1-sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatishda interfaol metodlardan foydalanish
Download 133.53 Kb.
|
1-sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatishda interfaol metodlardan
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Mavzuning maqsadi
1-SINFLARDA ASOSIY MIQDORLARNI O’RGATISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH R E J A KIRISH I-BOB 1-SINF O’QUVCHILARIGA ASOSIY MIQDORLARNI O’RGATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. Qadimiy va zamonaviy miqdor olchov birliklari haqida tushuncha 1.2. 1- sinf o’quvchilariga asosiy miqdorlar haqida tushuncha berishning nazariy asoslari 1.3. 1- sinf matematika darslarida asosiy miqdorlarni o’rgatishning ahamiyati II-BOB. 1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ASOSIY MIQDORLARNI O’LCHASH MALAKALARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI 2.1. 1- sinflarda aosiy miqdorlarni olchash uslublari 2.2. Asosiy miqdorlarini o’qitishda zamonaviy interfaol metodlardan Foydalanish 2.3. 1-soatlik yangi pedagogik texnologiya qo'llanilgan dars namunasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim berish-tarbiyani ham o’z ichiga oladi. Ta’lim ishi–Respublikamizni aql-zakovat va ilm borasidagi kuch–quvvatini rivojlantirish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z ma’suliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxslarni shakillantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hozirgi zamonaviy bosqichlarda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg’or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash o’qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni metodlarini ilmiy ta’minlash kiradi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi. Maktabda matematika o’qitishning maqsadi jamiatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga insonparvarlik demokratik guruhlarga asoslangan davlat talablariga mos kelishi kerak. Matematika bolalarda tafakkur, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini o’stirishi, ularning o’z fikrlarini aniq to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi. O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to’g’risidаgi, kеlаjаk yosh аvlоd qo’lidа ekаnligi ular bir necha jihatga ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi, ya`ni: “ - o`z haq-huquqini taniydigan bo`lsin, buning uchun kurashsin; - o`z kuchi va inkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko`rsin…”.degan fikrlarni aytib o`tgan. Barkamol inson tarbiyasida boshlang`ich sinf o`qituvchilariga katta ma`sulyat yuklaydi. Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo`lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta`lim-tarbiya bo`yicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur”. Agarda tarixga nazar tashlasak ota-bobolarimiz bizga: vaqtni qadrla uy-ro’zg’oring but bo’lishi uchun narsalarni isrof qilma, suvni teja, chiroqni yoqish va o’chirishni bil, bir chimdim tuz bo’lmasa ovqatni yeb bo’lmasligini, har bir sohada tartibli, tejamli bo’lishimizni talab qilishgan. Bu saboqlarga tayanib biz hozirgi hayotimizni to’g’ri yo’lini tutmoqdamiz. Hatto maktabning boshlang’ich sinf davrlaridanoq matematika dasturida hisoblash bilan turli miqdorlarni o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni va umuman borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obektlarning, borliq dunyoning o’ziga xos xususiyatlari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin. Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, boshlang’ich sinflarda to’rt yil o’qish davomida shakllantiriladi. Boshlang’ich maktabning vazifasi shundan iboratki, u bolalarda miqdorlarni o’rganishning tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida miqdorlar massalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf matematika dasturiga asosiy miqdorlar sifatida uzunlik sig’im, massa, vaqt, hajm haqida dastlabki tasavvurlar berish nazarda tutilgan. Mavzuning maqsadi.: 1-sinflarda asosiy miqdorlarni o’qitish metodikasi bо‘yicha dars samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun tizimini о‘rganib chiqish. Mavzuning obyekti: 1-sinflarda asosiy miqdorlarni o’qitish jarayoni. Mavzuning predmeti: Asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov birliklarini interfaol metodlar asosida o‘quvchilarga yetkazishdir Download 133.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling