1-son Davolash fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Tibbiyot gelmintologiyasi


Download 266.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi266.37 Kb.
#1460931
  1   2   3
Bog'liq
A‘zolar sistemasi ontofilogenezi



 
 
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 
Sog’liqni Saqlash Vazirligi 
1-son Davolash fakulteti 
 
 
Mustaqil ish 
Mavzu: Tibbiyot gelmintologiyasi 
 
Bajardi:118-A guruh talabasi
Maxkamova Mubina 
Toshkent-2023 


A‘zolar sistemasi ontofilogenezi.Qon aylanish nafas 
olish va hazm qilish. 
Qon aylanish sistemasi filogenezi 
 
Xordali hayvonlarda qon aylanish sistemasining filogenezi
 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘qima va a’zolarning kislorod hamda 
oziq
 
moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining 
jadallashishiga
 
va energiyaning ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa evolutsiyani 
tezlashtiradi.
 
Boshskeletsizlarda qon aylanish sistemasi sodda, yuragi 
bo‘lmaydi.
 
Qorin aortasi yurak vazifa 
 
sini bajaradi. Qorin aortasida venoz qon tananing oldingi tomoniga 
oqadi. Qorin aortasi jabra arteriyalariga tarmoqlanib,
 
jabraga boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bularda jabra arteriyalari 
kapillarlarga bo‘linmaydi. Jabrada qon kislorodga to‘yinib,
 
orqa aortaga quyiladi.
 
Aortadan arteriyalarga, ulardan kapillarlarga o‘tib, to‘qimalarni 
kislorod va
 
ozuqa bilan ta’minlaydi. Ichki a’zolardan va ichakdan yig‘ilgan 
qon jigarda
 
tozalanib, qorin aortasiga quyiladi. Lansetnikda qon aylanish 
sistemasi
 
yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi.
 
Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish 
sistemasi 
Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish 
sistemasi
ancha takomillashgan bo‘lib, progressiv belgilarga ega. Bitta bo‘lmacha 
va
qorinchadan iborat yurak paydo bo‘lgan. Yuragida faqat venoz qon 
oqadi.
Qon bo‘lmachadan qorinchaga, qorinchadan qorin
aortasiga, so‘ngra 4 juft jabra arteriyalari orqali jab


raga boradi. Lansetnikdan farq qilib, baliqlarda jabra
arteriyalari kapillarlarga tarmoqlanadi.
Qon jabrada
kislorodga to‘yinib, orqa aortaga, so‘ngra to‘qima
va
a’zolarga tarqaladi
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda
 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon
 
taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi.
 
Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat 
bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu
qon aylanish doiralari bir-biridan butunlay ajralmagan.
Yurak qorinchasidan arterial konus boshlanadi. Undan
3 juft arteriya tarmoqlanadi. Bir juft o‘pka-teri
arteriyalari orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi.
Kislorodga to‘yingan qon o‘pka venasi orqali chap
bo‘lmachaga, teri venasi orqali esa kovak venaga
quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi.
Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta
yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari
orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga
boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon
kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu
katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak
urishi (puls) past 40–50 tani, ba’zilarida 20–30 tani
tashkil qiladi
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak 
ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Ularning yuragi ikkita bo‘lmacha va 
bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi.. 
Timsohlarda to‘siq to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib 
yuruvchilarning barchasida tanada aralash qon oqadi. Suvda hamda 
quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda 
qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning 
chap tomonidan arterial qonga o‘ng aorta yoyi chiqib, undan bosh 
miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi chap 
aortayoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega o‘pka 


arteriyasi boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib orqa aortani 
hosil qiladi. Shuning uchun miyaga arterial qon, tanaga aralash qon, 
o‘pkaga esa venoz
qon boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga
quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon
o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Qushlar va sutemizuvchilarning yuragi to‘rt
kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi.
Ular issiqqonli hayvonlar hisoblanadi. Qushlarda
qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi.
Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap
qorinchadan iborat. Yurakning chap tomonida
arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi.
Chap qorinchadan boshlangan o‘ng aorta ravog‘i
yurakni o‘ngdan aylanib, tanani arterial qon bilan
ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan
sutemizuvchilardan farq qiladi. Tanadagi organ
va to‘qimalarda gaz almashinuvidan hosil bo‘lgan
venoz qon jigar orqali kovak venalarga va ulardan
yurakning o‘ng bo‘lmasiga, o‘pkadan keladigan
arterial qon esa, chap bo‘lmachaga quyiladi. Qushlarda yurak minutiga 
500 marta uradi. Chunki,
ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati
baland, +42°C ni tashkil qiladi

Download 266.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling