1-sinf Mavzu: Rostgo’y bola. Mashg'ulotning maqsadi


Download 11.02 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi11.02 Kb.
#1385478
Bog'liq
Ertak dars ishlanma


Ertak o’tish ishlanmasi.
1-sinf
Mavzu: Rostgo’y bola.
Mashg'ulotning maqsadi: O’quvchilarni ertak bilan tanishtirish, rostgo’ylik, halollik haqida ma’lumot berish, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish.
Mashg'ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilarni mashg'ulotga hozirlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
1.”Maymun bilan duradgor” ertagi mazmuni so’raladi.
2.Ertak yuzasidan test olinadi:
1. Duradgor nima ish qilayotgan edi?
A) zarur ish bilan ketgan edi
B) yog’ochda o’tirgan edi
D) yog’och yorayotgan
E) ponani o’ynayotgan edi
2. Maqolni davom ettiring: Chumchuq so’ysa ham …….
A) qassob so’ysin
B) ustasi so’ysin
D) kattalar so’ysin
E) egasi so’ysin
3. O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi maqollarni aytadi:
- Boshingga qilich kelsa ham rost so’zla.
- Yolg’on uyaltirar,
Rost suyuntirar.
III. Yangi mashg'ulot bayoni.
1.Savol-javob :
-Bolajonlar, aytgan maqollarim nima haqida ekan?
-Bugun siz bilan rostgo’ylik haqidagi ertak bilan tanishamiz.Ertak nomi “Rostgo’y bola”.
2.O’qituvchi ertakni o’zi o’qib beradi yoki audio variantini o’quvchilarga qo’yib beradi.
3.Ertak o’qib berilgach ertak yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
- Podshoh nima uchun urug’ tarqatadi?
- Bola nega gulni o’stira olmadi?
- Podshoh nima uchun gulni o’stira olmagan bolani farzand qilib oladi?
Lug’at ishi:
Xomush – xafa
Niyat – orzu
Birmuncha – biroz
Axtarib – izlab, qidirib
IV.Yangi mashg'ulotni mustahkamlash.
1.Ertak o’quvchilarga rollarga bo’lib o’qitiladi.(1-bo’lib yaxshi o’qiydiganlarga, keyin qiynalibroq o’qiydiganlarga o’qitiladi.)
2. “Tarmoqlash” metodi.(Ko’rgazmali qurollar yordamida bajariladi.)

V.Mashg'ulotni yakunlash.
1.Mashg'ulotda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
2.O’quvchilarga savollar bilan murojaat qilinadi:
- Ertak sizlarga yoqdimi?
- Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
- Rostgo’y bolaning qaysi fazilatlari sizga yoqdi?
VI.Uyga vazifa berish.
”Rostgo’y bola” ertagini o’qib qayta hikoyalab berishga tayyorlanish.


Bajardi: Shukurboyeva Zebo.
BOT-20/3
Download 11.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling