1. Sinf jihozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar


Download 13.25 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi13.25 Kb.
#1623805
Bog'liq
9mavzu


  • Sinf xonalariga qo’yiladigan gigiyenik talablar

  • Reja:

  • 1.Sinf jihozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.

  • 2.O’quv binosi,jihozlari va obodonligiga bo’lgan gigiyenik talablar.

  • 3.O’quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida gigiyenik talablar.

  • Sinf jixozlariga quyiladigan gigienik talablar.

  • Ta'lim-tarbiyaning, mehnat ta'limining samarali bo’lishi sinf xonalari, laboratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo'yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bolishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi o’tirg'ichi va yozuv stoli kabi qismlari boladi.

  • Suyanchik - bola umurtqa pog'anasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig'i gorizantal boyicha kursi suyanchig’igacha bo'lgan masofa o'quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo'lishi mumkan. Suyanchiq oralig'i oshib ketsa, o'quvchi bukilib o’tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti otirg’ichdan 3-5 sm o'tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-20 gradus qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rishni yengillashtiradi. O'quvchilarni partaga o'tkazishda bo`yini parta raqamiga moslash zarur. Bo’yi eng past bola 110 sm. novchasi 179-180 sm bo'ladi. Barcha o'quvchilar 7 ta bo'y guruhiga bo'linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F. Listov bolani bo’yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya'ni bola bo'yining oldingi raqami unligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o’tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo'yi 148 sm.14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi.

  • Demak, 148 sm bo’yli bola 9 nomerli partada o'tirishi kerak. Hozirgi vaqtda ko’p maktablarda yangi nomerli partalar qo’llaniladi. Bular A,B,V,G,D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchigida shu partada o'tirishi mumkin bo’lgan bolaning bo’yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi qo'yilgan bo’ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko’k, G-yashil va D- oq rang boladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35 % dan 50 % gacha bo'lgan ranglarda buyash tavsiya etiladi.

  • Parta, stol, stullar och kulrang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga buyash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldingi, balandlari orqaga quyiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm, ichki devor bilan parta qatori orasidagi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. O'quvchilarni partaga o’tkazishda bo’yidan tashqari sog'ligi, ko’rish va eshitish organlarining xususiyatlari ham e'tiborga olinadi. Yaqindan ko’radigan bola, garchi boyi baland bo’lsa ham oldingi partaga o'tkazilishi kerak.

  • Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Uning o’lchami sinf sathiga bog'liq bo’lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 85 sm. yuqori sinflarda 90 sm. baland o’rnatiladi. Doska jigar rang, to’q yashil rangga buyaladi. Doskada bo’r, latta qo’yish uchun tepasiga lyuminestsentlampa o’rnatiladi. O’qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi.

  • O'quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo'lgan gigienik talablar.

  • O'quv binosi transport qatnovi katta bo'lgan yo'l yaqiniga, shovqin, tutun va chang chiqariladigan zavod, fabrika va boshqa kinoteatr, bozorlardan uzoqroqda qurilishi kerak.

  • SHahar joylarida maktab bilan o'quvchilarning uyi o'rtasidagi masofa 1-1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarida esa bu masofa 3-5 km dan oshgan bo'lsa maxsus transport ajratilishi kerak.

  • Umumiy o'rta ta'lim maktab yer uchastkasining sathi kamida 1,7-3,0 gektar bo'lishi kerak. Atrofdagi yer sathiga nisbatan maktab joylashgan joy biroz balandroq bo'lsa yomg'ir suvlarining oqib ketishiga qulaylik tug'iladi. Bu joyning tuprog'i quruq bo'lmog'i kerak. O'quv binosi bilan ko'cha o'rtasida 15-20 m kenglikda manzarali daraxtlar ekiladi. Bu uchastka himoya zonasi deyiladi. U o'quv binosini ko'cha shovqini, shamol va changdan to'sib turadi.

  • Axlat to'planadigan yashik, hojatxona va xo'jalik zonasi o'quv binosidan 25 m masofada joylashishi kerak.

  • Sinf xonasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07-0.1 protsentdan oshmasligi kerak, aks holda talabalar nerv sistemasining tez charchab qolishiga va o'zlashtirishining pasayishiga sabab bo'ladi. Harorati 18-27 C, nisbiy namlik 40-60 % ga teng bo'lishi kerak.

  • Xona jihozlari: parta, doska va boshqalar talabalarning yoshiga moslashgan bo'lishi kerak. Bu narsa yoshlarni mashg'ulotlar bajarishi uchun qulay bo'ladi, uning gavdasi, ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasi normal taraqqiy etadi.

  • O'quv maskanlarida fizika ximiya laboratoriya kabinetlari 1 yoki 2 o'rinli stol - stullar bilan jihozlanadi. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv krani bilan ta'minlanadi. Havoni tozalab to'rish uchun murili shkaf bilan ta'minlanishi kerak.

  • https://youtu.be/wghkl0iJTVM

Download 13.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling