarga oʻzlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun maktab oʻquvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olib eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanglab olish kerak. Oʻquvchilarning idrok qilish imkoniyatlari oʻquv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Bu ilmiy bilimlarni chuqurroq egallashga imkon yaratadi.
Nazariyani amaliyot bilan bogʻlash prinsipi mehnat ta’limi va oʻquvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini tushunishiga olib keladi va oʻzlashtirish sifatini orttiradi. Bu prinsip xarakteri oʻquv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikni oʻqitishda nazariy bilimlar tabiatning hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida oʻzlashtirib oladi. Amalyot nazariyadan oldiniroq kelishi ma’qul, chunki nazariyani oʻzlashtirishga qiziqish uygʻotadi.
Tabiatshunoslikni oʻqitishda oʻquvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi:
1 .Oʻquvchilarning oʻqishga ongli va ijodiy munosabatda boʻlishlarini.

  1. Oʻrganilayotgan materiallarni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini.

  2. Oʻqish mehnatini ijodiy xarakterda boʻlishini.

5. Bilimlardan amaliyotda ongli qoʻllanishi va ularni ishonishga aynalishini oʻz ichiga oladi.
Oʻqitishning koʻrgazmalilik qoidalarini foydalanishning asosiy vazifasi oʻquvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish. Koʻrgazmalilik prinsipi atrof olamni qabul qilib olishda oʻqitishni nazarda tutadi. Bu prinsipga rioya qilish tabiatni oʻrganishning dastlabgi bosqichlarida zarur, sababi kichik yoshdagi maktab oʻquvchilari koʻrganlarida hosil qilgan ta’surotlari asosida toʻgʻri tushuncha va xulosalar hosil boʻlishga yordam beruvchi bilimlarga ega boʻladi. Tabiatshunoslikni oʻqitishdagi koʻrgazmalilikni mashgʻulotlar jarayonida quyidagicha ajratiladi: 1. Tabiy jismlar tirik tabiat burchagidagi, (zooparkdagi, oʻsimliklar, hayvonlar). Gyerbariylar, kollksiyalar. 2. Tajriba koʻrinishidagi hodisalarni eslatuvchi surat, tablisa, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, shema va boshqalar.
Oʻqitishni individuallashtirish qoidalari oʻquvchilarning individual xusussiyatlarini oʻrganishda katta ahamiyatga ega. Bolalar taraqqiyotida toʻgʻri keladigan umumiylik rivojlanish darajasi: bilimi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvorlar singari oʻxshashliklar boʻlishi bilan bir qatorda faol bir oʻquvchi uchun uning individual xusussiyatlari boʻladi:

  1. Diqqatning rivojlanishi.

  2. Darsdagi xulq atvorning xarakteri.

  3. Predmetga munosabati.

4 .Koʻrgazmali va ogʻzaki materialni qabul qilishning tezligi va aniqligi.

  1. Oʻquv materialini tushunib olishi va xarakteri.

  2. Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarining sifati va ogʻzaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi.

Oʻlkashunoslik qoidalari nazariy tabiatshunoslik kursni oʻquvchilarni oʻz oʻlkasi tabiati bilan yaqindan munosabati orqali olingan bilimlari bilan muntazam bogʻlilikni nazarda tutadi. Oʻlkashunoslik tamoyillari tabiat bilan tanishtirishda koʻp didaktik tamoyillarini qoʻllashga imkon beradi.
Tabiatshunoslik darslarining boshlangʻich sinflardagi turli fanlar bilan aloqadorligi oʻqituvchiga oʻquvchilarda tabiatshunoslik tushunchalarni nafaqat tabiat darslarida, balki mehnat, tasviriy san’at, oʻqish, ona tili darslarida shakllantirishga katta imkoniyat beradi.
Tabiatshunoslik qishloq-xoʻjalik va texnik mehnat bilan chambarchas bogʻliq. Tabiatdagi hodisalarni kuzatishlar nutq oʻstirish darslarining ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishga keng material beradi.
Tabiatshunoslik darslarida she’riy asarlardan foydalanish, shuningdek tasviriy san’at asarlari (mavsumiy oʻzgarishlarga, tabiat goʻzalligiga qaratilgan) tabiatni nafaqat emotsional qabul qilish, balki ijodkorlik faoliyatga qiziqish uygʻotishi mumkin.
Tabiatni goʻzalligini oʻrganayotganda oʻquvchilar daftarlariga tabiiy obyektlardan namunaviy tasvirini chizadilar, buning uchun rasm darslarida olingan oʻquv va koʻnikmalardan foydalanadilar.
Tabiatdagi kuzatish va amaliy ishlar matematika darslari bilan bogʻliq.
Kundalik kuzatish daftari, yoki ijodiy daftardagi xisoblanadigan tabiat belgilari (xavo xarorati) matematikada olingan nazariy bilimlardan amalda foydalanishga imkon beradi.
Shuningdek Tabiatshunoslik darslaridagi bilim va koʻnikmalar jismoniy tarbiya darslarida sportning odam sogʻligi uchun ahamiyatini, sportning turlariga qiziqish uygʻotadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llash bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish.
2. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish.
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish.
4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o’rgatish.
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan tanishtirish.
6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish.
7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o’rgatish.
8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish.
9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash.
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o’tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish.
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish.
Bundan tashqari, tabiatshunoslik o’qitish metodikasining -umumpedagogik va o’ziga xos metodlari, darsni to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o’rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi.
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning muvofiq (ratsional) ravishdagi metod va vositalari o’quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo’libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, tabiatshunoslik o’qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o’quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko’rib chiqadi. Metodikaning bu bo’limlari bir butun bo’lganligi uchun bir-birini to’ldiradi.
O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o’iganish, nimani va qanday o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi.
Tabiatshunoslik fanini o’qitilishining to’g’ri yo’lga qo’yilishi uchun maxsus o’quv moddiy bazaga, ya'ni o’quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni o’ziga xos bo’lishi faqat tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining o’ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko’rib chiqadi.
O’qitish tizimi o’quvchilar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bo’lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog’langan. Maktabda ta'lim-taibiya jarayoni amalga oshiriladi va o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o’qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o’qituvchi shaxsining o’zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi - metodist maktabda tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umum-lashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo’yicha to’planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o’rin egallaydi. Metodika o’qituvchi ijodi uchun ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo’ladi.
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi.
Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas'uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat o’qituvchinigina emas, balki o’quvchilar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning natijasi dasturda mo’ljallangan materialning puxta o’zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o’qitish metodlari va o’quvchilarga o’quv jarayonini tashkil etish shakllarini o’rganish, ularning materialni o’zlashtirib olish jarayonini o’rganishlari bilan birga boradi. Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi. Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya nom ololdi.
Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq singdirilish lozim.
Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak.
Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat, bilim talab qilinadi.
Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”, “Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar, foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha “shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan.
1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” darslarini o’tish orqali “Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi.
Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita bog’lab o’tilishi kerak.
Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda, odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin.
Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi.
Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi.
Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi.
Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi, o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir.
Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi.
Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum.
Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan: Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi.
Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi.
O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi bormi? Bor bo’lsa, u nimalar?
Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi.
Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib: suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz” o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak.
3-sinf tabiat darslarida o’rab turgan tabiat, undagi jismlar, tuproq, suv, havo, foydali qazilmalar, shuningdek o’simlik va hayvonat dunyosi, sog’liqni va tabiatni himoyalash kabilar bilan tanishtiriladi.
Odam jonli tabiatning bir qismi bo’lib, u yerdagi hamma mavjudotlarning eng ajoyibidir, gultojidir.
Inson ana shu nomiga hamisha munosib bo’lmog’i kerak.
Foydali qazilmalar davlat tayanchi. U davlat iqtisodining sezilarli qismini tashkil qiladi. Lekin ulardan ham noo’rin foydalanish oqibati taqchilikka olib kelishi tushutiriladi.
Masalan: tabiiy gazni isrof qilish oqibatida gaz zaxiralari tugab qolishi mumkin. Sanoat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik bu paxtadir. Paxtadan - ip, yo’g’, kunjara, sovun, spirt, qog’oz, linoleyum, lak, charm, g’ildirak moylari kabi mahsulotlari olinadi.
O’qituvchi shu mavzuni o’tish orqali maqsadiga yetish uchun testlar tashkil qilishi mumkin. O’zaro savol-javoblar ham tashkil qilish maqsadga muvofiq.
“Paxta-milliy boyligmiz” mavzusida insholar, ijodiy ishlar qilishi ham mumkin. Paxtadan tayyorlanadigan ayrim mahsulotlarni yig’ib, sinfda “Milliy boylik” burchagi tashkil qilish ham mumkin.
4-sinflarda ekologik muammolar bilan yanada chuqurroq tanishtiriladi.
“Uyimiz ekologiyasi”, Ko’chamiz ekologiyasi, “Mahallamiz ekologiyasi” mavzularini ko’tarib, o’quvchilarga mustaqil ishlar, ko’rgazmalar tanlovlari, she’rlar va hikoyalar tanlovlari nainki sinfda balki maktablar aro tashkil qilish ham maqsadga muvofiq.
Konstitusiyamizda tabiatga, atrof-muhitga munosabatlari qonun bilan belgilab qo’yilgan. Masalan: 50-moddasida:
“Fiqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur” deyilgan.
Tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan Davlat qonunlari, “Qizil kitob” kabi tushunchalarni muntazam berib borishi kerak. Yoshlarga atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash ta’limining asoslarini hozirgi tasavvurlarga ko’ra beshta fazaga bo’lish mumkin.
Birinchi-dunyo moddiydir va murakkab bog’lanishlar tizimidan iboratdir, uning elementlarini o’zgarishi o’zaro bog’langandir. Ikkinchi-tabiatni muhofaza qilishda dunyoning moddiylik qonuniyatlarni va ularning o’zaro ta’siri va munosabatlarini ifodalaydigan dasturlar va o’quv qo’llanmalari bo’lishi zarurligi. Uchinchi-insoniyat va jamiyat zarurligi; uchinchi-insoniyat va jamiyat jonli tabiat evolyutsiyasining natijasi va shining uchun tabiatning ajralmas qismi ekanligi; to’rtinchi-biosferada hosil bo’lgan o’zgarishlar va jamiyat uchun zararligi tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning boshqarma mexanizmi yo’qligi yoki taraqqiyot ilmiy-texnik jihatdan asoslanmaganligi; beshinchi-tabiat jamiyatning rivojlanish tezligiga ta’sir etishi, ammo lekin uning munosabatlar xarakteriga ta’sir ko’rsatmasligi. Mana shu metodologik asoslardan kelib chiqgan holda yoshlarga muhiti muhofaza qilish va uni yaxshilash bo’yicha hozirgi zamon jamiyati ekologik muammolari haqida ilmiy asoslangan bilimlar berishi kerak.
Atrof-muhitni himoya qilish ta’limoti ekologik ongli shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Avlodlar sog’lomligi uchun ekologik jihatdan sog’lom muhit kerak.
Bunday muhitni faqat har tomonlama yetuk, ekologik jihatdan yuqori madaniyatga ega bo’lgan shaxslardan tashkil topgan jamiyatgina hosil qilishi mumkin.
Madaniyatli shaxs tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligini yaxshi biladi. O’quvchilarga har doim, bugungi darajasiga o’z mehnati tufayligina erishganligini, ijtimoiy foydali mehnatning har doim afzalligi ilk tushunchalarini berib boriladi.
O’quvchilarga mustaqil ravishda ijodiy va mustaqil ishlar, topshiriqlar berib, ularning mustaqil yod qilish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak. Atrofdagi olam predmet va ob’yektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar.
Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda o’qtuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalar hal qilinadi.
O’quvchilarga o’z qishlog’i va shahlari misolida jamiyat hayoti bilan tanishtiriladi. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari. Shunga oid odamlarning kasblari, madaniyati va ta’lim haqidagi elementar tasavvuriga ega bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o’zaro aloqalar ochiladi. Turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.

ADABIYOTLAR





  1. I.Karimov. Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch T. Ma`naviyat. 2008 yil

  2. I.Karimov. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi. O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari. T. Iqtisodiyot. 2009 yil

  3. I.Karimov. O’zbеkiston buyuk kеlajak sari. T. “O’zbеkiston” 1998.

  4. I.Karimov. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. T 1999.

  5. Lavriеnko V.N. va b. Kontsеptsiya sovrеmеnnogo еstеstvoznaniya. M.2000.

  6. Qarpеnkov S.X.Osnovno`е kontsеptsiya еstеstvoznaniya. M.2002.

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling