1. Soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qarzini tahlil qilishda e’tibor beriladigan masalalar. «Soliq qarzini yuritish hisoboti»
Download 1.54 Mb.
|
15 solq qarzi hisobini yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi. Tayanch iboralar
- 1. Soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qarzini tahlil qilishda e’tibor beriladigan masalalar.
- Soliq qarzining paydo bo‘lish sabablari
- 2) Me’yoriy hujjatlar bilan ishlash va kiritilgan takliflar natijalari to‘g‘risida.
- Soliq qarzi muddatini uzaytirish va hisobini yuritishning dolzarb masalalari.
- Soliq qarzi
- Soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan soliq qarzini majburiy undirib olish tartibi.
- Soliq kodeksining 63-moddasiga
- 2. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mashg‘ulot №15 Mavzu: «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Reja: 1. Soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qarzini tahlil qilishda e’tibor beriladigan masalalar. 2. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi. Tayanch iboralar: soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qarzini tahlil qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, Soliq kodeksda belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar, soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash. 1. Soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablari, soliq qarzini tahlil qilishda e’tibor beriladigan masalalar. 1) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 22-moddasiga muvofiq soliq qarzi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi, shu jumladan ushbu Soliq kodeksda belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar; Soliq qarzining paydo bo‘lish sabablari: - Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobot davri davomida davlat soliq xizmati organlariga hisobotlarni taqdim etish, ularning ma’lum bir davrdagi moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlari va ularga nisbatan xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarni Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda byudjetga to‘lovlarni amalga oshirmasliklari; - Yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobot davri davomida faoliyat ko‘rsatgan vaqti uchun joriy oyga hisoblangan soliqlarni shu oyning 25 sanasiga qadar to‘lamasligi; - Jismoniy shaxslarning mulk solig‘i bo‘yicha mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlashi mkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchilari hisoblanib, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisobot yilining 15 oktyabriga to‘lamasligi; - Jismoniy shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer solig‘ini to‘lovchilari hisoblanib, ular hisobot yilining 15 oktyabriga to‘lamasligi natijasida soliq qarzi hosil bo‘ladi. Soliq qarzini tahlil qilishda asosiy soliq qarzi, penya va moliyaviy jarimalar. Asosiy soliq qarzi: joriy soliq qarzi va muddati uzaytirilgan soliq qarzi. Penya va moliyaviy jarima bo‘yicha soliq qarzi –joriy qarz va umddati uzaytirilgan qarzdorlik.
Soliq qarzini majburiy undirishga qaratish bo‘yicha soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasi bilan: 1. Soliq qarzini qarzdorlarning mol-mulkiga qaratishda minimal me’yorlar kiritilib, amaliyotga joriy qilindi. 2. Sud ijrochilari bilan elektron hujjat aylanishiga o‘tish taklifi maqullanib, Adliya vazirligi bilan 2013 yil 29 mayda qo‘shma qaror qabul qilindi. 3. Soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirish bo‘yicha amaldagi Reglamentga Markaziy bank bilan birga 2013 yil 20 iyunga qo‘shimchalar kiritildi. 4. Umidsiz soliq qarzini qisqartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi “Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori; 5. Qastdan bankrotlikka olib kelish holatlarini aniqlash yuzasidan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda kiritilgan taklif maqullanib, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 224-sonli qaror chiqarilgan. 6. Soliq qarzini qisqartirish va o‘sishini oldini olish yuzasidan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taklifi maqullanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. 7. Tekshiruv natijasi bilan qo‘shim hisoblangan soliqlar va qo‘llanilgan moliyaviy jarima summalari huquqni muhofazo qiluvchi organlarning maxsus hisob raqamlariga to‘lab berilganligi to‘g‘risida hujjatlar taqdim etilganda, ularga nisbatan penya hisoblamaslik va majburiy undiruvga qaratmaslik yuzasidan kiritilgan taklif maqullanib, 2014 yil byudjet-soliq siyosati konsepsiyasiga kiritilib, amaliyotga joriy qilindi. 8. Soliq kodeksining 114-moddasi talabida moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini takomillashtirish yuzasidan kiritilgan taklif maqullanib, byudjet -soliq siyosati konsepsiyasiga kiritilib, amaliyotga joriy qilindi. Soliq qarzi muddatini uzaytirish va hisobini yuritishning dolzarb masalalari. 1. Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash muddatini soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich to‘lagan holda keyinroq muddatga ko‘chirishdan iborat. Byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniniberish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 14 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan 1442-sonli Nizomga asosan yuritiladi. Ushbu o‘rinda quyidagi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tmoqchimiz.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatda beriladi. Agar Respublika komissiyasining qarorida boshqa narsa ta’kidlangan bo‘lmasa Respublika komissiyasi taqdim etgan to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sanasida soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘i kartochkasida qayd etilgan qarzlarning butun summasiga tatbiq etiladi. SHuningdek,sanatsiyalanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shu jumladan fermer xo‘jaliklariga byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga qarzlar bo‘yicha to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish, penyani hisobdan chiqarish, sanatsiya1lanadigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining pul majburiyatlari, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlariga moratoriy2 joriy etish masalalari Bankrotlik va korxonalar sanatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan ko‘riladi. Taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) muddati mobaynida soliq to‘lovchi to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lovlarning butun summasini qarzlarni so‘ndirishning tasdiqlangan jadvaliga yoki Respublika komissiyasi belgilagan boshqa muddatlarga muvofiq to‘lashi shart,so‘ndirish muddatlariga rioya qilinmagan holda davlat soliq xizmati organi tomonidan boqimondaning so‘ndirilmagan qismi summasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya hisoblab yoziladi. To‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish bo‘yicha Respublika komissiyasiga quyidagi tartibda murojaat qilinadi: Respublika komissiyasiga Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar, vazirliklar, idoralar, respublika darajasidagi xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlari murojaat qilishlari mumkin. Vazirliklar, idoralar, respublika darajasidagi xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlari Respublika komissiyasiga ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlar bo‘yicha to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risida murojaat qiladilar. Vazirliklar, idoralar, respublika darajasidagi xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlari tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (mintaqalar ixtiyorida bo‘lgan) bo‘yicha Respublika komissiyasiga muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar murojaat qiladilar. Ariza beruvchi Respublika komissiyasiga to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi murojaatni yuborish bilan bir vaqtda Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yoki tegishli davlat maqsadli jamg‘armasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: biznes-reja, moliya-viy sog‘lomlashtirish dasturi, barcha ilovalari hamda debitorlik va kreditorlik qarzi rasshifrovkasi bilan birgalikda, joylashgan joyidagi davlat soliq xizmati organlarida tasdiqlangan, yil boshiga va oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobot nusxalari, byudjet yoki davlat maqsadli jamg‘armalari bilan o‘zaro hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (hisobot yilining 1 yanvariga qarz summasi, murojaat qilish sanasiga hisoblangan va to‘langan to‘lovlar summasi, ana shu sanaga qarz summasi), xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisobvaraqlar (hisob-kitob, valyuta va boshqa) holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi. 2. Respublika komissiyasi qaroriga asosan to‘lash muddati kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan soliq qarzdorligi summalari hisobi soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy DSI lar tomonidan yuritiladi. Byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish sanasi bo‘lib Respublika komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan sana hisoblanadi. Penyani hisoblash, agar qabul qilingan qarorda boshqa narsa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Respublika komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab to‘xtatiladi. Byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summasi doirasida, biroq taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish sanasida haqiqatdagi qarzlar summasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘xtatiladi, xo‘jalik sudi tomonidan qarz undirilishini qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida qaror chiqarib bo‘lingan hollar bundan mustasno. To‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash), penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish davlat soliq xizmati organlari va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalarining ma’lumotlari asosida qaror qabul qilish sanasida shaxsiy hisobvaraq kartochkalarida qayd etilgan haqiqatdagi qarz summalari doirasida soliq to‘lovchining byudjet va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalari bilan o‘zaro hisob-kitoblari natijalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi, agar Respublika komissiyasining qarorida boshqa narsa ta’kidlanmagan bo‘lsa. Respublika komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishiga qadar so‘ndirilgan qarz qaytarilmasligi yoki navbatdagi to‘lovlar hisobiga e’tiborga olinmasligi kerak. To‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror, agar Respublika komissiyasining bayonnomasida boshqa narsa ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ilgari to‘lash muddati kechiktirilgan qarz summalariga ham tatbiq etilmaydi. To‘lovchi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati va davlat maqsadli jamg‘armalarining organlari, yuqori tashkilotdan to‘lash muddatini kechiktirish imkoni berilishi to‘g‘risida yozma xabar olish paytidan boshlab ikki kun ichida korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish summasi doirasida, biroq to‘lash muddatini kechiktirish imkonini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanada haqiqatdagi qarz summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish (yoki bajarilishini to‘xtatib turish) haqida xat (farmoyish) yuboradilar. Respublika komissiyasi tomonidan penya hisoblashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda qarzni undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmatining mintaqaviy organlari har oyda, oyning 5-kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga korxonalar, vazirliklar, idoralar, tumanlar (shaharlar) hamda soliqlar va to‘lovlar turlari bo‘yicha taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish summalari, penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay, Respublika komissiyasi kotibiyati va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mintaqalar, vazirliklar, idoralar, soliqlar va to‘lovlarning turlari bo‘yicha taqdim etilgan to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summalari, penya hisoblashni to‘xtatish, penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi Davlat soliq xizmati va davlat maqsadli jamg‘armalarining organlari qarzdor korxonalar tomonidan qarzni so‘ndirish jadvaliga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshiradilar va har oyda muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalarni xabardor qiladilar.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari bo‘lgan soliq to‘lovchi o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni Soliq kodeksida belgilangan to‘lash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat ko‘rsatayotgan bankka to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini taqdim etishi shart. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘ttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to‘lovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yozma shaklda rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to‘liq nomi; 2) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 3) talabnoma tuzilgan sana; 4) talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, penya, jarimalar bo‘yicha qarz summasi; 5) talabnoma olinganidan so‘ng soliq majburiyati bajarilmagan taqdirda qo‘llaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari; 6) debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasini taqdim etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim. Soliq kodeksining 63-moddasiga asosan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish, agar Soliq kodeksi 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli byudjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Soliq qarzi summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalari soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘ttiz kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladi; Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmaganligi yoki etarli bo‘lmaganligi tufayli davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasi to‘liq yoki qisman bajarilmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda uning nusxasi bankning belgisi qo‘yilib, davlat soliq xizmati organiga va soliq to‘lovchiga yuboriladi. Agar inkasso topshiriqnomasini taqdim etish paytida soliq to‘lovchi soliq qarzining summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasini bankka topshirgan bo‘lsa, bank taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomasi nusxasini ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organiga qaytaradi. Soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin bo‘lmagan hisobvaraqlar bundan mustasno. Soliq kodeksining 64-moddasiga asosan qarzdor soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etishi shart. Davlat soliq xizmati organlari debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini olgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga qaratadi. Debitorlar o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalariga imzo qo‘yishni asossiz rad etgan taqdirda, soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarni debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish huquqiga ega. Soliq to‘lovchi bir tomonlama imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan solishtirma dalolatnomani va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish yuboradi. Soliq to‘lovchining debitori yozma bildirish olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolash yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini taqdim etishi shart. Agar soliq to‘lovchining debitori tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilganidan farq qilsa, debitor xuddi shu muddatda davlat soliq xizmati organiga o‘zi tan olgan summani ko‘rsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart. Soliq to‘lovchining debitori tomonidan imzolangan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi kreditorning imzosi mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, uning kreditori soliq qarzini undiruvni unga qaratishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan majburiyat soliq to‘lovchining debitori tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv soliq to‘lovchi taqdim etgan solishtirma dalolatnoma asosida amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi bilan uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: soliq to‘lovchi va uning debitorining nomi, ularning identifikatsiya raqami; soliq to‘lovchi va uning debitori soliq hisobida turgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi; soliq to‘lovchi va uning debitorining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari; debitorning soliq to‘lovchi oldidagi qarz summasi; soliq to‘lovchi va uning debitorining taraflar muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; soliq to‘lovchi va uning debitori o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi tuzilgan sana. Soliq to‘lovchi va uning debitori o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma davlat soliq xizmati organi tomonidan yuborilgan sanadan keyin keladigan sanada tuzilgan bo‘lishi lozim. Davlat soliq xizmati organi o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning bank hisobvaraqlariga soliq to‘lovchining soliq qarzi summasini soliq to‘lovchi oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organining ushbu moddaga muvofiq taqdim etilgan inkasso topshiriqnomasini bajarish Soliq kodeksining 63-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. YUridik shaxs soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdor (EKOIH ning 20baravari)dan ko‘p bo‘lgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratadi. Jismoniy shaxs soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uni bajarmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ariza bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi, soliq qarzi summasi mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdor (EKOIH ning 5 baravari)dan oz bo‘lgan hollar bundan mustasno. Soliq qarzini majburiy tartibda undirish choralari quyidagicha soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish; undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish; undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish. Soliq to‘lovchi soliq qarzini majburiy undiruvning barcha choralar ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi. Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaxslarga nisbatan faqat sud tartibida qo‘llaniladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. Soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq qarzi summalarini majburiy undirish choralari soliq to‘lovchi tomonidan uning natijalari bo‘yicha berilgan shikoyat davriga to‘xtatib turiladi. 2. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish tartibi. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish uchun Mozilla Firefox brouzeri manzil qatoriga 10.15.51.205 (10.15.51.214) IP manzil kiritiladi. Login, parol kiritilgach, ekranda quyidagi ko‘rinish chiqadi: Soliq qarzi hisobini yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar bo‘yicha shakllantirib olishimiz mumkin. Yuridik shaxslar bo‘yicha soliq qarzi hisobini yuritish oynasi. Jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq qarzi hisobini yuritish oynasi. Inkasso qo‘yilgan yuridik shaxslar hisobi Inkasso qo‘yilgan jismoniy shaxslar hisobi Nazorat savollari 1. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad? 2. Soliq qarzi va ularning kelib chiqish sabablarini aytib bering? 3. Soliq qarzini tahlil qilishda e’tibor beriladigan masalalarni aytib bering? 4. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimida qanday hisobotlar shakllatiriladi?
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 2. Davlat sоliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi «Davlat sоliq xizmati organlarida axborot tizimlarini ishlab chiqish, ularning toifasini belgilash, o‘zgartirish kiritish va qo‘shimchalar kiritish hamda axborot tizimlarini topshirish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 226-sonli buyrug‘i. 3. Davlat soliq xizmati organlarining ish faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari. Qo‘llanma. DSQ 2015 yil. 4. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 1 Davlat tomonidan ko’mak berish, qo’llab quvvatlash, sog’lomlashtirish, rivojlantirish. 2 Kechiktirish, surish, to’xtatib turish. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling